Reja Tush nima Tushning mohiyati va ahamiyatini Tasavvur va tush



Download 297,49 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi297,49 Kb.
#581799
Bog'liq
Tush

Reja 1.Tush nima 2.Tushning mohiyati va ahamiyatini 3.Tasavvur va tush


TUSH, tush koʻrish — uyquda sodir boʻladigan subʼyektiv psixik hodisa. Fiziologik jihatdan tush bosh miya katta yarim sharlarining tormozlanmagan hujayralari faoliyati natijasidir. Chuqur uyqu paytida bosh miya poʻstloq qismining hujayralari butunlay tormozlanadi va bunda tush koʻrilmaydi. Bosh miya poʻstloq qismining ayrim boʻlaklari tormozlanmaganda shu joylar kuchsiz taʼsirotlarga sezgir boʻladi. Shunda odam tush koʻradi.tushda uyqudagi kishi aniq va tasvirli kechinmalarning shohidi boʻladi. Tushdagi voqealar bir-biriga bogʻliq, bir oz noaniq, hayajonli, afsonaviy tus oladi. Tush asosan, tez kechadigan uyqu fazasidan uygʻonish vaqtida yoki undan soʻnggi bir necha minut davomida roʻy beradi, kishi uni uzoq vaqt yodsa saqlay olmaydi.

Kishi sokin kechadigan uyqu fazasida ham tush koʻrishi mumkin. Ertalabki uygʻonish davrida tush, odatda, uzoq davom etadi (chunki bunda "tez kechadigan" uyqu vaqti uzoqroq boʻladi). Tushning xususiyati kishining nerv sistemasi tipiga, uning sogʻligʻiga, maʼlum davrdagi kechinmalariga bogʻliq.


Tush – bu haqiqiy hayotga o’xshamaydigan, boshqa hayotni yashab o’tadigan bizning ikkinchi realligimizdir. Tushda biz parvoz qilishni, suv ostida nafas olishni, bosh aylantiradigan harakatlarni bajara olamiz… Ammo bu – hali hammasi emas.
Tush paytida sizning tanangizbilan sodir bo’ladigan narsa, siz o’ylaganingizdan ham g’aroyibdir!

Inson tushida o’rgana oladi

Olimlar, “tez tush” vaqtida inson yangi bilimlarnio’rganishi mumkinligini aniqladilar, va bu tush paytida bosh miyasi juda aktivishlar ekan. Bu bu bosqich qanchalik uzoq davom etsa, shunchalik ko’pma’lumotni tush davomida o’rganib olishimiz mumkin.

Tushlar sizni baxtiyorroq qilishlari mumkin

O’z tushlarini nazorat qilib biluvchi odamlar, odatda buni qanday qila olishni bilmaydiganlar yoki umuman uni eslab qololmaydiganlardan ko’ra baxtliroq hisoblanishadi. Kelajakdagi sodir bo’lishini xohlayotgan voqealar haqida uzoq vaqt bir xil tushni qaytib-qaytib ko’radiganlar esa, orzulari ushalishiga, orzusini tushida ko’rolmaydiganlardan ko’ra, odatda ko’proq yetishadi. Buning hech qanday g’ayritabiiy joyi yo’q: tushda bo’lsa ham, ijobiy tuyg’ularni his qilganimizda, miya hujayralari aktivroq harakat qilishni boshlaydi. Bundan tashqari, yoqimli tushdan so’ng biz ancha tetik va yutuqqa erishishga moyil bo’lib uyg’onamiz.

Tushda yoʻqotilgan xotiralarni tiklash mumkin

Chuqur, tinch uyqu paytida tana va miya tinchlanadi, va avvallari bir necha qavat ostida qolib ketgan xotirlar yuzaga chiqadi. Shu uchun, agar sizga kerakli ma’lumotni qiynalib eslamoqchi bo’lsangiz, unda uxlang. Yaxshisi, yotoqda bir o’zingiz bo’lsangiz, xonaga tashqaridan shovqinlar kirmaydigan bo’lsa, - unda sizning organizmingiz tezroq tinchlanadi, va kerakli xotiralar juda katta ehtimollik bilan xotirangizda tiklanadi.

Tushlar ko’pgina kashfiyotchilarni ilhomlantirgan

Tushlar nafaqat kelajakni bashorat qiladi, balki,jidiiy qabul qilingan holda, omadga erishishga yordam beruvchi yangi fikrlarniin’om etishadi. Shunday qilib, Larri Peydj tushida Google fikrini, kashfiyotchiElias Xou – tikuv mashinasini, Dmitriy Mendeleyev esa – elementlarning davriyjadvalini ko’rishgan. Bunda ular, albatta, shu savollar ustida anchagina terto’kishgan. Olimlar fikrlariga qaraganda, agar siz chindan ham biror muammoniyechish ustida qattiq ishlasangiz, tush rostdan ham bu paytda yordamlashishimumkin, chunki, uyqu vaqtida sizning miyangiz mustaqil fikrlashga halaqitberadigan millionlab cheklanishlar bilan band bo’lmaydi.

Tushda biz faqat tanish odamlarni ko’ramiz

Olimlar ta’kidlashlaricha, insonning bosh miyasi tushida yangi odam tasvirlarini yaratishga qodir emas, u xotirada allaqachon bo’lganlarni tiklashi mumkin, xolos. Bu, biz tushimizda ko’radiganlarning barchalari, bizga salgina bo’lsada ko’chada uchragan bo’lsa, aynan o’shalar tushimizga kirishlari mumkin. Afsuski, ko’pincha tushimizga bizga yoqadigan odamlardan ko’ra, unchalik xush kelmaydigan odamlar kiradi. Va buni tushuntirsa bo’ladi: tushimizda biz qattiq o’ylaydigan narsalarni ko’ramiz, real hayotda ham ko’pincha xursand odamlar va hodisalarga nisbatan, noxushlari haqida ko’proq o’ylaymiz. Demak,tushda sizga yoqmaydigan kishilarni ko’rish juda oson: shunchaki, atigi uyqudanoldin ularni boshingizdan chiqarib tashlang!

Tush ko’rayotganda miya aktiv holda ishlab turadi

Siz uxlagan paytingizda ham, sizning miyangiz ishlashdan to’xtamaydi. Hattoaksincha: kuchli, hissiyotga to’la tushlar ko’rayotganda, u kunning eng aktivpaytlarida ishlayotgandek, ishlayveradi. Bunday tushlar miyaning darrov birnechta qismlarini aktivlashtiradi, shu navbatda, uxlamagan paytda yoqilmaydiganqismlarni ham. Ko’pgina mutaxassislar ongli tushlarga qarab, ularni ancha qiziqva samaradorli deb hisoblashadi, va ataylab ularni keltirib chiqarishadi.

Tushlar sizning yaqin taqdiringiz haqida aytib berishi mumkin

Ba’zi odamlar, kelgusida aynan ularni nima kutishi haqida bashorat qiluvchi tushlarni ko’rganlar. Shunday qilib, prezident Avraam Linkoln tushida o’z o’limini ko’rgan, Mark Tven esa kelajakdagi akasining o’limini o’z tushida ko’rgan. Birvaqtning o’zida bir necha kishi “Titanik” ning fojiasini, uning haqiqatda ro’yberishidan oldin, tushlarida ko’rishgan. Olimlar haligacha bu fenomenni tushuntiraolmayaptilar, ammo ularning eng ilmiy jihatdan fikrlovchilari ham bu faktniinkor etmaganlar. Shuning uchun, agar siz biror muhim hodisani tushingizdako’rgan bo’lsangiz, bunda bu tush sizga haddan tashqari haqiqiydek tuyulsa,unda uni fikrlash uchun yangi ozuqa deb qabul qilavering.


Download 297,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish