Reja: Turkistоn o’lkasida islоm diniy



Download 118,54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.03.2023
Hajmi118,54 Kb.
#921625
Bog'liq
5-mavzu



XIX asrning II-yarmi va XX asr 
bоshlarida tarbiya va pеdagоgik 
fikrlar. 
Reja: 
1. Turkistоn o’lkasida islоm diniy-
tarbiyaviy muassasalarning 
an’anaviy tizimi. 
2. Turkistоnda chоrizm maktab 
siyosatining bоshlanishi. 
3. Turkistоnda jadidchilik harakati, 
yangi usul maktablarining paydо 
bulishi. 
4. Ismоil G’aspirali faоliyati



Markaziy Osiyoda XIX asrning 
ikkinchi yarmi va XX asr 
boshlarida ta’lim-tarbiya va 
pedagogik fikr.Markaziy Osiyo 
zaminida Temuriylar hukmronligi 
inqirozga yuz tutgandan keyin, bu 
o’lkani qo’lga kiritish uchun 
jahonning ko’pgina mamlakatlari 
harakat qildilar. Ana shulardan 
biri chor Rossiyasi edi.Markaziy 
Osiyoni Rossiyaga qaram qilish 
g’oyasi Petr 1 dan boshlanib, uning 
vafotidan so’ng YEkaterina 
hukumati tomonidan davom 
ettirildi. Nikolay II taxtga 
o’tirgach, tezlik bilan Markaziy 
Osiyoni o’ziga bo’ysundirishga 
intildi.Rossiyaning bosqinchilik yurishi 
XIX asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri 
keladi. CHunki bu davrda sobiq 
imperiya o’rnida 3 ta xonlik – 


Buxoro amirligi, Xiva hamda 
Qo’qon xonliklari bo’lib, bular 
o’rtasida nizo kuchaygan edi. 
Bundan foydalangan chor 
hukumati o’zining yovuz niyatlarini 
amalga oshirishga kirishib dastlab 
Qozog’istonni o’zlariga tobe 
qildilar. So’ngra Qozog’iston orqali 
1864 yilda Turkmaniston, CHimkent, 
Avliyo otani, 1865 yilda Toshkentni 
zabt etdilar. 1867 yilda YEttisuv 
viloyati, 1868 yilda Samarqand, 
1876 yilda Farg’ona viloyati Rossiya 
qo’liga o’tdi.1876 yil 19 fevralda 
podsho Aleksandr II Qo’qon xonligi 
tugatilganligi to’g’risida buyruqqa 
imzo chekdi. 1885 yilga kelib 
Markaziy Osiyoning hamma yerlari 
Russiya tasarrufiga o’tdi va 
o’lkada Turkiston general 
gubernatorligi tashkil 


etiladi.Markaziy Osiyo mustamlaka 
davlatiga aylantirilgach, chor 
hukumati mustamlakachilik 
siyosatini yurgizdi, bu siyosatga 
qarshi ko’tarilgan xalq 
qo’zg’olonlarini esa ayovsiz bostirdi. 
U Markaziy Osiyo xududida 
istiqomat qiluvchi turli xalqlarni 
bir-biriga qarshi qo’yish bilan ular 
o’rtasida kurashni avj oldirdi. 
CHor hukumati xalqimizning milliy 
madaniyatiga va uning rivojiga 
tish-tirnog’i bilan qarshilik qildi 
milliy zulmni kuchaytirdi. Bu zulm 
birinchi navbatda madaniyat, fan, 
san’at, ijtimoiy va pedagogik fikr, 
turmush tarziga ham o’z ta’sirini 
ko’rsatdi. Xalq o’zining milliy 
merosi, qadriyati va g’ururidan 
mahrum bo’la boshladi. Turkiston 
general gubernatori fon Kaufman 


imperatorga yo’llagan bir 
maktubida Markaziy Osiyo 
xalqlarining madaniy-ijtimoiy 
taraqqiyoti uch yuz yil orqaga 
surib yuborilganini maqtanib yozgan 
edi. Inqilobdan oldin masjid va 
madrasalardagi kitoblar, noyob 
qo’llanmalar yondirib tashlandi, 
bir qismi Peterburgga olib ketildi. 
Bunday hatti-harakatlardan 
g’azablangan Abdurauf Fitrat 
xalqqa qarata: «Ey ulug’ Turon, 
arslonlar o’lkasi! Senga ne bo’ldi? 
Holing qalaydur! Ey Temurlarning, 
O’g’uzlarning oilalarining shonli 
bolalari! Qulliq chuqurlariga 
nedan tushding!» qabilidagi 
jangovar shiorlari bilan xitob 
qilgandi.O’lkada yuz bergan bu 
voqiliklar ilg’or ziyolilarning 
faoliyatida ham o’z ifodasini topdi. 


Ular o’lkada chor ma’murlari 
qo’llagan jabr-zulmlariga 
qaramay ilm-fan va 
madaniyatning umumiy rivojiga o’z 
hissalarini qo’shdilar. Ular 
o’zlaridan oldin o’tgan ulug’ 
mutafakkirlarning insonparvarlik, 
pedagogik fikr, g’oyalarini davom 
ettirdilar. Buni Anbar otin, Ahmad 
donish, Mahmudxo’ja Behbudiy, 
Abdurauf Fitrat, Furqat, Muqimiy, 
Avaz O’tar, Zavqiy, Saidahmad 
Siddiqiylarning ijodida ko’rish 
mumkin. Turkiston o’lkasida diniy-
islomiy tarbiyaviy muassasalar va 
pedagogik fikr taraqqiyoti.XIX 
asrning o’rtalarida Turkiston 
o’lkasida boshlang’ich ma’lumot 
beradigan maktab hamda o’rta va 
oliy diniy ta’lim beradigan 
madrasalar mavjud edi. 


Maktablarning aksariyati, shu 
jumladan, qishloq maktablarining 
ko’pchiligi diniy ta’lim beruvchi eng 
oddiy boshlang’ich maktablar edi. 
Bu maktabda machitlarning 
imomlari, savodxon mullalar 
dars berardilar. Bunday 
maktablarda o’qitish eng oddiy 
diniy vazifalarni o’rgatish bilan, 
ya’ni arab tilida yozilgan Qur’onni 
o’qishni o’rgatish, har bir musulmon 
uchun zarur bo’lgan asosiy 
vazifalarni bildirish bilan 
cheklanardi.SHahar maktablarida 
diniy ta’limdan tashqari, umumiy 
ta’lim elementlari – yozish va 
hisoblash yo’llari 
o’rgatilardi.SHahar maktablarida 
o’quvchilar soni 20-30 taga qishloq 
joylarida esa 10-15 taga yetar edi. 
O’qishga 6 yoshdan qabul qilinib, 


o’zlashtirishga qarab 17-18 
yoshlarigacha davom etardi. 
Maktabda avval «Haftiyak», keyin 
«Qur’on» yod olinar, so’ng «CHor 
kitob»ga o’tilardi.«CHor kitob» 4 
bo’limdan iborat bo’lib, 1-bo’lim – 
haq-xudoning nomlari 
tushuntirilardi, din qoidalari, 
tahorat, namoz bayon etiladi, 
ikkinchisida bidon-e’tiqodni anglash, 
uchinchi bo’limda kalomi nabi-
rivoyatlar bahs etilgan. SHuningdek, 
xalq orasida mashhur shoirlarning 
she’r va g’azallari o’qitilar edi. 
Odatda, bunday maktablarning 
o’quvchilari badavlat oilalarning 
bolalari bo’lar edi. Ular o’qishni 
tamomlab, olgan bilimlarini 
savdo-sotiq ishlarida, 
hunarmandchilik ustaxonalarida 
qo’llar edilar, ba’zilari qo’shimcha 


ta’lim olib, xattotlik kasbi bilan 
shug’ullanar, ba’zilari madrasaga 
kirib o’qishni davom 
ettirardilar.Oliy diniy maktab 
bo’lgan madrasada o’rta asrga 
oid diniy falsafa va musulmon 
huquqlari, arab tilining 
grammatikasi va mantiq 
ilmlaridan dars o’tilardi. Uning 
o’quv rejalari vaqt va sharoitga 
qarab o’zgarib turgan. Masalan: XV 
asrning 30-40 yillarida 
Samarqand va Hirot 
madrasalarida dunyoviy 
bilimlar: matematika, astronomiya, 
musiqa kabi fanlar ham o’qitilgan. 
Madrasa uch bo’limdan iborat 
bo’lgan: birinchi bo’limda musulmon 
diniy aqidalari bayon qilingan 
kitob – arab tili va qonunchilik 
o’rgatilar edi. Bu bo’lim talabasi 


9-10 yil o’qigan.Ikkinchi 
bo’limda qonunchilik, ilohiyot, 
(qonunchilik), mushkulot, mantiq, 
arab tili grammatikasi, notiqlik 
mahorati kalom o’qitilgan. Unda 7-
8 yil o’qishgan.Uchinchi bo’limda 
ilohiyot, qonunchilik, kalom 
o’qitilgan. Qonunchilik kursida 
geografiya va arifmetikadan ba’zi 
ma’lumotlar berilgan. Madrasani 
tamomlab chiqqanlar imomlik bilan 
shug’ullanish va qozixonalarda 
ishlash huquqiga ega bo’lar edi. 
Maktab va madrasalarda asosan 
o’g’il bolalar o’qitilar edi. 
SHaharlardagi diniy maktablarda 
ba’zi domlalarning xotinlari – 
otinoyilar qizlarni ham o’qitish 
bilan shug’ullanar edilar. Maktab 
va madrasalarda dars o’zbek, 
arab va fors-tojik tillarida olib 


borilardi.Musulmon maktablarida 
ta’lim tizimi 5 toifaga bo’lingan 
edi.Quyi maktab – bu 
maktablarda o’g’il bolalarga 
savod o’rgatishgan (4 yil).Xalilxona 
maktabi – (namoz) yod oldirib 
o’rgatilgan.Qorixona - Qur’on yod 
olingan.Madrasa.Maktab internat – 
o’rta madrasa. Bu maktabda ham 
diniy, ham dunyoviy fanlar o’qitilib, 
o’rta ma’lumot berilgan.Markaziy 
Osiyo Rossiya tomonidan bosib 
olingandan keyin maktab va 
madrasalarda ba’zi o’zgarishlar 
yuz berdi. Musulmon maktablari 
uchun bosmaxonaga chop qilingan 
darsliklar paydo bo’ldi. Qozondan 
bosmaxonada nashr qilingan qur’on 
va haftiyaklar, Hindiston va 
Erondan shoirlarning litografiyada 
chop qilingan to’plamlari keltirildi, 


Toshkentning o’zida ham maktablar 
uchun darsliklarni litografiya 
usulida nashr qilish yo’lga 
qo’yildi.Mustamlaka ma’muriyati 
mashg’ulotlar o’rta asr tartibida 
olib borilayotgan musulmon 
maktablarining ishiga aralashmas 
edilar. Ammo maktablarda rus 
tilini o’qitishni rag’batlantiruvchi 
choralar ko’rishga ham harakat 
qilinardi. Natijada, mahalliy 
yoshlar rus tilini o’rganishga 
ko’proq e’tibor bera boshladilar. 
XX asr boshlarida esa 
madrasalarda rus tilini o’qitish 
joriy qilinsin, degan ko’rsatmaga 
binoan 1913-1917 yillarda ba’zi 
madrasalarda rus tilini o’qitish 
joriy qilindi.Eski maktablarda ham 
ba’zi o’zgarishlar sodir bo’ldi. Rus 
tuzem maktablari hamda yangi xil 


maktablarning ta’siri ostida ba’zi 
eski usul maktablarda birmuncha 
yangiliklar joriy qilindi, - 
litografiyada bosilgan alifbelar 
yordamida tovush metodi asosida 
savod o’rgatish joriy qilindi, 
qizlarga o’qishni o’rgatish bilan 
birga yozishni ham o’rgatishga 
kirishildi. Bu yangiliklarga ko’ra 
o’zbek maktablari hayotida katta 
siljish ro’y berdi.XX asr boshlariga 
kelib, Turkiston o’lkasidagi yirik 
markaziy shaharlarda oliy ta’lim 
maskani hisoblangan quyidagi 
madrasalar:Buxoroda – 80, 
Qo’qonda – 40, Samarqandda – 22, 
Marg’ilonda – 28, Toshkentda -17, 
%evaREonligidaR, Xeva xonligida 
– 130 mavjud bo’lib, ularda 400 
dan 5000 tagacha talaba tahsil 
olar edi.1906 yilga kelib, birgina 


Samarqand viloyatining o’zida 1510 
ta musulmon maktabi bor edi, 
ularda 1482 o’qituvchi 12740 
talabaga saboq bergan.Umuman 
olganda Turkiston o’lkasida 1905-
1906 yillarda 5290 ta maktab 
bo’lib, ularda 70955 talaba ta’lim 
olgan.Bu davrga kelib mahalliy 
fuqaro bolalaridan ilmli kishilar 
tayyorlash maqsadida Xeva xoni 
Sayid Muhammad Rahimxon 
Bahodirxoni soniy – Feruz (1844-1910 
y.) katta ishlarni amalga oshirdi. 
Bevosita uning tashabbusi bilan 1884 
yili o’z saroyida maktab ochilib, bu 
maktabda rus o’qituvchisi va 
Mirzo. Rahmonquli qori kabi 
mahoratli ta’lim-tarbiya ustalari 
yoshlarga bilim berish ishi bilan 
shug’ullandilar. 

Download 118,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish