7. 1976-1978-yillarda Yamayka va 1979-yilgi Yevropa (hududiy) valyuta tizimlari
Inqirozga uchragan Bretton-Vuds valyuta tizimi o‘rnini bosa oladigan valyuta tizimini tartibga solishning yangi tamoyillari 70-yillarda shakllandi. Jahonda integratsiya jarayonlari kuchaydi, rivojlangan davlatlar orasida kuchlar nisbati o‘zgarib, rivojlanayotgan davlatlar ta’sir doirasi kengaydi. valyuta jarayonida to‘lovlar nomutanosibligi kuchayib, valyuta kurslarining beqarorligi va baholar o‘sdi.
To‘rtinchi jahon valyuta tizimiga 1976-78-yillarda AQSHning Kingston (Yamayka) sharti XVFga a’zo davlatlarning bo‘lib o‘tgan xalqaro valyuta-moliya konferensiyasida asos solingan.
1978-yilda bu kelishuv ratifikatsiyalangandan so‘ng XVF Nizomiga o‘zgartirishlar kiritildi. To‘rtinchi jahon valyuta tizimining asosiy tamoyillari:
Oltin-deviz standarti o‘rniga rasmiy ravishda SDR standarti joriy etildi. Bu yangi xalqaro hisob-kitob pul birligi valyuta tizimining, valyuta paritetlarining asosi sifatida e’lon qilindi (1985-yilning iyuliga qadar AQSH dollari 31 valyutaning asosi, SDR esa 12 valyutaning asosi edi).
SDR valyuta savatidagi AQSH dollarining ulushi 33% dan 42% gacha ko‘tarildi. Bunga sabab 1981-yilda SDR savatidagi valyutalar sonining 12 tadan 5 tagacha kamayishidir. Buning oqibatida AQSH dollari SDR tizimidagi hisob-kitoblarni monopollashtirdi. 1984-yilga kelib rasmiy valyuta zaxiralaridagi AQSH dollarining ulushi 60% dan oshib ketdi, SDRning ulushi esa 2,4 %ni tashkil etdi.
XVFga a’zo davlatlarga valyuta paritetlarini istagan valyutada o‘rnatish huquqining berilishi, dollar standartidan ko‘p valyutali standartga o‘tilishini qonuniylashtirib qo‘ydi. Zaxira valyutasi sifatida AQSH dollari bilan birga, maydonga SEK, GPY, CHF, FRF va boshqa shu kabi pul birliklari chiqdi.
Oltin demonetizatsiyasi yuridik jihatdan yakunlandi,uning rasmiy bahosi, oltin paritetlari va dollarning oltinga almashtirilishi bekor qilindi. Yamayka valyuta kelishuviga asosan oltin endi qiymat o‘lchovi va valyuta kurslarini aniqlashning asosi bo‘lib xizmat qilmasligi kerak.
A’zo-mamlakatlarga istagan valyuta kursi tartibini tanlashhuquqi berildi. 1973-yilning martidan qat’iy belgilangan kurslar o‘rniga erkin suzuvchi valyuta kurslarining joriy etilishi ko‘pchilik davlatlarda katta valyuta intervensiyalariga qaramay, kurslar barqarorligiga olib kelmadi.
XVF orqali davlatlararo tartibga solish kuchaytirildi. Ammobu ham jahon valyuta tizimini barqarorlashtirishga olib kelmaydi.
1979-yilning martida jahon valyuta tizimida hukmron bo‘lib kelgan AQSH dollariga qarama-qarshi ravishda xalqaro (hududiy) valyuta tizimi barpo etildi– Yevropa valyuta tizimi (YEVT). Dastlab bu tizimda 12 Yevropa davlatidan 8 tasi ishtirok etgan (Buyuk Britaniya, Gretsiya, Ispaniya va Portugaliya davlatlaridan tashqari).
Yevropa valyuta tizimining Yamayka valyuta tizimidan farqi quyidagilardan iborat:
YEVT SDRga emas, EKYUga asoslangan.
Yuridik jihatdan oltin demonetizatsiyasini mustahkamlagan Yamayka valyuta tizimidan farq qilgan holda, Yevropa valyuta tizimi, a’zo davlatlar rasmiy oltin zaxiralarining 20% ini birlashtirgan holda oltindan EKYUning qisman ta’minoti sifatida foydalanadi.
valyuta kurslari rejimi, valyuta kurslarining o‘zaro bir-biriganisbatan tebranishining belgilangan chegaralarda (markaziy kursdan Q,- 2,25%, Italiya uchun Q,6%) suzishiga asoslangan.
YEVTda davlatlararo hududiy valyuta tartibga solinishi YEFVSorqali amalga oshadi. YEFVS a’zo davlatlar markaziy banklariga o‘zlarida hosil bo‘lgan to‘lov balanslari kamomadlari va valyuta intervensiyasi bilan bog‘liq hisob-kitoblarni qoplash uchun qisqa va o‘rta muddatli kreditlarni beradi
Yevropa valyuta tizimining barpo etilishi obyektiv reallik edi. Bu valyuta tizimi G‘arbiy Yevropa integratsiyasi asosida paydo bo‘lib, uning asosiy maqsadi Yevropani Yamayka valyuta tizimining beqarorligidan himoya qilish edi.
Adabiyotlar ro‘yxati
Do'stlaringiz bilan baham: |