Reja: Umumiy pedagogikaning predmeti va tuzilishi


Noinstitusional paradigma



Download 0,79 Mb.
bet35/71
Sana14.06.2023
Hajmi0,79 Mb.
#951231
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71
Bog'liq
1-mavzu

6. Noinstitusional paradigmata’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g‘oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim Internet va kompyuterlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o‘qitish) muvofiq o‘qitishni samarali deya hisoblaydi.
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati. Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdeq o‘ziga xos xususiyatlar ham ega. Ta’lim o‘qituvchi tomonidan boshqariluvchi o‘ziga xos anglash jarayonidir. O‘qituvchining yo‘naltiruvchi sifatidagi roli o‘quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘liq o‘zlashtira olishlarida ko‘rinadi.
Aleks Muur Londonning Ta’lim Universitetining xizmat ko‘rsatgan professori bo‘lib, 2000-yildan buyon katta ma’ruzachi sifatida ishlagan. Ta’lim dasturi bo‘yicha va mutaxassislar o‘qituvchi tayyorlash ta’limi bo‘yicha professor va ma’ruza o‘quvchidir24. O‘qituvchi pedagog sifatida (1999 yilda noshirlar taklif qilingan paytda men London universiteti qoshidagi PGCE( Secondary Programme at Goldsmith College) kolleji boshqaruvchisi edim) men o‘sha vaqtlarda boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarini amaliyotini oshirish uchun bozorlarda malakali o‘qituvchilar maslahat va tavsiyalari asosida ishlangan juda yaxshi qo‘llanmalar borligidan xabardor edim. Shuningdeq o‘sha paytlarda kuchli qobiliyat va tanqid strukturasi asosida yozilgan adabiyotlar ham juda ko‘plab topilardi.
Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog‘liq. Ta’lim o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi.Uo‘quvchilarga o‘quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko‘rsatadi. Har qanday ta’lim o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati, ya’ni, o‘qituvchining o‘rgatish hamda o‘quvchining o‘rganishga yo‘naltirilgan faoliyati, boshqacha aytganda to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi.

Тизим (мустақил тушунча сифатида) ўзаро боғланган кўплаб элементлар (таркибий қисмлар) ўртасидаги мустаҳкам бирлик ва ўзаро яхлитликдир

Ta’lim yaxlit tizim sifatida ko‘plab o‘zaro bog‘liq quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o‘quv axborotlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdeq ta’lim jarayonini boshqarish usullari


Zamonaviy ta’limda qo‘llnilgan mashg‘ulotlar talaba yoki o‘quvchilar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchiliq yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida talaba yoki o‘quvchi asosiy figuraga aylanadi. Pedagog – olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida Nega o‘qitamiz? Nimani o‘qitamiz? Qanday o‘qitamiz? Savollariga javob izlash bilan bir qatorda Qanday qilib samarali va natijali o‘qitish mumkin? – degan savoliga ham javob qidirdilar. Ta’lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi hisoblanadi. O‘qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. Ta’lim muassasasida tashkil etiladigan ta’lim jarayonida o‘quvchining faoliyati o‘qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O‘qituvchi faoliyatining vazifasi o‘quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yo‘naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir. O‘qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning tayyorliklari darajasi, ularning o‘quv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, o‘quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va metodini o‘ylab chiqishi kerak bo‘ladi.

O‘quvchilar faoliyatini tashkil etish o‘quvchilar oldiga o‘quv masalalarini qo‘yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo‘ladi.


Ta’lim jarayonida o‘quvchilar faoliyatini boshqarish ularni to‘g‘ri yo‘naltirishni nazarda tutadi. Nazorat qilish esa o‘quvchilar faoliyatining maqsadga muvofiq, samarali tashkil etilishini ta’minlaydi. Natijalarni baholash va tahlil qilish ta’lim jarayonining qanday kechganligini bilish, yutuqlar omillarini o‘rganish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Bujarayonlarning barchasi shaxsni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish