O‘lim ko‘rsatkichi – vaqt birligida nobud bo‘lgan organizmlar soni. Bu demografik jarayonlarning xususiyatlaridan biridir. Tug‘iluvchanlikka qarama-qarshi xususiyat bo‘lgan o‘lim tabiiy populatsiyalardagi organizmlar soniga ta’sir ko‘rsatadi. Tug‘iluvchanlik normal kechayotgan sharoitda o‘lim ko‘rsatkichiga qarab populatsiyadagi organizmlar sonining kelajakda o‘zgarishini bashorat qilish mumkin. Agar o‘lim ko‘rsatkichi ortsa, organizmlar soni kamayib boradi. Agar o‘lim ko‘rsatkichi o‘zgarmasa, organizmlar soni doimiyligicha qoladi. Agar o‘lim kamaysa, organizmlar soni ortadi.
Ekotizimga tabiatning asosiy tuzilish birligi sifatida qaraladi. Ekotizim – tirik organizmlar jamoasi, ularning yashash muhitlari, moddalar va energiya almashinuvi majmuyi sanaladi.
Quruqlikdagi ekologik sistemalarni ifodalash uchun «biogeotsenoz» atamasi qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |