3-fosfoglitserin aldegidining hosil bo’lishi bilan glikolizning birinchi bosqichi yakunlanadi va bosqichda ikki molekula ATP sarflanadi.
Glikolizning ikkinchi bosqichi nihoyatda murakkab va muhimdir. Bu bosqichda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari borib, bu jarayonlarda ATP hosil bo’ladi.
Ikkinchi bosqich beshta fementativ reaksiyadan iborat. Bu boqichda ikki molekula glitseroaldegid-3 fosfat ikki molekula piruvvatga aylanadi. Bu davrda energiya hisobiga 4 molekulaADF fosforlanib, 4 molekula ATP hosil qiladi. Shunday qilib, glikoliz jarayonida bir molekula glyukoza hisobiga tog’ri keladigan ATP molekulalarining soni to’rtga emas, ikkitadir, chunki ikkita ATP glikolizning birinchi davrida sarflangan edi.
5. Yuqoridagi reaksiyada hosil bo’lgan fosfodioksiatseton hujayralarda to’planmasdan, triozafosfat-izomeraza fermenti ishtirokida har doim 3-fosfoglitserin aldegidga aylanib turadi:
6. Navbatdagi reaksiyada 3-fosfoglitserin aldegid oksidlanib, 3-fosfoglitserat kislotaga aylanadi. Bu glikolizning asosiy reaksiyalaridan biri bo’lib, uning umumiy ko’rinishi quyidagicha:
Hosil bo’lgan 1,3-difosfoglitserat energiyaga boy bo’lgan birikmadir.
7. Reaksiyaning keying bosqichida 1,3-difosfoglitserat kilota ADP bilan qayta fosforlanish reaksityasiga kirishib, ATP va 3-fosfogliterat kislota hosil qiladi.
Bu reaksiya fosglitseratkinaza fermenti ishtirokida katalizlanadi.
8. 3-fosfoglitserin kislota 3-fosfoglitserat fosfoglitseromutaza fermenti ta’sirida 2-fosfoglitserin kislota (2-fosfoglitserat)ga aylanadi. Reaksiya qaytar bo’lib, Mg2+ ishtirok etadi.
9. To’qqizinchi reaksiyada enolaza fermenti ta’sirida 2-fosfoglitserin kislotasidan bir molekula suv ajralib chiqishi natijasida energiyaga boy bo’lgan fosfoenolpiruvat (fosfoenolpirouzum) kislota hosil bo’ladi.
Enolaza fermenti Mg2+ yoki Mn2+ kationlari ta’sirida faollashadi, ftorid ta’sirida ingibirlanadi.
10. O’ninchi reaksiyada hosil bo’lgan fosfoenolpiruvatdagi energiyaga boy bo’lgan bog’ uziladi, fosfat kislota qoldig’i ADP ga ko’chiriladi, natijada ATP hosil bo’ladi. Reaksiyani piruvatkinaza fermenti katalizlanadi:
Piruvatkinazaning aktivatori Mg2+ ionidir. Bu reaksiya qaytmas jarayondir. Reaksiya natijasida piruvat va ATP hosil bo’ladi.
11. Laktat kislotaning hosil bo’lishi. Anaerob sharoitda pirouzum kislota 6-bosqichda hosil bo’lgan nikotinamidadenindinukleotidning qaytarilgan shakli (NADH2) bilan reaksiyaga kirishib, darhol laktat kislotaga aylanadi. Natijada glikolizning oxirgi mahsuloti bo’lgan sut kislota to’planadi va koferment NAD+ qaytadan tiklanadi. Reaksiya laktatdegidrogeneza fermenti ishtirokida boradi.
Glikoliz reaksiyasining umumiy sxemasi
Shunday qilib, glikoliz jarayonining biologik ahamiyati shundan iboratki, bunda energiyaga boy bo’lgan fosforli birikmalar hosil bo’ladi. Glikolizning birinchi bosqichida 2 molekula ATP sarlanadi(geksokinaza va fosfofruktokinaza reaksiyalari). Keyinchalik 4 molekula ATP hosil bo’ladi(fosfoglitseratkinaza va piruvatkinaza reaksiyalari). Shunday qilib, 1 molekula glyukozaning anaerob sharoitdagi glikolizning energetik effektivligi 2 molekula ATP ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |