Reja: Valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy ishtirokchilari


Jahon valyuta tizimining evolutsiyasi. 1867-yilgi Parij valyuta tizimi



Download 76,48 Kb.
bet9/12
Sana31.12.2021
Hajmi76,48 Kb.
#199767
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1493312161 68069

5. Jahon valyuta tizimining evolutsiyasi. 1867-yilgi Parij valyuta tizimi


valyuta tizimi hozirgi shakliga kelgunga qadar uzoq tarixiy davrni bosib o‘tgan. Birinchi jahon valyuta tizimi stixiyali ravishda, sanoat inqilobidan so‘ng oltin monometallizmi asosida oltin-tanga standarti ko‘rinishida shakllangan. Yuridik jihatdan esa mazkur tizim 1867-yilda bo‘lib o‘tgan Parij konferensiyasida davlatlararo kelishuv sifatida rasmiylashtirilgan. Bu birinchi jahon valyuta tizimi jahon pulining yagona shakli sifatida oltinni rasmiy tan olgan edi.

XIX asrda xalqaro savdoning rivojlanishi bilan ko‘pchilik davlatlar o‘zlarida «oltin standartini» kiritdilar, ya’ni shu davrdan boshlab mazkur davlatlar valyutalarining kursi va qiymati, shu valyutalar zaminida yotgan oltin miqdorining qiymati bilan belgilanadigan bo‘ldi. Davlatlarning markaziy (milliy) banklari, o‘z navbatida, milliy qog‘oz pullarni taalluqli oltin miqdoriga (baho masshtabiga asosan) almashtirishga majbur edilar.

Masalan, Buyuk Britaniyaning 1 funt sterlingi (sovereign) 1821-yilda 7,322385 gramm, 1 nemis markasi 1873-yilda 0,385422 gramm, 1 Rossiya rubli 1887-yilda 0,774234 gramm sof oltin qiymatini ifoda etar edi.5 valyutalarning bir-biriga nisbatan kursini aniqlash uchun ularning zaminida yotgan oltin miqdorlari solishtirilar edi. Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlarga asosan, Buyuk Britaniyaning 1 funt sterlingi 18,9984 (7,322385/0,385422) nemis markasiga yoki 9,4576 (7,322385/0,774234) Rossiya rubliga teng edi. Milliy valyutalar zaminidagi oltin miqdorlari 1914yilgacha o‘zgarmagan va tabiiyki, ular o‘zgarmaguncha, ularning bir-biriga nisbatan kurslari ham barqaror edi. Shu sababli, «oltin standarti» qat’iy yoki barqaror valyuta kurslari tizimi edi, desak mubolag‘a bo‘lmas. Bu tizim bir qator ijobiy jihatlarga ega. Xususan, boshqa metallarga qaraganda, oltin tabiatda kam uchraydigan va noyob metall bo‘lganligi sababli, davlatlar tomonidan uning miqdorini ko‘paytirish nihoyatda mushkul. Binobarin, davlatlar va markaziy (milliy) banklar o‘z xohishlari bilan oddiygina pul muomalasi hajmini o‘stirishga va inflyatsiyani rag‘batlantirish imkoniga ega emas edilar.

Birinchi Jahon urushiga qadar dunyoning yetakchi davlatlarida inflyatsiya nisbatan past va yetakchi valyutalar kurslarining keskin tebranishi kuzatilmagan. Bunday holat o‘sha yillarda pul sarmoyalari va ishchi kuchi resurslarining erkin, hech qanday to‘siqsiz bir mamlakatdan boshqa mamlakatga oqib o‘tishi mumkinligi bilan asoslangan.

1880-yildan to 1913-yilgacha, «oltin standart» tizimi davlatlarga o‘z xarajatlarini inflyatsiya hisobiga moliyalashtirish imkonini bermaganligi uchun barcha davlatlarda ijtimoiy mahsulotning hajmi tez sur’atlar bilan o‘sdi.

Birinchi Jahon urushining tugashi bilan aksariyat davlatlar o‘zlarida qayta «oltin standart»ini joriy etishga urindilar. Biroq ularning bunday harakatlari zoye ketdi, chunki mavjud sharoitda «oltin standarti»ni joriy etish uchun zarur omillar yo‘q edi.

I Jahon urushi oqibatida jahon bozorida davlatlararo munosabatlarda paydo bo‘lgan valyuta tartibsizligi uzoqqa cho‘zilmadi va valyuta munosabatlarining «oltin standarti» o‘rniga oltin va yetakchi kapitalistik davlatlar valyutalariga asoslangan «oltin-deviz standarti» maydonga chiqadi. Bunda xorijiy valyutadagi davlatlararo hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan to‘lov vositalari devizlar deb atala boshlandi.


Download 76,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish