Avtotransformatorlar.
Avtotransformatorda birlamchi va ikkilamchi chulg`amlar elektr jihatdan
o`zaro bog`langan bo`lib, ikkilamchi chulg`am birlamchi chulg`amning bir qismini
tashkil etadi. Avtotransformatorlar bir fazali va uch fazali qilib ishlab chiqariladi.
Bir fazalilari laboratoriya avtotransformatorlari (LATR) tarzida keng qo`llaniladi.
(12-rasm, v). Uch fazaavtransformatorlarning quvvati bir fazalilarga qaraganda
katta bo`lib, chulg`amlari moyli bakka tushirilgan bo`ladi.
12-rasm
Avtotransformatorlar kuchlanish keng doirada o`zgartiriladigan joylarda
ishlatiladi. Ular kuchlanishni orttirib yoki pasaytirib beradi. 12-rasm, a va b da
kuchlanishni orttiruvchi va pasaytiruvchi avtotransformatorlarning sxemalari
berilgan.
Kuchlanishni orttirib beruvchi avtotransformatorning (12-rasm, a) sxemasidan
ko`rinadiki, birlamchi kuchlanish U1 avtotransformator chulg`amlarining bir
qismiga berilib, ikkilamchi kuchlanish U2 uning ikkala chulg`amidan olinmoqda.
Kuchlanishni pasaytirib beruvchi avtotranformatorda (12-rasm, a) birlamchi kuchlanish U1 (ikkala) butun chulg`amiga berilib, ikkilamchi kuchlanish U2 butun
chulg`amning bir qismidan olinmoqda.
Agar chulg`amning barcha o`ramlari O`1+O`2 , shoxoblangan o`ramlari O`2
bo`lsa, u holda orttiruvchi va pasaytiruvchi avtotransformatorlarning transformatsiya koeffitsientlari tegishlicha (orttiruvchi) va
(pasaytiruvchi) tarzda ifodalanadi
Ishlatilish sharoitiga qarab avtotransformatorlar transformatsiya koeffitsienti
o`zgaradigan qilib ham yasaladi (masalan, LATR).
Avtotransformatorlar o`zgaruvchan tok dvigatellarini ishga tushirishda teatr
binolarida yorug`lik kuchini o`zgartirishda; uy-ro`zg`or va laboratoriya ishlarida
keng qo`llaniladi.
O`lchash transformatorlari.
O`zgaruvchan tokning yuqori kuchlanishli zanjirlariga ulanadigan o`lchov
asboblarining o`lchash chegaralarini kengaytirish maqsadida kuchlanish va tok
transformatorlaridan foydalaniladi. Chunki bunday zanjirlarda o`lchash
chegaralarini qo`shimcha qarshilik shuntlar yordamida kengaytirish mumkin emas,
negaki o`lchash asboblarining chulg`amlari yuqori kuchlanish ostida bo`lib, undan
foydalanishda xizmat ko`rsatuvchi shaxs hayoti uchun katta xavf tug`iladi.
Yuqori kuchlanishli tarmoq va asbob-uskunalarni himoya qilish uchun turli
himoya relelaridan foydalaniladi. Ular ham tarmoqqa o`lchash asboblari kabi tok
va kuchlanish transformatorlari yordamida ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |