Prezidentimiz va O`zbekiston davlatning eng ulug`vor va insonparvarlik g`oyalaridan biri-ichki va tashqi tinchlik siyosatidir. Inson tug`ilgan ekan, u yashashi kerak. Yashash uchun tinchlik zarur, demak, davlatimizning tinchlik siyosati insonparvarlik siyosati mazmuni bilan yo`g`rilgan. O`z millatiga sadoqatli bo`lish millatparvarlik bilan hamohang tushunchadir. Millatparvarlik u har bir inson uchun yuksak burch sanaladi. O`z millatini sevmagan o`zini ham, vatanini ham seva olmaydi. Millatparvarilik o`z millatini boshqa millatlardan ustun qo`yish kamsitish kabi (millatchilik va shovinizm) jirkanch harakatlardan tubdan farq qiluvchi tuyg`udir. Millatparvarlik o`z millatining birligini mustahkamlash, o`z tili, urf-odatlari, an`analarini rivojlantirish, qadriyatlar va me`roslarini ko`z qorachig`iday asrash o`z millatini kelajagi uchun xizmat qiluvchi aql zakovat salohiyatni rivojlantirish va milliy tarbiyani amalga oshirish yo`lida fidoiy bo`lishdir. Milliy o`zlikni anglashni muhim omili bo`lgan millatparvarlik tuyg`usini shakllantirishda yaqin o`tmishda millatimiz manfaatlarini ko`zlab millatparvarlikning yorqin namunasini ko`rsatgan millatimizinng sodiq farzandlari amalga oshirgan ishlarni tashviqot qilish katta ahamiyatga ega. Bugun F. Xo`jayev, A. Ikromov, A. Qodirov, U. Nosir, A. Fitrat, I. Mo`minov, H. Abdullayev, Sh. Rashidov kabilarni nomlari millatparvarlikni o`zida yorqin mujassam etganligini yoshlarga tushuntirishimiz lozim.
Millatimizning mustaqilligi uchun jon fido etdilar. Ulardan birlari millatimiz sharafini himoya qilibgina qolmay, uni jaxon uzra ko`z-ko`z qilishda o`zlarini ayamadilar. Yana birlari esa ona zaminda millatimiz orasida ulkan kadrlar yetishib chiqishiga jonbozlik ko`rsatdi. Boshqa birlari esa yurtimizdan tashib ketilgan hom ashyoni o`rnini to`lg`azish uchun markazdan ko`proq texnika, texnolgiya fan yutuqlarini, mablag`larini olib kelish yo`lida faoliyat ko`rsatdi. Bugun Mustaqil O`zbekistonni jaxonda o`z munosib o`rnini topishi, millatimizning qadr-qimmatini joyiga qo`yish ona zaminda yashayotgan barcha millat va elatlar vakillari bilan barqaror rivojlanish yo`lida faoliyat ko`rsatayotgan O`zbekiston respublikasi prezidenti I. A. Karimov nomi millatparvarlikning yorqin ifodasi sifatida xalqimiz qalbidan chuqur o`rin olgan.
Bilimdonlik, do`stlikka sadoqatlilik, rostgo`ylik, adolatparvarlik - ma`naviy fazilat.
3. Iymon, diyonat, adolat, mehr-shafqat, e`tiqod poklik, halollik va vafodorlik ota - onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat va g`amxo`rlik-shaxsning oliyjanob fazilatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |