Ichki govmichcha: Meybomi bezining yalligʻlanishi; odatda qovoq konyunktivasida koʻrinadi (kamroq uchraydi)
Yiring bilan toʻlgan, ogʻriqli, eritematoz tuguncha
Bir necha kundan keyin toʻsatdan perforatsiyalanib, yiringning tashqariga ajralishi roʻy beradi
Diagnostika: klinikasiga asoslanib
Davolash: Koʻp hollarda govmichcha oʻz-oʻzidan tuzaladi, ya’ni 1-2 haftadan soʻng toʻsatdan yoʻqoladi.
Issiq kompres va massaj
Qovoqlar gigiyenasi
Mahalliy antibiotik terapiya, masalan, gentamitsin, amoksitsillin, eritromitsin
Medikamentoz terapiya samara bermasa yoki simptomlar ogʻir boʻlsa: kesma va kyuretaj, tizimli antibiotiklar (masalan, sefaleksin)
Bir necha oy ichida xalazion yuzaga kelishi mumkin
Qovoq absessi va koʻz kosasi selluliti kamdan-kam uchraydi.
Blefarit (blepharitis squamosa)
Ta’rif: Blefarit qovoqlarning koʻp uchrovchi kasalligi boʻlib, surunkali va/yoki qaytalanuvchi yalligʻlanish hamda qovoq qirralarida qaloqlar toʻplanishi bilan namoyon boʻladi.
Etiologiya
Staphylococcus (eng koʻp holatlarga sabab boʻluvchi patogen)
Boshqa infeksion sabablar: virusli (masalan, herpes simplex yoki varicella zoster) yoki parazitar (qovoqlar demodekozi yoki ftiriazi).
Allergik reaksiyalar yoki yogʻ bezlarining anotomik obstruksiyasi
Endogen omillar: yogʻ toʻplanishi, seboreya, qovoq bezlari gipersekretsiyasi, meybomi bezlari sekretining yigʻilib qolishi
Tashqi omillar: tutun, chang, xonalardagi quruq havo, kimyoviy moddalar, dorilarning toksik ta’siri
Tizimli kasalliklar: rozetsea, atopiya va seboreyali dermatit
Koʻz kasalliklari: quruq koʻz sindromi (masalan, Shegren sindromi), xalazion, trixiaz, konyunktivit va keratit
Old blefarit: qovoqlarning old qirrasi, teri, kipriklar va follikulalarning yalligʻlanishi
Orqa blefarit: qovoqlar orqa qirrasining yalligʻlanishi; meybomi bezlari disfunksiyasi va/yoki obstruksiyasi (meybomit), shuningdek, tarzal plastinka anomaliyalari bilan bogʻliq
Qovoqlarning surunkali yoki qaytalanuvchi qizarishi, shishi va qirralarining notekis boʻlishi
Qovoqlarning qirralarida va kipriklarda qaloqli, muguzli pilakchalar va/yoki yogʻ toʻplanishi
Qaloqlar hosil boʻlishi seboreyali kasallikdan dalolat beradi.
Kipriklar atrofida ajralmalarning halqasimon toʻplanishi va ularni olib tashlaganda yara hosil boʻlishi (yarali blefarit) stafilokokkli kasallik uchun xosdir.
Ajralmalarning kiprik asosida silliq naychalar koʻrinishida toʻplanishi Demodekoz uchun xos.
Koʻzning ta’sirlanishi va koʻrishning buzilishi
Ogʻriq
Qichishish
Yot jism hissi, koʻzning yoshlanishi
Fotofobiya, koʻrishning xiralashishi
Do'stlaringiz bilan baham: |