Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O‘simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog‘liq. O‘simliklarning bu sohadagi talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Oziqlanish har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o‘simliklarning ham o‘sish va rivojlanish asosidir. Tuproqdagi oziq moddalarni o‘zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o‘sayotgan sharoitga bog‘liq. O‘simliklarning ildizi orqali oziqlanishi faqat yerga solinayotgan o‘g‘itlarga emas, balki tuproq muhitiga, mikroorganizmlarning faoliyatiga, organik moddalarning chirishiga va tuproqning suv, havo hamda issiqlik rejimini yaxshilashga qaratilgan agrotexnik tadbirlarning qo‘llanishiga ham bog‘liqdir. - Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O‘simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog‘liq. O‘simliklarning bu sohadagi talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Oziqlanish har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o‘simliklarning ham o‘sish va rivojlanish asosidir. Tuproqdagi oziq moddalarni o‘zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o‘sayotgan sharoitga bog‘liq. O‘simliklarning ildizi orqali oziqlanishi faqat yerga solinayotgan o‘g‘itlarga emas, balki tuproq muhitiga, mikroorganizmlarning faoliyatiga, organik moddalarning chirishiga va tuproqning suv, havo hamda issiqlik rejimini yaxshilashga qaratilgan agrotexnik tadbirlarning qo‘llanishiga ham bog‘liqdir.
O‘simliklarning oziqlanishi 3 xilga bo‘linadi: avtotrof, mikrotrof va bakteriotrof usullar. Avtotrof oziqlanishda o‘simliklar tuproqdan suvda yerib oksidlangan mineral tuzlarni o‘zlashtiradi. Oziqlanishning bu usuli o‘simliklar uchun asosiy hisoblanadi. Mikrotrof oziqlanish mikoriza yordamida sodir bo‘ladi. O‘simliklarning bakteriyalar yordamida oziqlanishi bakteriotrof oziqlanish deyiladi. Azot tuproqdagi eng harakatchan va o‘simliklarning muhim oziq elementlaridan biri hisoblanadi. O‘simliklar ildizi tuproqdagi azotni muhim oziqlanish manbalaridan bo‘lgan nitratlar, (NO2, NO3 )dan va ammoniy tuzlari (NH4)dan o‘zlashtiradi. Organik moddalarning parchalanib, ammiak hosil qilish proqessi ammonifikaqiya deb ataladi. Ammiakning oksidlanib, nitrat va nitrat kislotalarga aylanish proqessinitrofikaqiya deyiladi. - O‘simliklarning oziqlanishi 3 xilga bo‘linadi: avtotrof, mikrotrof va bakteriotrof usullar. Avtotrof oziqlanishda o‘simliklar tuproqdan suvda yerib oksidlangan mineral tuzlarni o‘zlashtiradi. Oziqlanishning bu usuli o‘simliklar uchun asosiy hisoblanadi. Mikrotrof oziqlanish mikoriza yordamida sodir bo‘ladi. O‘simliklarning bakteriyalar yordamida oziqlanishi bakteriotrof oziqlanish deyiladi. Azot tuproqdagi eng harakatchan va o‘simliklarning muhim oziq elementlaridan biri hisoblanadi. O‘simliklar ildizi tuproqdagi azotni muhim oziqlanish manbalaridan bo‘lgan nitratlar, (NO2, NO3 )dan va ammoniy tuzlari (NH4)dan o‘zlashtiradi. Organik moddalarning parchalanib, ammiak hosil qilish proqessi ammonifikaqiya deb ataladi. Ammiakning oksidlanib, nitrat va nitrat kislotalarga aylanish proqessinitrofikaqiya deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |