Reja: Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda ustav kapitalini shakllantirish xususiyatlari


Taqsimlanmagan foyda va dividendlar hisobi



Download 38,82 Kb.
bet7/7
Sana27.02.2023
Hajmi38,82 Kb.
#914887
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XUSUSIY KAPITAL HISOBI

4. Taqsimlanmagan foyda va dividendlar hisobi
Taksimlanmagan foyda bu hisobot davri yakunida xo‘jalik yurituvchi subyekt
ixtiyorida koladigan sof foyda (foydaning bir qismi)dir. Taqsimlanmagan foyda
(koplanmagan zarar)ni hisobga olishda quyidagi hisobvaraqlardan foydalaniladi:
8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (koplanmagan zarar)» hisobvarag‘ida
korxona faoliyatining butun hisobot yilidagi taksimlanmagan foydasi (koplanmagan
zarari) hisobga olib boriladi.
8720-«Jamgarilgan foyda (koplanmagan zarar)» hisobvarag‘ida korxonaning butun faoliyati davomidagi zarar, dividendlar bo‘yicha to‘lovlar hamda ustav kapitaliga kayta
investitsiyalangan foydani chegirgan holda sof foyda summasini ifodalovchi jamlangan foyda hisobga olib boriladi.Hisobot davridagi sof foyda taqsimlanmagan foydani oshiradi va u quyidagicha ~provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
K-t 8710-«Hisobot davridagi taksimlanmagan foyda qkoplanmagan zarar)».
Bizga ma’lumki, korxona sof foydasidan aksiyadorlarga dividend to‘lanadi. Korxonada dividendlar hisobi va ta’sischilar oldidagi boshqa majburiyatlarni hisobga elish uchun quyidagi hisobvaraqlardan foydalanish ko‘zda tutilgan:
6610-«To‘lov uchun dividendlar» hisobvarag‘i;
b620-«Chiqib ketayotgan muassislardan ularning ulushlari bo‘yicha qarzlar» hisobvarag‘i.Bu hisobvaraqlar passiv hisoblanadi va ular bo‘yicha saldo faqat kredit tomonda bo‘ladi. Ushbu hisobvaraqlar krediti bo‘yicha oborotlar hisoblangan dividendlarni yoki chiqib ketayotgan muassislarning ulushiga doir majburiyatlarni, debeti bo‘yicha oborotlar esa dividendlar to‘lovi hamda muassislar oldidagi qarzlarning qoplanishini ifodalaydi.
Dividendlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taksimlanmagan foyda (koplanmagan zarar)»
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar».
Dividendlardan 15%lik stavka bilan undiriladigan soliq to‘lov manbaida bo‘ladi:
D-t 6610-«To‘lov uchun divideidlar»
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar».
Soliq summasi byudjetga o‘tkazilganida:
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar». K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Kassadan dividendlar to‘langanida: D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar» K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari».
Agarda muassis chiqib ketayotgan bo‘lsa, u holda jamiyatning muassislar oldidagi qarzlari quyidagicha aks ettiriladi:
D-t 8310, 8320, 8330-U stav kapitalini xo‘isobga olish hisobvaraqlari
K-t 6620-«Chiqib ketayotgan muassislardan ularning ulushlari bo‘yicha qarzlar».To‘lov paytida:
D-t 6620-«Chiqib ketayotgan muassislardan ularning ulushlari bo‘yicha qarzlar»
K-t 5110, 5010-Pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar.
Hisobot yilidagi taksimlanmagan foyda (zarar) summasi dividendlar hisoblanganidan so‘ng
8720-«Jamgarilgan foyda (koplanmagan zarar)» hisobvarag‘iga hisoblab o‘tkaziladi.
Foyda olingan holatda:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (koplanmagan zarar)»
K-t 8720-«Jamg‘arilgan foyda (koplanmagan zarar)».
Zarar ko‘rilganda:
D-t 8720-«Jamgarilgan foyda (koplanmagan zarar)»
K-t 8710-«>o‘isobot davridagi taksimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)».
Aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanishi lozim bo‘lgan majburiy to‘lovlar va barcha qoldiqlar to‘langandan keyin korxonada koladigan foydaning bir qismi dividend hisoblanadi. Odatda, dividendlar hisobot yili yakunlari bo‘yicha hisoblanadi. Biroq AJlari har chorakda va yarim yilda bir marta, agar bu jamiyat ustavida taqiqlanmagan bo‘lsa, joylashtirilgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Yillik dividendlarni to‘lash sanasi AJ ustavida yoki aksiyadorlar yigilishi qarori bilan belgilanadi.Korxona rahbariyati tomonidan dividendlarni to‘lash e’lon kylinganidan sung, agar ular kelasi yil uchun to‘lanadigan bo‘lsa, joriy majburiyatlar sifatida hisobda aks ettiriladi. AJ quyidagi hollarda dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga
haqli emas:

  1. jamiyatning ustav kapitali to‘lik to‘languniga qadar;

  2. agar dividendlarni to‘lash paytida u bankrotlik belgilariga javob bersa yoki jamiyatda
    dividendlarni to‘lash natijasida bankrotlik alomatlari paydo bo‘lsa;

  3. agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav va rezerv kapitali summalaridan
    kam bo‘lsa.

Dividendlar, nafaqat, pul mablag‘lari, balki aksiyalar bilan ham to‘lanishi mumkin.Aksiyalar ko‘rinishidagi dividendlar «kapitallashtirish»da taksimlanmagan foyda sifatida ifodalanuvchi, aksiyadorlar uchun qo‘shimcha aksiyalar chiqarishdir.
Misol. 5000 sumlik nominal qiymatdagi 10000 dona aksiyaga ega aksiyadorlik jamiyati amaldagidan 2% miqdorida aksiyalar ko‘rinishidagi dividendlar to‘lovi haqida e’lon qiladi. Ushbu davrda aksiyalarning bozor qiymati-5500 sum.
Dividendlar e’lon qilingan paytda AJ xususiy kapitalining tuzilishi quyidagichabo‘lgan:

  1. nominal qiymati 5000 sumlik 10000 dona aksiya oddiy aksiyalar - 50000000 s0m;

  2. emission daromad - 400000 sum;

  3. taqsimlanmagan foyda - 3000000 sum;Jami xususiy kapital - 8400000 sum.

Qaror: dividendlar to‘lash uchun yangi aksiyalar chiqarildi - 2% (10000 dona=200 dona).
Kichik miqdorda aksiyalar chiqarilganligi uchun ular bozor bahosida, ya’ni 5500sumdan hisobga olinishi Chiqarilgan aksiyalarning bozor qiymati - 5500 sum. (200=110000 sum, shu jumladan, 100000 sum-aksiyalarning nominal qiymati, 100000 sum esa-emission daromad).
Ushbu muomalalarga quyidagicha buxgalteriya yozuvi qilinadi:
hisoblab yozish paytida;
D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»-1100000 sum
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-1100000 sum.
Aksiyalar bilan to‘lash paytida
:D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-1100000 sum
K-t8310-«Oddiy aksiyalar»-10000 0K-t 8410-«Emission daromad»-100000 sum.
Dividendlar aksiyalar bilan tulanganidan keyin xususiy kapital quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  1. nominal qiymati 5000 sumlik 10200 dona oddiy aksiya - 51000000 sum;

  2. emission daromad - 4100000 sum;

  3. taqsimlanmagan foyda - 2890000 sum;

Jami xususiy kapital - 84000000 sum.
Aksiyalar bilan dividendlar tulanganida AJning majburiyatlari yoki aktivlarida o‘zgarish yuz bermaydi, chunki dividendlar pul mablag‘lari kurinishida to‘lanadigan holatdagi kabi korxona mablag‘lari taqsimlanmaydi. Ya’ni dividendlar aksiyalar bilan tulanganida xususiy kapital hajmi o‘zgarmaydi, faqat uning tuzilmasi o‘zgaradi. Bundan tashqari, aksiyalar ko‘rinishida olingan dividendlar jismoniy shaxslarda soliada tortishdan ozod qilinadi. Dividendlar, shuningdek natura kurinishida ham berilishi mumkin. Misol. 200 ming sumlik summadagi dividendlarni tannarxi 160 ming so‘mga teng bo‘lgan tayyor mahsulot bilan to‘lashga qaror kilindi. Aksiyadorlarga tayyor mahsulot dividend sifatida berilganida ham KQS hisoblanadi. QQS to‘lovchisi bo‘lgan korxona esa mahsulot sotilishi bo‘yicha oborotdan ham QQS hisoblashishi kerak
Dividendlar hisoblab yozildi:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»*-200 ming sum
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-200 ming sum.
QQS bilan mahsulot sotilishi aks ettirilgan:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-200 ming sum
K-t 9010-«Tayyor mahsulot sotilishidan olingan daromadlar»-166,6 ming sum o‘ K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»-33,4 ming sum. Tayyor mahsulot tannarxi hisobdan chiqarildi:
D-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi»-160 ming sum _-. K-t 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»-160 ming sum.
Mazkur holatda ham 15%lik stavka bo‘yicha dividenddan soliq hisoblanadi va aksiyadorlar bu summani korxona kassasiga to‘laydilar.
Dividendlar dan 15%lik stavka bilan undiriladigan soliq to‘lov manbaida bo‘ladi:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-30 ming sum
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»-30 ming sum.
Aksiyadorlarga natura holida dividend berish natijasida moliyaviy natija aniqlandi:
D-t 9010-«Tayyor mahsulot sotilishidan olingan daromadlar»-166,6 ming sum
K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»-166,6 ming sum
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»-160 ming sum
K-t9110-«Sotilganmahsulotningtannarxi»-160mingsum.
9900-Hisobvaraqdagi saldo ushbu tadbirdagi foyda (zarar)ni ko‘rsatdi. Ushbu holatda 9900-hisobvaraq bo‘yicha kredit saldosi korxona tomonidan bu tadbirda olingan 6,6 ming sum summadagi foydani aks ettiradi va korxona bu summadan soliq to‘lashi lozim.
Download 38,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish