Ta’limning texnik vositalari
TTV – bu o‘zida o‘quv-axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga:
1. O‘quv kinofilmlari.
2. Diafilmlar.
3. Kompyuterlar.
4. Magnitofon tasmalari.
5. Radioeshittirish.
6. Teleko‘rsatuvlar kiradi.
TTVning funksiyalari:
ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi;
o‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi;
talabalarni idrok qilishga yo‘naltiradi;
talabalarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi;
dunyoqarashni, ishonchni, talabalarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi;
o‘quv ishiga nisbatan talabalarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi;
bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni sifatini nazorat qilishning o‘ziga xos hususiyatlari
Ta’lim sifatini ta’minlashning me’yoriy-huquqiy, tashkiliy, moddiy-texniq o‘quv-uslubiy va boshqa jihatlarini amalga oshirish hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining qarorlari hamda buyruqlari me’yoriy-huquqiy asos bo‘lib hizmat qilmoqda. Ta’lim jarayoni nazoratining asosiy tamoyillari Davlat ta’lim standarti (DTC) asosiy qoidalarida aniq va ravshan keltirilgan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ichki nazorat- OTM tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat oily ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida”gi Nizom asosida o‘tkaziladi;
Yakuniy davlat nazorati - oily ta’lim yo‘nalishlari va mutahassisliklari bo‘yicha DTS ga muvofiq ravishda o‘quv fanlari bo‘yicha davlat attestatsiyasi, bakalavr bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasini o‘z ichiga oladi.
Tashqi nazorat – belgilangan tartibda davlat test markazining kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Sifatni baholash va belgilash har doim baxs va munozaralar ichida bo‘lib kelgan. K.Kempbel va K.Roznialarning “Sifat baholanmaydi va o‘lchanmaydi, balki ilm ahli tomonidan sifatning qayerda va qachon ta’minlanishi tan olinadi” degan talqini mavjud va u ham turli munozaralarning yana ham kuchayishiga sabab bo‘ladi.
Britaniyalik mualliflar N.Jakson va X.Lund oily ta’limdagi sifatni baholash masalalariga yondashishda “konseptual tizim” asoslanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |