XIX asrning II-yarmi va XX asr
bоshlarida tarbiya va pеdagоgik
fikrlar.
Reja:
1. Turkistоn o’lkasida islоm diniy-
tarbiyaviy muassasalarning
an’anaviy tizimi.
2. Turkistоnda chоrizm maktab
siyosatining bоshlanishi.
3. Turkistоnda jadidchilik harakati,
yangi usul maktablarining paydо
bulishi.
4. Ismоil G’aspirali faоliyati
.
Markaziy Osiyoda XIX asrning
ikkinchi yarmi va XX asr
boshlarida ta’lim-tarbiya va
pedagogik fikr.Markaziy Osiyo
zaminida Temuriylar hukmronligi
inqirozga yuz tutgandan keyin, bu
o’lkani qo’lga kiritish uchun
jahonning ko’pgina mamlakatlari
harakat qildilar. Ana shulardan
biri chor Rossiyasi edi.Markaziy
Osiyoni Rossiyaga qaram qilish
g’oyasi Petr 1 dan boshlanib, uning
vafotidan so’ng YEkaterina
hukumati tomonidan davom
ettirildi. Nikolay II taxtga
o’tirgach, tezlik bilan Markaziy
Osiyoni o’ziga bo’ysundirishga
intildi.Rossiyaning bosqinchilik yurishi
XIX asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri
keladi. CHunki bu davrda sobiq
imperiya o’rnida 3 ta xonlik –
Buxoro amirligi, Xiva hamda
Qo’qon xonliklari bo’lib, bular
o’rtasida nizo kuchaygan edi.
Bundan foydalangan chor
hukumati o’zining yovuz niyatlarini
amalga oshirishga kirishib dastlab
Qozog’istonni o’zlariga tobe
qildilar. So’ngra Qozog’iston orqali
1864 yilda Turkmaniston, CHimkent,
Avliyo otani, 1865 yilda Toshkentni
zabt etdilar. 1867 yilda YEttisuv
viloyati, 1868 yilda Samarqand,
1876 yilda Farg’ona viloyati Rossiya
qo’liga o’tdi.1876 yil 19 fevralda
podsho Aleksandr II Qo’qon xonligi
tugatilganligi to’g’risida buyruqqa
imzo chekdi. 1885 yilga kelib
Markaziy Osiyoning hamma yerlari
Russiya tasarrufiga o’tdi va
o’lkada Turkiston general
gubernatorligi tashkil
etiladi.Markaziy Osiyo mustamlaka
davlatiga aylantirilgach, chor
hukumati mustamlakachilik
siyosatini yurgizdi, bu siyosatga
qarshi ko’tarilgan xalq
qo’zg’olonlarini esa ayovsiz bostirdi.
U Markaziy Osiyo xududida
istiqomat qiluvchi turli xalqlarni
bir-biriga qarshi qo’yish bilan ular
o’rtasida kurashni avj oldirdi.
CHor hukumati xalqimizning milliy
madaniyatiga va uning rivojiga
tish-tirnog’i bilan qarshilik qildi
milliy zulmni kuchaytirdi. Bu zulm
birinchi navbatda madaniyat, fan,
san’at, ijtimoiy va pedagogik fikr,
turmush tarziga ham o’z ta’sirini
ko’rsatdi. Xalq o’zining milliy
merosi, qadriyati va g’ururidan
mahrum bo’la boshladi. Turkiston
general gubernatori fon Kaufman
imperatorga yo’llagan bir
maktubida Markaziy Osiyo
xalqlarining madaniy-ijtimoiy
taraqqiyoti uch yuz yil orqaga
surib yuborilganini maqtanib yozgan
edi. Inqilobdan oldin masjid va
madrasalardagi kitoblar, noyob
qo’llanmalar yondirib tashlandi,
bir qismi Peterburgga olib ketildi.
Bunday hatti-harakatlardan
g’azablangan Abdurauf Fitrat
xalqqa qarata: «Ey ulug’ Turon,
arslonlar o’lkasi! Senga ne bo’ldi?
Holing qalaydur! Ey Temurlarning,
O’g’uzlarning oilalarining shonli
bolalari! Qulliq chuqurlariga
nedan tushding!» qabilidagi
jangovar shiorlari bilan xitob
qilgandi.O’lkada yuz bergan bu
voqiliklar ilg’or ziyolilarning
faoliyatida ham o’z ifodasini topdi.
Ular o’lkada chor ma’murlari
qo’llagan jabr-zulmlariga
qaramay ilm-fan va
madaniyatning umumiy rivojiga o’z
hissalarini qo’shdilar. Ular
o’zlaridan oldin o’tgan ulug’
mutafakkirlarning insonparvarlik,
pedagogik fikr, g’oyalarini davom
ettirdilar. Buni Anbar otin, Ahmad
donish, Mahmudxo’ja Behbudiy,
Abdurauf Fitrat, Furqat, Muqimiy,
Avaz O’tar, Zavqiy, Saidahmad
Siddiqiylarning ijodida ko’rish
mumkin. Turkiston o’lkasida diniy-
islomiy tarbiyaviy muassasalar va
pedagogik fikr taraqqiyoti.XIX
asrning o’rtalarida Turkiston
o’lkasida boshlang’ich ma’lumot
beradigan maktab hamda o’rta va
oliy diniy ta’lim beradigan
madrasalar mavjud edi.
Maktablarning aksariyati, shu
jumladan, qishloq maktablarining
ko’pchiligi diniy ta’lim beruvchi eng
oddiy boshlang’ich maktablar edi.
Bu maktabda machitlarning
imomlari, savodxon mullalar
dars berardilar. Bunday
maktablarda o’qitish eng oddiy
diniy vazifalarni o’rgatish bilan,
ya’ni arab tilida yozilgan Qur’onni
o’qishni o’rgatish, har bir musulmon
uchun zarur bo’lgan asosiy
vazifalarni bildirish bilan
cheklanardi.SHahar maktablarida
diniy ta’limdan tashqari, umumiy
ta’lim elementlari – yozish va
hisoblash yo’llari
o’rgatilardi.SHahar maktablarida
o’quvchilar soni 20-30 taga qishloq
joylarida esa 10-15 taga yetar edi.
O’qishga 6 yoshdan qabul qilinib,
o’zlashtirishga qarab 17-18
yoshlarigacha davom etardi.
Maktabda avval «Haftiyak», keyin
«Qur’on» yod olinar, so’ng «CHor
kitob»ga o’tilardi.«CHor kitob» 4
bo’limdan iborat bo’lib, 1-bo’lim –
haq-xudoning nomlari
tushuntirilardi, din qoidalari,
tahorat, namoz bayon etiladi,
ikkinchisida bidon-e’tiqodni anglash,
uchinchi bo’limda kalomi nabi-
rivoyatlar bahs etilgan. SHuningdek,
xalq orasida mashhur shoirlarning
she’r va g’azallari o’qitilar edi.
Odatda, bunday maktablarning
o’quvchilari badavlat oilalarning
bolalari bo’lar edi. Ular o’qishni
tamomlab, olgan bilimlarini
savdo-sotiq ishlarida,
hunarmandchilik ustaxonalarida
qo’llar edilar, ba’zilari qo’shimcha
ta’lim olib, xattotlik kasbi bilan
shug’ullanar, ba’zilari madrasaga
kirib o’qishni davom
ettirardilar.Oliy diniy maktab
bo’lgan madrasada o’rta asrga
oid diniy falsafa va musulmon
huquqlari, arab tilining
grammatikasi va mantiq
ilmlaridan dars o’tilardi. Uning
o’quv rejalari vaqt va sharoitga
qarab o’zgarib turgan. Masalan: XV
asrning 30-40 yillarida
Samarqand va Hirot
madrasalarida dunyoviy
bilimlar: matematika, astronomiya,
musiqa kabi fanlar ham o’qitilgan.
Madrasa uch bo’limdan iborat
bo’lgan: birinchi bo’limda musulmon
diniy aqidalari bayon qilingan
kitob – arab tili va qonunchilik
o’rgatilar edi. Bu bo’lim talabasi
9-10 yil o’qigan.Ikkinchi
bo’limda qonunchilik, ilohiyot,
(qonunchilik), mushkulot, mantiq,
arab tili grammatikasi, notiqlik
mahorati kalom o’qitilgan. Unda 7-
8 yil o’qishgan.Uchinchi bo’limda
ilohiyot, qonunchilik, kalom
o’qitilgan. Qonunchilik kursida
geografiya va arifmetikadan ba’zi
ma’lumotlar berilgan. Madrasani
tamomlab chiqqanlar imomlik bilan
shug’ullanish va qozixonalarda
ishlash huquqiga ega bo’lar edi.
Maktab va madrasalarda asosan
o’g’il bolalar o’qitilar edi.
SHaharlardagi diniy maktablarda
ba’zi domlalarning xotinlari –
otinoyilar qizlarni ham o’qitish
bilan shug’ullanar edilar. Maktab
va madrasalarda dars o’zbek,
arab va fors-tojik tillarida olib
borilardi.Musulmon maktablarida
ta’lim tizimi 5 toifaga bo’lingan
edi.Quyi maktab – bu
maktablarda o’g’il bolalarga
savod o’rgatishgan (4 yil).Xalilxona
maktabi – (namoz) yod oldirib
o’rgatilgan.Qorixona - Qur’on yod
olingan.Madrasa.Maktab internat –
o’rta madrasa. Bu maktabda ham
diniy, ham dunyoviy fanlar o’qitilib,
o’rta ma’lumot berilgan.Markaziy
Osiyo Rossiya tomonidan bosib
olingandan keyin maktab va
madrasalarda ba’zi o’zgarishlar
yuz berdi. Musulmon maktablari
uchun bosmaxonaga chop qilingan
darsliklar paydo bo’ldi. Qozondan
bosmaxonada nashr qilingan qur’on
va haftiyaklar, Hindiston va
Erondan shoirlarning litografiyada
chop qilingan to’plamlari keltirildi,
Toshkentning o’zida ham maktablar
uchun darsliklarni litografiya
usulida nashr qilish yo’lga
qo’yildi.Mustamlaka ma’muriyati
mashg’ulotlar o’rta asr tartibida
olib borilayotgan musulmon
maktablarining ishiga aralashmas
edilar. Ammo maktablarda rus
tilini o’qitishni rag’batlantiruvchi
choralar ko’rishga ham harakat
qilinardi. Natijada, mahalliy
yoshlar rus tilini o’rganishga
ko’proq e’tibor bera boshladilar.
XX asr boshlarida esa
madrasalarda rus tilini o’qitish
joriy qilinsin, degan ko’rsatmaga
binoan 1913-1917 yillarda ba’zi
madrasalarda rus tilini o’qitish
joriy qilindi.Eski maktablarda ham
ba’zi o’zgarishlar sodir bo’ldi. Rus
tuzem maktablari hamda yangi xil
maktablarning ta’siri ostida ba’zi
eski usul maktablarda birmuncha
yangiliklar joriy qilindi, -
litografiyada bosilgan alifbelar
yordamida tovush metodi asosida
savod o’rgatish joriy qilindi,
qizlarga o’qishni o’rgatish bilan
birga yozishni ham o’rgatishga
kirishildi. Bu yangiliklarga ko’ra
o’zbek maktablari hayotida katta
siljish ro’y berdi.XX asr boshlariga
kelib, Turkiston o’lkasidagi yirik
markaziy shaharlarda oliy ta’lim
maskani hisoblangan quyidagi
madrasalar:Buxoroda – 80,
Qo’qonda – 40, Samarqandda – 22,
Marg’ilonda – 28, Toshkentda -17,
%evaREonligidaR, Xeva xonligida
– 130 mavjud bo’lib, ularda 400
dan 5000 tagacha talaba tahsil
olar edi.1906 yilga kelib, birgina
Samarqand viloyatining o’zida 1510
ta musulmon maktabi bor edi,
ularda 1482 o’qituvchi 12740
talabaga saboq bergan.Umuman
olganda Turkiston o’lkasida 1905-
1906 yillarda 5290 ta maktab
bo’lib, ularda 70955 talaba ta’lim
olgan.Bu davrga kelib mahalliy
fuqaro bolalaridan ilmli kishilar
tayyorlash maqsadida Xeva xoni
Sayid Muhammad Rahimxon
Bahodirxoni soniy – Feruz (1844-1910
y.) katta ishlarni amalga oshirdi.
Bevosita uning tashabbusi bilan 1884
yili o’z saroyida maktab ochilib, bu
maktabda rus o’qituvchisi va
Mirzo. Rahmonquli qori kabi
mahoratli ta’lim-tarbiya ustalari
yoshlarga bilim berish ishi bilan
shug’ullandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |