2. TUPROQ MADANIYLIGI VA UNI YAXSHILASH TADBIRLARI.
Tuproq unumdorligi yerga oqilona ta’sir etganda yaxshilanib bora-di, noto’g’ri ishlov berilganda esa aksincha pasayib boradi.
Tuproq unumdorligi tabiiy va sun’iy turlarga bo’linadi.
Tabiiy unumdorlik tabiiy omillar ta’sirida paydo bo’ladi. Hali inson qo’li tegmagan bo’z yerlar tabiiy unumdorlikka ega. Bunday unumdor-lik tabiiy sharoit va tuproq paydo bo’lishi jarayonidagi omillarga hamda tuproqning organik va mineral tarkibiga, kimyoviy, biologik xossalariga bog’liq holda yuqori yoki past bo’lishi mumkin.
Sun’iy unumdorlik inson tomonidan yaratiladi. Dehqonchilikda qo’llaniladigan yerni ishlash, sug’orish, o’g’itlash, zaxini qochirish, sho’rini yuvish, almashlab ekish kabi agrotexnik tadbirlar su’niy unumdorlikni vujudga keltiradi. Ya’ni, inson fan va texnika yutuq-laridan foydalanib tuproqning tabiiy xossalarini o’zgartiradi. Sun’iy unumdorligi bo’lgan tuproqda ma’lum darajada tabiiy unumdorlik ham bo’ladi
Tuproq unumdorligi potentsial va samarali unumdorlikka ham bo’linadi. Potentsial unumdorlik tuproqdagi oziq elementlarining umu-miy miqdorini ko’rsatadi. Bunga o’simliklar o’zlashtira olmaydigan va oson o’zlashtira oladigan shakldagi oziq moddalarning barchasi kiradi. Samarali unumdorlik tuproqdagi o’simlik o’zlashtira oladigan oziq moddalar miqdori bilan belgilanadi.Tuproqqa ilmiy asosda ishlov berish, o’g’itlash, melioratsiyalash orqali tuproq xossalarini tubdan yaxshilash, zararli tuzlarni yuvish, ortiqcha suvni qochirish, namlik yetishmaganda sug’orish, ortiqcha ishqoriylik yoki kislotalikni bartaraf etish, eroziyani oldini olish va to’xtatish kabi tadbirlar potentsial unumdorlikni samarali unumdorlikka o’tishiga olib keladi.
2.O’simlikni o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan, zararli organizmlardan tozalangan tuproq madaniylashgan tuproq deyiladi. Tuproq biologik, agrokimyoviy va agrofizikaviy usullarda madaniylashtiriladi. Biologik usulga tuproqdagi organik moddalarni sintezlanishini boshqarish, almashlab ekish, bakterial o’g’itlarni qo’llash kabilar kiradi. Кimyoviy usulga ishqoriy tuproqlarga gips, kislotali tuproqlarga ohak solish, o’g’itlash kabilar kiradi. Agrofizi-kaviy usul bilan tuproqni madaniy holga keltirish deganda – yerlarni tekislash, ishlov berish, zovurlar yordamida sizot suvlarini sathini pasaytirish, ortiqcha suvlarni chiqarib yuborish va sho’r yuvish kabilar tushuniladi.
Tuproq madaniyligi biologik, kimyoviy va fizikaviy ko’rsatkichlar bilan baholanadi.
3. Haydalma qatlam tuzilishi va uning ahamiyati. Tuproqning qattiq fazasi va undagi bo’shliqlar hajmlarining nisbati haydalma qatlam tuzilishi deyiladi. Tuproqdagi g’ovaklarning diametri 1-2 mm dan kichiklarini kapi-lyar, undan kattalarini nokapillyar g’ovaklik deyiladi. Nokapillyar g’ovakliklardan suv faqat pastga harakat qiladi. Кapillyar g’ovakliklar ko’paysa, ya’ni tuproq zichlashsa suvning yuqoriga harakati tezlashadi. Кapillyar va nokapillyar g’ovakliklar nisbati 1:1 bo’lganda tuproqning suv, havo va oziq rejimi eng qulay bo’ladi. Tuproqning havo, suv, oziq va issiqlik rejimlari haydalma qatlam tuzilishiga bog’liq bo’ladi.
Tuproq uchta fazadan: qattiq, suyuq va havodan iborat.
Ma’lum bir tuzilishga ega bo’lgan quruq tuproq og’irligining u egallagan hajmga nisbati tuproqning hajmiy massasi deyiladi va g/sm3 da ifodalanadi. Bo’z tuproqlarning hajmiy massasi haydalma qatlamda 1,2-1,4 g/sm3 atrofida bo’ladi.
Ishlov berish yordamida haydalma qatlamga kerakli tuzilish beriladi. Turli o’simliklar tuproq zichligiga har xil talab qo’yadi. Кo’pgina o’simliklar tuproq zichligi 1,2-1,3 gr/sm3 bo’lganda yaxshi o’sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |