Reja: Tuproqlarni pedsidsidlar va ayrozonlar bilan ifloslanishi



Download 4,31 Mb.
bet13/15
Sana24.06.2022
Hajmi4,31 Mb.
#698284
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Tuproqlarni pedsidsidlar va ayrozonlar bilan ifloslanishi. орол ва тупроқ

Lorens Markel, AQSHning “Sentech” kompaniyasi (irrigatsiya texnologiyalari) vitse-prezidenti:
O‘zbekiston rahbariyati tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu anjuman yuqori saviyada tashkil etilgan. Konferensiyada Orol muammosini bartaraf etish bo‘yicha ko‘plab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, moliya institutlari, ekologiya muammolari bilan shug‘ullanadigan ilmiy markazlar vakillari bilan fikr almashish hamda mazkur muammoni hal etish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldik. Orolbo‘yidagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish masalalarini atroflicha tahlil qildik.
Konferensiya doirasida Mo‘ynoq tumanida bo‘lib, aholi turmush tarzi va mamlakatingiz rahbariyati tomonidan ular uchun yaratilgan shart-sharoit bilan tanishdik. U yerdagi shifoxonalarda aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani bizni nihoyatda quvontirdi. Orolbo‘yi aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar o‘z samarasini berayotganining guvohi bo‘ldik.
Kuni kecha Toshkentda ochilgan “Sof energiya. Energiyani tejash” mavzuidagi xalqaro ko‘rgazmada ham ishtirok etdik. Ta’kidlash joizki, Orol muammosini bartaraf etish yo‘lida suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Yurtingizda energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga katta e’tibor qaratilayotgani diqqatga sazovor. O‘zbekistonning bugun turli yo‘nalishlardagi nufuzli xalqaro konferensiyalar mezboniga aylangani mamlakatingiz iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlayotganidan dalolatdir.
Ben Sley, BMT Rivojlanish dasturining Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy markazi direktori:
Bugungi kunda Orol muammosining salbiy oqibatlari global ekologik muammoga aylandi. Shu bois Orol muammolari, ularning aholi genofondi, o‘simlik va hayvonot olamiga ta’siri hamda oqibatlarini yengillashtirish uchun xalqaro hamkorlik chora-tadbirlariga bag‘ishlangan mazkur xalqaro konferensiya nafaqat mintaqa davlatlari, balki dunyo mamlakatlari uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.
Mazkur konferensiyada mintaqadagi ekologik holatni yaxshilash, atrof muhitni muhofaza qilish, suv zaxiralaridan foydalanishning tejamkor usullarini ishlab chiqish, mintaqada yashayotgan aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash kabi qator muhim masalalar muhokama qilindi. Kelgusida ushbu muammoni bartaraf etish uchun xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga kelishib olindi.
Mo‘ynoq tumaniga borib, u yerdagi vaziyat bilan yaqindan tanishdik. O‘zbekistonda Orolbo‘yidagi ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish hamda aholi farovonligini oshirish borasida nihoyatda katta ishlar amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘ldik. Prezident Islom Karimov rahnamoligida Orol muammosining salbiy ta’sirini kamaytirishga, Orolbo‘yida ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga, mintaqa aholisi turmush tarzi va salomatligini yaxshilashga qaratilgan ko‘plab dasturlar va loyihalar amalga oshirilayotgani tahsinga loyiq.
Mamlakatingizga har gal kelganimda yurtingiz tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib, yanada go‘zallashganining guvohi bo‘laman. Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi qadimiy shaharlardagi ko‘plab diqqatga sazovor joylar, ayniqsa, tarixiy obidalar va me’moriy yodgorliklar menda nihoyatda katta taassurot qoldirgan. O‘zbekistonda izchil amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari – milliy va zamonaviy uslubni o‘zida mujassam etgan ko‘rkam inshootlar, ravon yo‘llar, go‘zal bog‘-rog‘lar har qanday xorijlikni maftun etadi. Xalqingizning mehmondo‘stligini, xushmuomalaligini va urf-odatlarini juda qadrlayman.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish