Reja: Turizm menejmentida boshqarish usullarining mohiyati Liderlik tushunchasi va uning mazmuniga bo’lgan turli yondashuvlar


Rahbarning liderlik ko’nikmalarini rivojlantirish yo’nalishlari



Download 44,32 Kb.
bet9/9
Sana28.04.2020
Hajmi44,32 Kb.
#47694
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15mav(1)

Rahbarning liderlik ko’nikmalarini rivojlantirish yo’nalishlari.

Oxirgi yillarda yangi avlod rahbar kadrlarini tayyorlash ko’pchilik kompaniyalar uchun asosiy muammolardan biri hisoblanadi. 1990 yillarning o’rtalarigacha globallashuv ta’sirida kompaniyalar va ularning rahbariyati asosiy e’tiborini diverosifkasiyalashgan faoliyat va mavjud tajribali mutaxassislarga qaratdi. Bunda menejerlarning “yangi oqimi”ni tayyorlash e’tibordan chetda qolib, bu masala kadrlar bo’limiga yuklatib qo’yildi. Menejerlarni tarbiyalashga umuman ahamiyat berilmadi.

2000 yillarda axborot texnologiyalari sohasidagi rivojlanish va demokratik holat tashqi muhitni o’zgartirib yubordi, yangi rahbarlarda texnik ko’nikmalar va liderlik qobiliyatlarning yetishmayotganligi aniq bo’lib qoldi. Lider qobiliyatlari, salohiyati yetishmayotgan rahbariyat korxona raqobatbardoshligi salbiy ta’sir eta boshladi. Rahbar kadrlarni qidirish, yollash, chetdan taklif etish yoki qayta tayyorlash kerakli samara bermadi. Bir necha yil oldin vaziyat ijobiy tomonga o’zgardi, endi yuqori boshqaruv trener, tarbiyachi, hikoyachi rolida ham chiqa boshladi.

Bunda liderlik salohiyatini oshirish san’atini uni bevosita qo’llash sharoitida o’rganish qo’layroq. Yangi liderlarni tashqi treninglarda emas, balki korxona ichida o’qitish menejerlarga liderlikning amaliy ahamiyatini va namoyon bo’lishini o’z ko’zi bilan ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bundan tashqari liderning faoliyatini bevosita o’rganish amaliy jihatdan kuchli ta’sir vositasi hisoblanadi.

Ikkinchidan, liderlik bo’yicha mashg’ulotlarni kompaniyada hurmat va obro’ga ega xodimlar berishi bilimlarni yaxshi qabul qilishga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda liderlikni liderlardan o’rganish kerak, bu kadrlarga kompaniya qadriyatlari, boshqaruv tamoyillarini o’zlashtirishga imkon beradi. Bu mezonlar yig’idisi o’z aksini “hikoya qiluvchi” (inglizcha “telling”) uslubiyatida topgan. Bu uslubiyatga asosan ta’lim olayotgan menejerlar kelajakda kompaniyani boshqaruvchi rahbar darajasiga yetishi uchun zarur tajribaga ega bo’lishadi.

“Hikoyachi” uslubiyati kompaniya rahbarining 10 daqiqalik tabrik nutqi bo’lmay, balki mashaqqatli va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Uning samaradorligi quyidagi tamoyillar bilan belgilanadi:

1. Aniq yo’nalishga ega bo’lish va kompaniyaning strategik vazifalari bilan bog’liqlik liderning strategik va tashkiliy salohiyatini oshirishga imkoniyat beradi. Bunda to’plangan tajribaning korxona joriy vazifalari bilan aloqasini ta’minlash lozim. Hikoyachi bu holda kompaniya tarixi, o’z hayoti tajribalaridan misollar keltiradi.

2. Hikoyaning tinglovchilar darajasi va mavqyeiga mosligi. Mashg’ulot rahbari (hikoyachi)ga o’z hikoyasini tinglovchilar liderlikning egallab turgan saviyasiga mos tajribalar asosida olib borishi kerak.

3. Hikoyachining (avtoriteti) obro’si. Hikoyachi yuqori martabaga, namuna uchun arziydigan shaxs bo’lishi bilan birga a tinglovchilarni o’ziga qarata olishi, hurmatga sazovor bo’lishi, notiqlik mahoratigni egallagan, “talabalar” uchun “professor” bo’lishi lozim. Faqat shu holdagina hikoya bo’lg’usi liderlar tomonidan to’g’ri qabul qilinadi va samarali bo’ladi.

4. Dramaga asoslangan element. Hikoya tinglovchilarning diqqatini jalb etishi lozim. Buning uchun murakkab chaqiriq, dramatik element bo’lishi kerak. Drama murakkab qaror qabul qilish va rahbar tajribasidagi mashaqqatli tanlov doirasida shakllantiriladi.

5. Yuqori darajadagi idrok etish qiymatiga ega bo’lishi. Hikoya ta’lim olishni rag’batlantirishi va tinglovchi hulq-atvori, madaniyatini o’zgartirishi lozim.

“Yangi liderlar”ni tayyorlash dasturida hikoyachi uslubiyati. Hikoyachi uslubiyati yangi liderlarni tayyorlashning samarali vositasi bo’lishi uchun barcha tomonlarning mashaqqatli harakatlari va manfaatdorligi bo’lishi lozim. Buning uchun kompaniyadan quyidagi harkatlar amalga oshirish talab etiladi:

- boshqaruv apparatini faol ishtirok etishini ta’minlash. Bu dasturning muvaffaqiyati boshqaruv apparatining “liderlarni shakllantirish”da faol ishtirok etish bilan belgilanadi;

- rahbar sifatini belgilovchi umumiy talablarni ishlab chiqish. Dasturning samaradorligi kompaniyani boshqarishga yagona yondashuv mavjudligi bilan belgilanadi;

- mavjud alternativ yechimlarni o’rganish. Menejerlarni tayyorlashda hikoyachi usuli bilan birga yoki alohida boshqa usullar ham qo’llanilishda mumkin: tarkibiy kouching (suhbat), amaliy mashg’lotlar, universitet dasturlari va kompleks testlar.

- dastur uchun “hikoyachilar” guruhini tanlab olish. Guruhga bu dastur qiziqish bildirgan rahbarlar, kadrlar xizmati rahbarlari hamda yuqori bug’in menejerlarini tayyorlash tajribasiga ega mutaxassislar kiritiladi.

- ishtirokchilar va hikoyachilarni tayyorlash. Himoyalar o’zining ta’lim maqsadiga erishishi uchun ularni turish, tayyorlash va repetisiyasiga mutaxassislarni jalb etish kerak. Tinglovchilarni saralab olish, bunda ular dastur maqsadlari va dialogdagi o’z vazifalari haqida aniq axborotga ega bo’lishlari lozim;

- dialog, reaksiya va harakatlarni rag’batlantiruvchi mavzularni tanlab olish kerak. Hikoyachidan boshqaruv jihatlari haqida samimiy hikoya qilish talab etiladi.

Hikoya minbardan turib ma’ruza qilish emas, balki munozaraga undash shaklida bo’lishi muhimdir. Hikoya 30 daqiqa atrofida davom etishi, so’ngra boshqaruv muammosi tahlil qilinishi lozim. Munozaradan keyin har bir tinglovchi boshqaruvning turli muammolariga bag’ishlangan oldindan tayyorlangan g’oyalarini taklif etadilar, liderlik salohiyatini rivojlantirish bo’yicha tadbirlar rejasini tuzadilar.

Hikoyachi usuli - liderlik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona usul emas va u menejerlikning boshqa texnik hamda vositalari bilan birga ham qo’llanishilishi mumkin. Shu bilan birga hikoyachi usuli joriy o’n yillikning eng muhim usullaridan biri sifatida oddiy menejerlarni emas, balki aynan liderlarni tayyorlashi diqqatga sazovordir. Bu usulni O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarda liderlarni tayyorlashda qo’llash yuqori samara beradi.



Samarali boshqaruv kompaniyaning barcha darajalarida amalga oshirilishi kerak, shu sababli kelajakni ko’ra biluvchi menejerlar kompaniyaning oltin zahirasini tashkil etadi. Aynan ular kompaniyaning strategik jihatdan eng muhim kapitali hisoblanadi. Ular bo’lg’usi rahbarlarni tayyorlashda ham asosiy urin egalaydi.

1 Альтманн Г.Х. Звезднпе часы лидерства. Лучшие стратегии управления в мировой историй.- Пер. с. Немец.- М.: А.Ю. «Интер экспорт”, 1999- 272 с.

2 Макиавелли Н.Государь М.: Планета, 1990 –178 с.

3 Тинч Н., Диванна М.А.. Лидеры реорганизации (из опыта американских корпораций) Перс. Анг. М.: Экономика, 1990 – 204 с.

4 Зуб А.Т., Смирнов С.Г. Лидерство в менеджменте ЗАО “Принт- Антелье”, М.: 1999-212 с

5 Нив Г.Р. Пространство доктора Деминга- Книга 1 - Перс.с. анг. //Тольятти: 1998-332 с.

6 Эллиот Жан. Лидерство в менеджменте: ключ к хороший организации. Хростоматия “Управления обучением // AAThe Open University. МИМ “ЛЧНК” 1994

7 Адлер Ю. Должка ли страна быть бедной?// Тольятти: П.П. “Современник”, 1998-112 с.

8 Мескон М., Алберт М. Основы менеджмента: Перс. англ. // Дело М., 1998- 542 с.

9 Виханский О.С. Менджмент . 3-е изд.М: «Гардана», 1988-420 с.


10 Синге П. Пятая дисциплина: искусство и практика самообучающийся организации//Пер.с англ- М.: ЗАО “Олимп- Бизнес”, 1999- 406 с.

11 Стомеренко Л.Д. Психология делового общения и управления. – “Учебники ХХI века”, Ростов на Дону: “Феникс” 2001-512 с.

Download 44,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish