Fizikaviy xossalari. Aminokislotalar yuqori haroratda suyuqlanadigan, suvda yaxshi eriydigan rangsiz kristall moddalardir. Ularning suyuqlanish haroratlari bir-biridan kam farq qiladi.
Bir asosli aminokislotalarning suvdagi eritmalari neytral xarakterga ega. Aminokislotalar ichki tuz (bipolyar ion) N+H3–CH2COO– ko’rinishida mavjud bo’ladilar. Ularning bunday tuzilishga ega bo’lishligi fizikaviy tekshirish usullari yordamida aniqlanilgan.
Bipolyar ion kislotali muhitda kation, ishqoriy muhitda esa anion sifatida mavjud bo’ladi. Aminokislota eritmalari izoelektrik nuqtada elektr tokini o’tazmaydi.
Tabiiy aminokislotalar ikkiga: almashtirib bo’lmaydigan (lizin, metionin, izoleysin, trionin, tiptofan, valin va boshqalar) va almashtirsa bo’ladigan aminokislotalarga bo’linadilar. Ko’pchilik tabiiy aminokislotalar optik faollikka ega bo’lib, ulardan L-qatorga mansublari achchiq, yoki mazasiz, D-qatorga mansublari esa shirin mazaga egadirlar.
Kimyoviy xossalari. Aminokislotalar kislotalar va aminlar uchun xos bo’lgan reaksiyalarga kirisha oladilar. Bundan tashqari, aminokislotalarning o’zlariga xos reaksiyalari ham bor.
1. Aminokislotalar asoslar bilan tuz hosil qiladilar: aminokislotalarning og’ir metallar bilan hosil qilgan tuzlari kompleks hususiyatga ega bo’lib, rangli bo’ladi. Masalan, aminosirka kislotaning mis bilan hosil qilgan tuzi ko’k ranga ega.
2. Kislotalar kabi aminokislotalar ham murakkab efirlar, galogen angidridlar, amidlar va boshqalarni hosil qiladilar.
3. Aminokislotalar aminoguruh hisobiga anorganik kislotalar, kislota xususiyatiga ega bo’lgan birikmalar bilan tuz hosil qiladilar:
4. Aminokislotalarga nitrit kislota bilan ta’sir etilganda oksikislotalarni hosil qiladilar:
Aminokislotalarning efirlariga nitrit kislota bilan ta’sir etilganda barqaror diazbirikmalar hosil bo’ladi:
5.Aminokislotalarga kislota angidridlari va galoid angidridlar bilan ta’sir etilganda aminoguruh atsillanadi:
6
. Aminokislotalardagi aminoguruhi alkillash reaksiyalariga kirisha oladi. Bunda ikkilamchi, uchlamchi aminokislotalar va to’rtlamchi ammoniy asoslari hosil bo’ladi. To’rtlamchi ammoniy aoslarining ichki tuzi betaminlar deb ataladi:
7. -, -, - Aminokislotalar qizdirilaganda turlicha o’zgarishga uchraydilar. - Aminokislotalar qizdirilganda diketopiperazinlarni, - aminokislotalar to’yinmagan kislotalarni, - va yuqori aminokislotalar esa laktonlarni hosil qiladilar:
Yuqoridagi reaksiyalar yordamida -, - va -aminokislotalarni bir birlaridan farqlash mumkin.
A
minokislotalar peptid, dipeptid va polipeptidlarni hosil qilib polimerlanadilar:
Bu reaksiya oqsilni sintez qilishda ishlatilganligi tufayli katta ahamiyatga ega. Aminokislotalarni ma’lum tartibda biriktirib, polipeptidlar hosil qilish uchun, ulardagi amino- yoki karboksil guruhi himoya qilganida.
Do'stlaringiz bilan baham: |