Reja: Umurtqalilar umumiy tavsif Umurtqali hayvonlar tuzilishining umumiy xarakteristikasi Umurtqalilarning sistematikasi



Download 22,08 Kb.
bet3/3
Sana25.01.2022
Hajmi22,08 Kb.
#408571
1   2   3
Umurtqalilarning sistematikasi
Umurtqali hayvonlar kenja tipi ikkita bulimga bulinadi:

1.Juft suzgish kanotlari bulmagan va xozirgi zamon faunasidan tugarak Ogizlilarni uz ishiga olgan jagsizlar.

2.Juft suzgish kanotlari yoki juft oyoklari bulgan jaglilar.

Jagsizlar bulimi uz ishiga faqat bitta tugarak Ogizlilar sinfini oladi.

Jaglilar bulimi uz navbatida ikkita katta sinfga bulinadi.

I.Baliqlar katta sinfi. Ular uz navbatida ikkita sinfga bulinadi.

1.Togayli baliqlar.

2.Suyakli baliqlar.

II. Turtoyoklilar katta sinfi. Bular 4 ta sinfga bulinadi.

1.Suvda va Quruqda yashovshilar yoki amfibiyalar.

2.Sudralib yuruvshilar yoki reptiliya.

3.Qushlar.

4.Sut emizuvshilar

Jaglilar bulimi sistematikasiga boglik bulmagan xolda 2 gruppaga bulinadi:

1.Anamniyalar. bularga birlamshi suvda yashovshi Umurtqali hayvonlar kiradi.

2.Amniotlar. bu gruppa Quruqda yashaydigan Umurtqali hayvonlar, sudralib yuruvshilar, qushlar va sut emizuvshilar kiradi.

Umurtqali hayvonlar fiziologik xolatiga kura yana 2 ta gruppaga bulinadi.

1.Sovuk konlilar yoki poykilotermli hayvonlar. Bularga baliqlar, amfibiyalar va sudralib yuruvshilar kiradi. Bu hayvonlarning gavda temperaturasi uzgaruvshan, tashki muxit temperaturasiga karab uzgarib turadi.



2.Issik konlilar yoki gomiotermli hayvonlar. Bu gruppaga qushlar va sut emizuvshilar kiradi. U hayvonlarning gavda temperaturasi yukori va uzgarmas. Tashki muxit temperaturasiga deyarlik boglik emas.

Umurtqalilar tuzilishining asosiy xususiyatlari. Umumiy tavsifi. Umurtqalilar xordalilar tipining, umuman hayvonot dunѐsining eng yuksak rivojlangan guruhi hisoblanadi. Umurtqalilar faol harakatlanib haѐt kechirishga o'tgan boshskeletsizlardan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Tashqi tuzilishi. Umurtqalilarning tanasi bosh, bo'yin, gavda, oѐqlar va dum bo'limlardan iborat. Terisi ko'p qavatli epiteliy va uning ostida joylashgan biriktiruvchi to'qima qavatidan iborat. Teri turli o'simtalar, xususan suyak ѐki muguz tangachalar, pat, yung va har xil bezlarni hosil qilishi mumkin. Teridan hosil bo'lgan o'simtalar har xil sistematik guruhlarda turli xil bo'ladi. Harakatlanish organlari dastlabki suvda yashovchi umurtqali hay-vonlarda suzgichlardan iborat. Quruqlikda yashashga moslashganlarida esa harakatlanish organlari vazifasini oѐqlar va qanotlar bajaradi. Skeleti. Ichki skeleti bosh skeleti, o'q skeleti (xorda ѐki umurtqa pog'onasi) va boshqa bo'limlardan iborat. Bosh skeleti bosh miya va sezgi organlari (hid bilish, ko'rish, eshitish, muvozanat saqlash), hazm qilish sistemasining oldingi qismi va u bilan bog'langan jabralarni mustahkamlab turish funktsiyasini bajaradi. O'q skeleti tuban umurtqali hayvonlarda (to'garak og'izlilar va ayrim tur baliqlarda) hamda boshqa umurtqali hayvonlarning embrionlarida asosan xordadan iborat bo'ladi. Xordani biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan qin o'rab turadi, bu qin markaziy nerv sistemasini ham qo'shib o'rab oladi va skeletogen qatlam, ya'ni tog'ay ѐki suyak umurtqa pog'onasini paydo qiladigan qatlam hisoblanadi. Shuni ta'kidlash lozimki, suyak ѐki tog'ay skelet hosil qilishda xordaning o'zi ishtirok etmaydi. Jag'sizlarning (to'garak og'izlilar sinfi vakillarining) umurtqalari murtak holida bo'ladi, shunga ko'ra umurtqa pog'onasi bo'limlarga bo'linmaydi. Baliqlarning umurtqa pog'onasi 2 ta bo'limga – qovurg'alar o'rnashgan tana bo'limiga va qovurg'asiz dum bo'limiga bo'linadi. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning tipik umurtqa pog'onasi 5 bo'limdan, ya'ni bo'yin, ko'krak, bel, dumg'aza va dum bo'limlaridan iborat. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarda o'q skeleti oѐq kamarlari bilan qo'shilib, juft oѐqlarga ham tayanch bo'ladi. Oѐqlar skeleti toq va juft oѐq (suzgich qanot) skeletlariga bo'linadi. Toq oѐqlar (suzgich qanot) skeleti faqat birlamchi suv hayvonlarida (to'garak og'izlilar va baliqlarda) bo'ladi. Ular orqa, dum va anal suzgich qanot pardalarini tutib turadigan tashqi skelet – shu'lalardan hamda gavda muskullariga o'rnashgan va suzgich qanot shu'lalarini tutib turadigan ichki skelet – radial shu'lalardan iborat. Juft oѐqlar (suzgich qanotlar) skeleti, oѐq kamarlari skeletiga va erkin oѐq skeletlariga bo'linadi. Erkin oѐq skeleti faqat ichki skeletdan iborat bo'lib, 3 bo'limga bo'linadi. Birinchi bo'lim bitta, ya'ni yelka ѐki son suyagidan, ikkinchi bo'lim 2 ta suyakdan, ya'ni tirsak va bilakdan hamda katta va kichik boldir suyaklaridan iborat, uchinchi bo'lim esa 3 ta kichik bo'limlarga: oldingi oѐqda – bilaguzuk, kaft va barmoq suyaklariga, orqa oѐqda – tovon, oѐq kafti va barmoq suyaklariga bo'linadi. Muskullari. Umurtqali hayvonlarning muskullari, gavda muskullari ѐki somatik muskullar hamda ichki organ bilan teri muskullari ѐki vistseral muskullarga bo'linadi. Ovqat hazm qilish sistemasi. Boshskeletsizlarga nisbatan umurtqali hayvonlarning ovqat hazm qilish sistemasi ancha murakkab tuzilgan. Xususan oziqni ushlashga moslashgan og'iz teshigi hosil bo'lgan. Nafas olish organlari. Suvda yashovchi umurtqali hayvonlarning nafas olish organlariga jabra kiradi. Jabra ѐriqlari halqum devorining xaltasimon bo'rtib chiqishidan, shuningdek tashqi qoplag'ich devorining xaltasimon bo'rtib kirishidan hosil bo'ladi. Quruqlikda yashovchi va ikkilamchi marta suvda yashashga o'tgan umurtqalilarning nafas olish organlari vazifasini o'pka bajaradi, o'pka ba'zi baliqlarda ham bo'ladi. O'pka halqum ostki tomonining keyingi qismidan bir juft bo'rtma ko'rinishida yuzaga keladi. U oxirgi juft jabra ѐriqlarining gomologidir. Qon aylanish sistemasi. Umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasi tutash bo'ladigan chin qon aylanish sistemasidan va tutash bo'lmagan limfa sistemasidan tashkil topgan. Chin qon aylanish sistemasida qon – oq va qizil qon hujayralari qalqib yur

Umurtqalilar kenja tipi klassifikatsiyasi. 58 Umurtqalilar kenja tipiga 38000 dan ortiq tur kiradi. O'zbekistonda esa umurtqali hayvonlarning 693 ta turi uchraydi. Umurtqalilar kenja tipiga kiruvchi hayvonlar tuzilishi va haѐt tarziga ko'ra 2 ta guruhga bo'linadi: 1. Anamniyalar, ya'ni murtak pardasiz (Anamnia) umurtqalilar; 2. Amniotalar, ya'ni murtak pardali (Amniota) umurtqalilar. Shuningdek, umurtqalilar kenja tipi 2 ta bo'limga bo'linadi: 1.Jag'sizlar (Agnatha) bo'limi. 2. Jag'og'izlilar (Gnathostomata) bo'limi. Jag'sizlar bo'limi Jag'sizlar (Agnatha) katta sinfi To'garak og'izlilar (Cyclostomata) cinfi. Jag'og'izlilar bo'limiga esa baliqlar (Pisces) va quruqlikda yashovchi umurtqalilar, ya'ni to'rtoѐqlilar (Tetrapoda) katta sinflari kiradi. Baliqlar katta sinfi Tog'ayli baliqlar (Chondrichthyes) Suyakli baliqlar (Osteichthyes) sinfi. To'rtoѐqlilar katta sinfi Suvda hamda quruqlikda yashovchilar (Amphibia), Sudlalib yuruvchilar (Reptilia), Qushlar (Aves) Sutemizuvchilar (Mammalia) sinfi.
Download 22,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish