Reja tushunish tiplari, turlari, darajalari



Download 57,76 Kb.
bet12/13
Sana11.01.2022
Hajmi57,76 Kb.
#351197
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6-mavzu

Ilmiy-ijodiy faoliyatning samarali mahsuli кашфиётдир. Илмий izlanish jarayonida moddiy dunyoning ilgari noma’lum бўлган объектив qonuniyat, xossa va hodisalanu ochishga кашфиёт дейилади. Шунинг uchun ham A.T.Shumilm “Ilmiy ijod bu kashfiyot ва ихтиро қилишдан iborat murakkab jarayondir”21, deb yozadi. Darhaqiqat, кашфиёт деганда борлиқдаги haligacha noma’lum bo‘lgan нарсани субъект томонидан bilishga aytiladi. Ayni shu ma’noda, ijodiy izlanish жараёнида муайян kashfiyotlar yuz beradi. Ulaming orasida eng muhimi илий кашфиётдир. Mazkur ilmiy-ijodiy faoliyatning namoyon bo‘lishini ўрганувчи соҳа evristika deb ataladi. Darhaqiqat, ilmiy-ijodiy фаолият асосида tadqiqotchi muayyan kashfiyot ochishi mumkin. Агар топилган янги ғоя муаллиф томонидан илми асослаб берилса, у кашфиётга айланади.

Kashfiyot ilmiy faoliyatning eng yuqori darajadagi namoyon bo‘lish shaklidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, kashfiyot o‘z ob’yektlari uch xil shaklda namoyon bo‘ladi. Bulaming birinchisi qurilma bo‘yicha kashfiyotlar bo‘lib, unga ma’lum konstruksiya vositalari, qo‘rilmalarning uzel va detallari, ulaming joylashishi va o‘lchamlariga tegishli yangiliklar kiradi. Ikkinchisi esa usul bo‘yicha kashfiyotlar bo‘lib, unga texnologik jarayonlar, vositalar, echimlar va parametrlar taalluqlidir. Uchinchisi esa ishlab chiqarishga qoilash bo‘yicha kashfiyotlar bo‘lib, unga ma’lum bir predmetni boshqa joyda boshqa maqsadda ishlatish bo‘yicha takliflar kiradi.

Ilmiy tadqiqot faoliyatida “yaratish”, “kashfiyot” va “ixtiro” kabilar muhim metodologik ahamiyat kasb etadi. Bunda yaratish ijodiy subyekt tomonidan ijod natijasini vujudga keltirishni anglatadi. Ixtiro - subyekt tomonidan narsa, hodisa, jarayonlaming obyektiv holatiga o‘ziga xos tarzda sezilarli o‘zgartirishlar kiritishdir. Nazariya yaratish uchun tajriba asosida qoiga kiritilgan dalilami shunchaki jamlashning o‘zi kamlik qiladi. Buning uchun har doim muammoning mohiyatiga qaratilgan ixtirochilik layoqati zarur boiadi. Aksariyat ixtirolar sanoat ishlab chiqarishi yoki kundalik maishiy turmush talablaridan kelib chiqqan holda yaratiladi. Ayni shu ma’noda odamlar ehtiyojini qanoatlantirishning imkon qadar tejamkor yoilarini topgan insonni ixtirochi deb atash mumkin. Kashfiyot esa, kashfiyotchidan mustaqil ravishda mavjud bo ‘Igan narsa, hodisaning subyekt tomonidan anglab yetilishidir.

Ilmiy- tadqiqot jarayonida kashfiyotni ochish bu bajarilgan ilmiy ishning ichida eng taraqqiy etgan, o'zida yangilikni saqlagan, ijobiy tomonlarga ega bo‘Igan va boshqalardan jiddiy farq qilgan unsurni ajratish demakdir. Ilmiy tadqiqot jarayonida odatda kashfiyot ilmiy ishning ichida berkinib yotadi, muallif uni ocha bilishi kerak boiadi. Kashfiyotni ochish berilgan obyektlar guruhidagi umumiy, foydali va yangi tomonlami topish va uning boshqa kashfiyotlardan farqini aniqlab, ijobiy tomonlarini ko‘rsatib berish ilmiy-ijodiy faoliyatning negizini tashkil qiladi.

I.Saifhazarov, G.V.Nikitchenko va B.U.Qosimovlaming fikricha, “Ilmiy kashfiyot ilmiy ijodning muhim jihati boiib, u ilmiy tadqiqot obyekti haqida yangi sifatli axborot olish, yangi qonunlar, gipotezalar va nazariyalami aniqlash, fanning yangi sohalari haqida ma’lumotlar olishda namoyon boiadi”22. O‘zlarining mazkur yondashuvlari orqali mualliflar ilmiy kashfiyotni ijodning fandagi oliy ifodasi ekanligiga alohida e’tibor qaratadilar. Shu nuqtai nazardan, har qanday ilmiy yutuq yoki kashfiyot nafaqat muayyan predmet mazmuniga, balki metodologik jihatga ham egadir. Ilmiy-ijodiy faoliyatda qiziqarli va muhim dalillaming yangi manbalarini topish, kashf etish - olim ijodiy tafakkurining yorqin ko‘rinishi bo‘lib, ilmiy kashfiyot uning cho‘qqisini tashkil etadi.

Fanning ko‘p asrlik tarixi kashfiyotlar bilan uzviylikka ega. Ilmiy kashfiyotlar olimlaming dalillami tizimga solish va tasniflash borasidagi fidokorona mehnati natijasida yuzaga keladi. Darhaqiqat, “Olimlik og‘ir mehnat natijasidir. ...Alloh bergan ijodkorlik... bir foiz boisa, qolgan to'qson to‘qqiz foizi ijod va mashaqqatli mehnat natijasida amalga oshadi. Olimlik xislati kechayu-kunduz o‘ylovlar natijasi. Olimlik bu sinchkovliklar oqibati”23. Ilmiy kashfiyot sari yo‘l muammoli vaziyatni aniqlashdan boshlanadi, uni ta’riflashdan o‘tadi va bu vaziyatning echimini topish bilan yakunlanadi. Ilmiy-ijodiy faoliyat, biron-bir kashfiyot amalda qo‘llanilishi natijasida, ilmiy bilishning tegishli sohasi jadal sur’atlarda rivojlana boshlashini, texnikaning rivojlanishi fanda inqilob yasashini ko‘rsatadi. Bunday inqiloblaming eng kattasi XIX asrga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham P. Sorokin “Faqat birgina XIX asrdagi kashfiyot va yangiliklaming o‘zi oldingi asrlardagi kashfiyotlaming hammasini jamlagandan ham ko‘pdir”24, deb yozadi. Xususan, bu asrda 8527 ta kashfiyot amalga oshirilgan25. Shu o‘rinda internet so‘rovnoma natijasini taqdim etish mumkin. Dunyoning eng mashhur kashfiyotlari quyidagilar:

1. 1869-yilda Dmitriy Ivanovich Mendeleyev tomonidan kashf qilingan «Kimyoviy elementlaming davriy sistemasi» (bu g ‘oya uning tushiga kirgan).

2. Eramizdan avvalgi 1550-yilda temirni eritish texnologiyasi;

3. Tranzistor (1948-yilda amerikalik olimlar Uilyam Shokli, Dj. Bardin va Uolter Brattey tomonidan kashf qilingan);

4. Shisha (eramizdan avvalgi 2200-yilda Markaziy O'rtayer dengizi bo yiarida kashf qilingan);

5. Mikroskop (XYII asr gollandiyalik tabiatshunos olim Antoni van Levenguk tomonilan kashf qilingan; lupa bilan kifoyalanmasdan и bitni о ‘rganish uchun uskuna yaratadi va so ‘ng suvni о ‘rganib dahshatga tushadi va bir umr choy va vino ichgan);

6. Sementrting kashf qilinishi va undan XVIII asrda qurilish ishlarida foydalanish boshlanishi inqilobiy hodisa bo ‘Igan;

7. Po'lat eramizdan avvalgi 300 yil ilgari Hindistonda kashf qilingan(po ‘latpushkalar, о ‘q yoy);

8. Mis ishlab chiqarish - eramizdan awalgi 3 ming yil ilgari kashf qilingan. (Dastlab и mis konlarini topish orqali, so ‘ngra 5 ming yil ilgari Kichik Osiyoda uni minerallardan olishni о ‘rgangan;

9. Rentgen nurlarining kristallar bilan difraksiyasi (1912-yilda Maks fon Laue tomonidan kashf qilingan va bu yadro fizikasining rivojlanishidagi muhim qadam bo ‘Idi');

10. Po'lat va cho'yan eritish uchun mo'ljallangan konventor XIX asrda ingliz muhandisi Genri Bessemer (1813-1898) tomonidan kashf qilingan.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ilmiy kashfiyot paytida va yangi bilimlar olishda emotsiyalaming roli kattadir. Chunki olimlar o‘z ilmiyijodiy izlanishlari haqida bahs yuritgan paytda yangi topgan dalillari haqida hayajon bilan mulohaza qiladi, suyunadi, hayratlanadi, qo‘rqadi, eziladi, iztirob chekadi va mungli holatga tushadi, boshqalarga himmat ko‘rsatadi yoki xunob boiadi, loqayd boiadi26. Yaxshi yoki yomon kayfiyatda boiadi, ijod “toig‘oqlari” bilan qiynaladi. Bu va bunga o‘xshagan boshqa baholash, qadrlash holatlari ilmiy faoliyatning konkret tarkibini aks ettiradi. Bulardan maium boiadiki, ilmiy-ijodiy faoliyatning namoyon boiish shakllari o‘z mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifasiga ko‘ra farqlanadi.

Ixtiro muayyan kashfiyot doirasida sodir bo‘lib innovatsiya darajasigacha о‘sib chiqishi mumkin. “Innovatsiya” tushunchasining mazmunini yanada teranroq anglash uchun uni “o‘zgarish” tushunchasi bilan ham qiyosiy tahlil qilish maqsadga muvofiq. Shu o‘rinda, Y.Shumpeter tomonidan innovatsiyaning mazmunini o‘zgarishlar orqali aniqlash an’anasi joriy etilgani va zamonaviy ilmiy adabiyotlarda bunday talqin tez-tez uchrab turishini ta’kidlash joiz.

Xususan, innovatsion muammoning mashhur tadqiqotchisi La Perre innovatsiyani dastlabki holatning yangi holatga o‘tishi vositasida xo'jalik organizmi ichki strukturasidagi har qanday o‘zgarish sifatida talqin etgan27.




Download 57,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish