Mikrofonlar. Odatda, mikrofonlar tovush platasi majmuasida bo‘lmaydi, ammo ular sizga WAV fayliga nutqni yozish uchun kerak bo‘ladi. Mikrofonlarni tanlash juda oson: uning razyomi (odatda, diametri 1/8 dyuym) tovushli plataning razyom qismiga mos bo‘lishi kerak. Ko‘pchilik mikrofonlarga o‘chirib-yoqqich o‘rnatilgan bo‘ladi. Shuningdek, Windows miksheridagi belgini olib tashlash orqali ham o‘chirish mumkin.
Mikrofon yozish shartlariga mos bo‘lishi kerak. Shovqinli joylarda ishlashda yo‘naltirgichli mikrofonlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi, bu o‘z o‘rnida turli begona tovushlardan xolos bo‘ lish imkonini beradi.
Umumiy suhbatni yozish uchun yo‘naltirilmagan mikrofon lardan foydalaniladi. Agar qo‘llaringiz bo‘sh turishini xohlasangiz, mikrofon tagligidan foydalaning.
Do'stlaringiz bilan baham: |