Murosaga keltiruvchi apparatlarning mohiyati
Maslahat beruvchi apparat. Bir yo’nalishdagi rahbar biror-bir muammoga duch kelib uning yechimi uchun mahsus malakaga ega bo’lgan mutaxasislarga zaruriyat tug’ilsa, bunday hollarda korxona qoshida vaqtinchalik yoki doimiy faoliyat ko’rsatuvchi mahsus maslahat beruvchi apparat tuziladi.
Xizmat qiluvchi apparat. Bu apparatning asosiy vazifasi rahbariyatga o’z vakolati doirasida xizmat qilishdan iborat. Bunday apparatg akadrlar bo’limi misol bo’la oladi. Unga quyidagi vakolatlar beriladi:
xodimlarning shaxsiy xujjatlarini yurgizish;
ishga qabul qilish uchun potensial kadrlarni izlash va tekshirish;
bir yo’nalishdagi rahbarga nomzodlarni tavsiya qilish va hokazo.
Shaxsiy apparat – bu xizmat ko’rsatuvchi apparatlarning bir ko’rinishi bo’lib,bu rahbarning shaxsiy yordamchisi, yo kotibi yoki referendi bo’lishi mukin. Uning vazifasi rahbar nimani talab qilsa uni bajarishdir. Bu shaxslar hech qanday vakolatga ega bo’lmaydila . Ular faqat rahbar nomidan va uning topshirig’i bilan ish tutadilar.
Tavsiyali vakolatlar – faqat tavsiya xarakteriga ega. Bu vakolatga ega bo’lgan shaxslar rahbarlarga yoki bajaruvchilarga u yoki bu murakkab masalalar yechimi bo’yicha o’z takliflarini, zaruriyat tug’ilgam hollarda beradilar. Rahbar takliflarni qabul qilishi yoki e’tiborsiz qoldirishi ham mumkin.
Muvofiqlashtiruvchi vakolatlar hamkorlikda qarorlarni ishlab chiqish bilan bog’liq. Odatda, bunday vakolatga korxonada murakkab yoki baxsli muammolar vujudga kelib ularni yechish zarurati tug’ilgan hollarda eftiyoj tug’ildi.
Hisob va nazorat qilish vakolatiga ega bo’lgan shaxs yoki guruhlar tekshirilayotgan ob’ekt bo’yicha ularning rahbarlaridan barcha zarur ma’lumotlarni talab qilishga haqlidirlar. Tekshiruv asosida tayyorlangan materiallarni o’zlarining xulosalari bilan birga yuqori bo’g’inga taqdim etish hisob va nazorat qilish vakolatiga ega bo’lganlarning asosiy vazifasidir.
Murosaga keltiruvchi vakolatlarning mohiyati shundan iboratki, shu huquqga ega bo’lgan shaxs qabul qilinayotgan qarorlarga nisbatan dahldorlik darajasiga qarab albatta o’z fikrini bildiradi. Buni u ham chiziqli, ham funksional vakolatlar doirasida bajaradi. Bunday vakolatlar:
ehtiyotkorlikka da’vat etuvchi va
muhosara qiluvchi vakolatlar ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Ehtiyotkorlikka da’vat etuvchi vakolatga ega bo’lgan shaxs, masalan, yurist rahbar qabul qilgan qarorlarning qonun va o’rnatilgan tartiblarga mos tushishi va tushmasligini tekshiradi va undagi kamchilik va qonuni buzganligini aytib, uni to’g’rilashga undaydi. Agar rahbar haqqoniyligini isbotlasa-yu, yurist bu bilan qoniqmasa, u holda rahbarning zimmasida mazkur qonunbuzarlikning oqibati saqlanib qoladi.
Muhosara qilish vakolatiga bosh buhgalter ega bo’ladi. Uning roziligisiz, imzosisiz biror-bir pul mablag’I bilan bog’liq bo’lgan qaror qabul qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |