Tarbiya qonuniyatlari. Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining o‘ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi, tarbiyaning insonparvarligi va demokratik tamoyili, tarbiyaning hayot bilan, mehnat bilan bog‘liqlik tamoyili, tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi tamoyili, tarbiyada o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish tamoyili, izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning birligi va uzluksizligi tamoyili va boshqalar.
Ta’lim olish va axloq: Skinnerning “qonunni ijobiy tarzda
mustahkamlash” nazariyasi.
Bir nazariyachining ishi nafaqat talabalarga maktablarning va o‘qituvchilarning munosabati usullarini o‘zida aks ettirdi, balki jarayonga ichki hissiyot bilan qarashni o‘stiradi. Umumiy (masalan, maktabdagi ham ichki, ham tashqi vazniyatni) rivojlantirish yuz berishi va vaziyatni nazorat qilishni o‘rganib chiqqan bu nazaryotchi Byurhis Fredrik Skinnerdir (1953). Skinnerning ko‘plab nazariyalari makraziy ko‘rish atrofida aylanadi, insonlar “to‘g‘ri javobgarliklar” yoki javobgarliklar, ya’ni potensiyal vaziyatlarda “to‘g‘ri javobgarliklar”ning (ba’zida “ta’sir etuvchi qobiliyat” deb aytiladi) dalili bo‘lib, ko‘rinishi orqali yaxshi o‘rganadilar. Torndikning “qonunning ijobiy ta’siri” (Torindik 1914)dan ilhomlanib, Skinner o‘zining “qonunni ijobiy tarizda mustahkamlash” deb nomlangan dasturini ishlab chiqdi. Dastur agar kattalarning hulq-atvori yoshlarga o‘rnak bo‘larli bo‘lsa,ular maktab o‘quvchilariga va ularning mukofotlash, o‘rnak qilib ko‘rsatish g‘oyasini ham o‘z ichiga olgan. Bugungi kunda bunday mukofotlar “ahloqi uchun baho” jamoatchilik maqullagan va ijtimoiy imtiyozga ega bo‘lgan bir qancha shakillar tarkibiga kiradi.
Skinnerning nazariyasi nafaqat sinfxonasidagi yuqori darajada ijobiy ko‘tarinkilikning muhimligiga, balki o‘quvchilarning tashqi tarafdan qo‘yilgan maqsadlariga qadam ba qadam intilishlari uchun yuqori strukturaviy materiallardan foydalanishlariga ham urg‘u beradi. chunki Skinner xato qilish haqida quydagicha fikr yuritadi,tushkunlikka solish yoki istakni so‘ndirish, o‘quvchilarning o‘quv jarayonlariga xalaqt berishi xato, u bu kabi materiallar ehtimollikdan imkon qadar uzoq, xatolikdan holi bo‘lishining tarafdori. O‘ta strukturalashgan, “ssenariylashtirilgan” – o‘qituvchilar tilida oldindan belgilab qo‘yilgan va kamdan-kam sezilarli tarzda og‘ishgan dars shakli aniq belgilab qo‘yilgan qolipga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan buni keng tushinish mumkin, bugungi kunda muhokamali mavzu “an’anaviy” tarzda dars o‘tish, ya’ni o‘qituvchi boshlashi (bunga, masalan, belgilab olingan savollarni so‘rash yoki oddiy qo‘llanmani taqdim qilish), o‘quvchi javob berishi bo‘lib qolmoqda.16
Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir.
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yo‘li zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi.
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashkil (subyektiv va obyektiv) omillar ko‘zga tashlanadi. Subyektiv omillar shaxsning ichiki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, obyektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunday muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik shaxsiy xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari hami muhim o‘rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yoki yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning o‘zida, turli-tuman qarashlar mavjud sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiya shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini talab etadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Ta’lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu – o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Skinnerning ishiga tegishli ahloq nazariyalarini ta’lim olishi anchayin keng qismda o‘sib borishi (buni to‘laroq tushunish uchun Baver va Hilgerd 1981ga qarang) ekani shubxasiz tushurib qoldirilgan. Bu o‘quvchilar bilan ta’lim olishdagi qiyinchilik bilan ishlash doirasi (Slot-Baumen 1997 y. 49-sahifa) va muayyan sinf ahloqini boshqarish belgilangan. Maqolada hurbat, Skinner nazariyaisning aspektlari, muhim va, shubhasiz, eng e’tiborli qismi sifatida sinf amaliyotidagi “progressiya” (Devey 1938), hatto u g‘oyalarida anchayin “an’anaviy” metodlar bilan eksklyuziv musiqa qo‘llanilishini tez-tez aytib o‘tgan. Biz ta’kidlashimiz mumkinki, o‘quvchilarning nomuvofiq hulq-atvoriga nisbatan nihoyasiz va samarasiz jazolashlardan ko‘ra ularning o‘zini “muqobil” tarizda tutganini rag‘batlantirishni yoki Skinner tushunchasi, har qanday o‘quvchini o‘qitish programmasini qabul qilishdan oldin o‘qituvchi muhim ma’lumotlarni belgilab olishi lozim: bunda o‘quvchi avvaldan bilgan va qo‘llay oladigan bilmlar olqali “o‘quvchi faolligidagi o‘qish” bilan bog‘langan strategiya qo‘llaniladi.
Quyidagi qat’iy qoidalarni yaratish asosida umumiy praktikalar o‘tkazilganida hulq atvor, maqsad qo‘yish, imtiyozli baholar, o‘ziga xos ma’noga ega bo‘lgan mukofotlar bilan taqdirlash, nomunosib xatti xarakat qilgan o‘quvchilar bilan ham o‘chiq oydin munosabatda bo‘lish va ijobiy ma’nodagi mukofotlar bilan taqdirlash va yordami tegmaydigan mujmal “yoriladigan” yoki “buzg‘unchi kabi iboralarni qo‘llashdan qochish” kabilarning barchasi Skinner nazariyasiga ko‘ra darsda bemalol o‘tirishni ta’minlaydi. Nazariyada o‘sib borayotgan umumiy amaliyot maktablarda “huquqlar va burchlar” siyosatining o‘rnatilishini ta’minlashi ham ko‘riladi, shunga ko‘ra o‘quvchilar “yaxshi ahloq” yoki akademik jarayon ta’minlanish davrlarida qisqa yoki uzun imtiyozlari bo‘lgan choraklarni qo‘lga kiritadilar.17
O‘quvchini tarbiyalashda kasb-hunar kollej yetakchi o‘rin egallasa ham, o‘quvchilarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir o‘tkaza olmaydi, chunki, o‘quvchilar ma’lum muddatgina ta’lim muassasasida, o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida bo‘lib, qolgan vaqtining asosiy qismini oilada, ko‘chada, jamoat orasida o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’tillar davrida o‘quvchilar ta’lim muassasasi o‘qituvchisi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, ta’lim muassasasida o‘quvchilarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va kasb-hunar kollejdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratida uzoqlashadilar.
O‘quvchilarga nisbatan ta’lim muassasasining ta’sirini susaytirmaslik maqsadida sinfdan, kasb-hunar kollejdan tashqarida va ta’til davrida ham tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor beriladi. Ana shu maqsadda bir qator tarbiyaviy ishlar olib boriladi.
Ayni vaqtida, respublikada, o‘quvchilarning ta’lim muassasalaridan uzoqlashtirmaslik maqsadida qo‘shimcha ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilar xususiy fanlar hamda xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishlari, texnik va badiiy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlari mumkin. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli yo‘nalish va mavzulardagi uchravshuvlar, ko‘rgazmalar, ko‘riklar, suhbatlar o‘quvchilarning tafakkurini boyitishda, ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib toptirishda muhim o‘rin tutmoqda.
O‘rgatish va ta’lim olishning ahloqiy aspektlari va podachi atamasiga Skinner nazariyasida muntazam murojaat qilganini ko‘rishimiz mumkin, u kognitiv-akademik ta’lim olish va rivojlanish bilan bog‘liqliq va pedagogika muammolari umumiy ma’noda juda sodda tushintirilishi bizga bir qarashdayoq hayvonot olamini o‘rgatishdagi sabr-toqatni esga soladi. (qo‘shimcha ma’lumot uchun Skinerning Pavlov bilan hamkorlikdagi Wood 1998 ahloq-odob nazariyasiga qarang)
Yaqin vaqtlarda Skinnerning ko‘plab g‘oyalari taraqqiyotning nozikroq nazariyalari orqali ilgarilab ketdiki, ijtimoiy, ta’lim olishning o‘zaro tabiati (quyida muhokama qilinadi) va o‘quvchilarga faqat qabul qilishdan ko‘ra ko‘proq tajriba orqali bilm berishni ishlab chiqish kerakligiga urg‘u beradi. (Watkins 2009a, 2009b ga qarang)
Skinner nazariyasida muayyan maqsadlar akademik-kognitiv rivojlanish va ahloqni o‘z ichiga oladi:
Keng qamrovda ko‘rishni rivojlantirish, Skinner nuqtai nazariga qiyoslaganda xatolar qilish va ta’lim olishning muhim va fundamental aspektlarini tasvirlashda xatarlarga borish demakdir. (Havfni bartaraf etish tushunchasida xossalarning miqdori e’tirof etish va qabul qilish g‘oyasiga bog‘lanadi – balkim muhim – ta’lim olish jarayonidagi “omadsizlik”ni davom ettirish ta’lim bilan munozara qiladi. Bu sohada xilma-xil amaliyotchilarning fikr bildirishlarini ko‘rish mumkin Times Educational Supplement (Ta’limga qo‘shimcha vaqt)da “Ta’limning maqsadi nima?” 2011 yil 1 aprel 27-bet. Doun Holliyvon, masalan, o‘rta ta’limning amaliyot o‘qituvchisi bu bo‘limda tavakkal va omadsizlikni bog‘lagan, Piagerian tushunchalarining rivojlanishi va ta’lim olish bu bo‘limning ohirrog‘ida aks ettiriladiki, bolalarda ta’lim olishga “bilim olishga tabiiy qiziqiz” uyg‘otuvchi yondashuv tushuntiriladi. Tavakkal qilish, albatta, biznes yuritishdagi asosiy bo‘g‘in – biz bugun juda ko‘p eshitayotgan rag‘batlantirish: masalan, balki biroz boshqacha ijtimoiy agentliklar bazan ko‘rsatma va amaliyot doirasini “qamrab olmoqda”)
Тарбия жараёнининг яна бир хусусияти – бу унинг яхлит ҳолда тизимли ташкил этилишидир. Яхлитлик шундан иборатки, тарбия жараёнининг мақсади, мазмуни ва методларини бирлиги шахсни шакллантириш ғоясини амалга ошириш учун хизмат қилади. Бизга маълумки. Шахс маънавий-ахлоқий сифатларни навбатма-навбат эмас, балки яхлит тарзда ўзлаштира боради, шу боис педагогик таъсир ҳам яхлитлик, тизимлилик характерига эга бўлиши лозим.
Hatto talabalar ahloqini boshqarish masalasida Skinner nazariyasi qiyinchiliklarsiz demaydi, ayniqsa, bugungi kunda ko‘plab ustozlar ishlayotgan ko‘ptarbiyali sinflarda. Hususan, Skinner ishi madaniy masalalar ahloq bilan bog‘liqligiga e’tiborsiz qarashni tanqid qiladi va muntazam murojaatlar jazolarni va taqdirlashni o‘rgatishni sinfda teskari natija va qiyinchilikni ta’minlashi mumkinligi amalda isbotlangan. (Bu mavzudagi adabiyotlar bilan o‘quvchilar muammoni ko‘rib chiqishga chaqiriladi. Moore 1995 yilda xabar berilgan)va yana bir o‘rinda, ikki tilli o‘quvchi hurmat yuzasidan tanbih berilayotganda ko‘zini o‘qituvchidan boshqa tomonga olib qochgan va o‘qituvchi tomonidan qo‘pollik yoki itoatsizlikni ko‘rsatuvchi harakter deb izohlangani uchun ikki karra koyilgan. Misollarda qanday qilib ikki tilli talabalar tez-tez o‘quvchilarning mukofotga chaqirishlaridan yiqilishadi (oy ohirida to‘plangan ballar va hulqi uchun taqdirlanmalar e’lonida ikki tilli talabalar taqdirlanishlar olmagan bo‘ladilar), ular o‘z say-harakatlari bilan darslarni topshirishadi. Bunga sabab oddiy farqlardan ko‘ra noto‘g‘ri izohlanish Moorye 1999a dan topishingiz mumkin va keyingi 4-bo‘limda muhokama qilinadi.
Skinner nazariyasi o‘qitish va ta’lim olish jarayonida o‘qituvchilarning o‘zlarini hulq-atvorlari muhim bo‘lmagan rolda ekani uchun tanqid qilinadi, bu mavzuda gap ketganida unga e’tibor berishga chegara qo‘yilgan, bu o‘rinda jazo tayinlash va mukofotlashdan ko‘ra ko‘proq, deydi, o‘qituvchilar o‘zlari (Men termini 5-bo‘limda to‘laroq yoritilgan) namuna bo‘lishlari zarur. Bu “ahloq o‘ynini o‘ynash”ni istamayotgan o‘quvchilar – mehribonlik ko‘rsatilmagan yoki, ular ta’limda omadga erishmagan, yo ular o‘qituvchi tomonidan maqtab, yo koyilmagan – bilan yuzaga kelgan muammoni hal qilishishart bo‘lgan o‘qituvchilarga kichik yordam taklif qiladi.18
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilish, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni qaror toptirishni talab etadi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu jarayon ikki tomonlama aloqa xususiyatiga ega bo‘lib, unda o‘quvchining o‘zi ham faol ishtirok etadi.
Ikki tomonlama aloqa ikki yo‘nalishda, ya’ni, o‘qituvchining o‘quvchiga ko‘rsatadigan ta’siri (to‘g‘ri aloqa) hamda o‘quvchining o‘qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiya nazariyasi g‘oyasiga muvofiq, endilikda o‘quvchi tarbiya jarayonining obyektigina bo‘lib qolmasdan, subyekti sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo‘layotgan tashqi ta’sirlar va axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlr samarasiz yakun topadi. Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir xususiyati – tarbiyada qarama-qarshilikning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qaram-qarshiliklar o‘quvchilarga o‘z tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar o‘rtasida yoki o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.
Undan tashqari bu qarama-qarshiliklar ko‘pincha o‘quvchining ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq bo‘lmasligidan, o‘qituvchi va tarbiyachilarning o‘quvchilar yosh, psixologik, fiziologik xususiyatlari (fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik jihatdan sog‘lomligi)ni yaxshi bilmasliklari oqibatida kelib chiqadi.
Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda mavzuga quyidgicha xulosa qilish mumkin:
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo‘lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo‘lib kelgan.
Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.
Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.
Bryunerning ishini boshqa bir ko‘rinishi bolalarning maktab muhitidan tashqarida va maktab hududida qanday bilim olishini ko‘rsatib beradi. Bruner tarbiya va ta’lim olishning hususiyatlarini tadqid eta boshladi. Natijada tadqiqot tobora siyosiylashib bordi. Biz Brunerning so‘ngi ishlarida uning tarbiya va ta’limni ko‘pincha siyosiy yo‘l bilan tadqiq qilganini ko‘rishimiz mumkun. 1996 yilda yozilgan “Ta’lim va tarbiya” kitobida Bruner o‘z ishlarini na’zariy sayohat atamasi sifatida tasvirlaydi. Bu atama bir xil tarixiy davr mobaynida ko‘p sonli maktab o‘qituvchilarini jamlaydi deyish mumkin. Bu sayohat Piadget va Vigotskiyniki kabi Brunerning ishi bilishning quyosh va intrafizik jarayonlari kabi pedagogikada ham muhim rol o‘ynadi. Bu jarayon bolalarni maktabda ta’lim olishlariga tarbiyaning qay darajada ta’sir etishini isbotlangandan so‘ng jadal ravishda rivojlandi. Ayniqsa, bu kashfiyot tufayli kuch ishlatish, rasizm va ajratish (separatizm) larning bolaning ruhiy va aqliy rivojlanishiga ta’siri yoritildi. Kashfiyot tufayli yana bir narsa ma’lum bo‘ldiki, Brunerning tahlili tufayli bolaning aqliy, kognitiv linguistik rivojlanishi nafaqat uning mustaqil rivojlanishiga balki atrof muhit ya’ni ijtimoiy sharoitlarga ya’ni bola o‘sib ulg‘ayayotgan muhitga ham bog‘liq ekanligi isbotlandi. Shu nuqtai’ nazardan Bruner Piajeni tanqid qildi.
Brunerning tushunchalarini Walters yaxshi baholadi.(2011) “Ko‘pgina yoshlarimiz haligacha kuch va siquv ta’sirida yashamoqdalar. Ba’zigi bolalarimiz esa maktablarida xattoki kattalar ham ha li ko‘rmagan muomila va kunlarni ko‘rmoqdalar. Hattoki, shunday bolalarimiz ham borki ular hamisha tahqirlangan, ahamiyatdan chetda qolgan va beyetibor qoldirilgan. Ularning hammasi hamisha mufaqqiyat qozonishga loyiqdirlar. Ularni har birini rivojlantirish maktablarining vazifasimi yoki milliy dasturlar yaratish ma’qulmi?
Valterning javobida bolaning bilim olishida qisman bo‘lsa ham mufaqqiyat qozonolishi uchun dasturning ahamiyati kattaligi keltirib o‘tiladi. Brunerning ta’lim jarayonida kuch ishlatilishi va tarbiya ta’siri to‘g‘risidagi fikrlari 1970-yillardayoq o‘z ifodasini topgan edi.
Uning “Kuch va bolalik” kitobida masalan: “U ta’kidlaydiki doimiy tazyiq va kuch ishlatilishi tarbiyaga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Yutuqlar esa juda kam va unchalik ahamiyatsiz, biri ichkarida turadi va biri nima qila olsa o‘shani oladi. Tuzumga qarshi chiqish undan foydalanishga olib keladi.(Bruner, 1972) bunday tushunchalardan keyin bruner kuchsizlik to‘g‘risidagi alohida loyihani taqdim qilishga muhtoj edi.
Brunerning fikricha ta’limning ijtimoiy madaniy konteksti Piajening introfizik nazariyasidan ham ko‘ra ko‘proq kerakligi ya’ni o‘qutuvchilar uchun universal ta’lim berish orqali rivojlanishdan ko‘ra, ko‘proq o‘qituvchining turli usullari yoki mustaqil madaniy tajribalar yashash tarzi tufayli samarasiz ekanligini ko‘rsatib turadi.19
Do'stlaringiz bilan baham: |