Reja; To'rtlamchi davr yotqiziqlarning tasnifi


Geologik Xaritalar Va Ularning Turlari



Download 71,91 Kb.
bet3/3
Sana01.06.2022
Hajmi71,91 Kb.
#629645
1   2   3
Bog'liq
TO\'RTLAMCHI DAVR YOTQIZIQLARNING

Geologik Xaritalar Va Ularning Turlari

Xaritalar geologik xaritalashni natijasi bo’libgina qolmay, u yig’ilgan geologik ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida ham tu-zilishi mumkin. Bu geologik kartalar orqali biz faqat Er yuzasi-ni emas, balki Erning ichki tuzilishi to’g’risida ham tasavvurlarga ega bo’lishimiz mumkin. Geologik kartalar yordamida biz Erning tuzi-lishi, rivojlanishi va foydali qazilma konlarini tarqalish qonuniyat-lari to’g’risida xulosalar chiqarishimiz mumkin.


Geologik xaritalarning miqyosi topografik xarita miqyosi asosida beriladi. Xarita miqyosi tasvirlanayotgan ob’ktning chiziqli o’lchami xaritada necha marta kichraytirilganligi darajasini bildiradi. Xarita miqyosi chiziqli va raqamli bo’ladi. Yirik miqyosli xaritalarda miqyosning har ikkila turi ham beriladi. Raqamli miqyos xaritaning ustki qismida, uning nomidan pastda joylashtirilgan bo’ladi. Chiziqli miqyos esa xaritadagi 1 sm masofaning necha metr yoki kilometrga to’g’ri kelishini ko’rsatadi va xarita romining ostki qismiga joylashtiriladi. Chiziqli miqyos xaritani erkin holda kattalashtirilganda yoki kichiraytirilganda masofa ko’lamini aniqlash uchun qo’laylik yaratadi.
Geologik xarita nomenklaturasi ham topografik xarita nomenklaturasi kabi bo’ladi. Xaritalar tuzishda Er shari yuzasini gorizontal tekislikka kartografik proeksiyalash usullaridan foydalaniladi.
Shartli belgilar yordamida tog’ jinslari va minerallar tarqali-shi tushirilgan birinchi karta 1644 yilda Fransiyalik Kulon tomonidan tuzilgan. 1684 yilda angliyalik Lister tog’ jinslarini ranglar bilan ajratishni taklif qilgan.
1743 yilda Angliyada Paks geologik xarita tuzib unda ko’p tarqalgan tog’ jinslari ranglar va harflar bilan belgilandi. Unda qo’llanilgan shartli belgilarning tavsiflari ilova qilingan. 1743 yilda fransuz Getter Fransiya, Angliya va Germaniyani geologik (o’sha paytda reognostik karta deb atalardi) xaritasi tuzdi. Unda har xil tog’ jinslari, rudalar va minerallar manbalari ko’rsatildi. 18-asrning o’rtalarida Rossiyada ham geologik karta tuzildi. Birinchi marta 1789-1794 yillarda Dorofey Lebedev va Mixail Ivanovlar tomonidan sharqiy Baykalni geologik xaritasi tuzildi. Unda 9 turdagi cho’kindi va o’zgargan jinslar ajratildi.
Hozirgi ko’rinishdagi geologik kartalar,ya’ni tarkibidagi toshga aylangan fauna va floralar orqali yoshi aniqlangan qatlamlar,ularni tarqalishi va qatlamliligi tushirilgan kartalar XIX asr boshlaridan chizila boshlangan.
Demak geologik kartalarda rang, harf, raqam va boshqa shartli belgilardan tashqari tog’ jinslarini yoshi, tarkibi, hosil bo’lishi, yotishi va tarqalish maydonlari ko’rsatilgan bo’ladi.
Tog’ jinslarining yoshi,tarkibi va hosil bo’lish sharoiti geologik kartalarda shartli belgilar bilan ko’rsatiladi. Bu shartli belgilar 3 xildir: 1) rangli, 2) shtrixli, 3) harf va raqamli (indekslar).
Rangli belgilar bilan cho’kindi, vulqonogen va metomorfik tog’ jinslarini yoshini ko’rsatishda foydalaniladi. Intruziv jins-larni belgilashda rang ularni tarkibini ko’rsatadi.
SHtrixli belgilar yordamida jinslarni tarkibi ko’rsatila-di. Bir xil rangli kartalarda shtrixlar bilan jinslarning yoshi va tarkibi ko’rsatiladi.
Harf va raqamli belgilar (indekslar) tog’ jinslarining yoshi va hosil bo’lishini belgilashda foydalaniladi. Intruziv va ba’zi vulqonogen jinslarni tarkibini belgilashda ham harf ishlatiladi.
Indeks asosan lotin xarflari bilan belgilanadi.Birinchi sistemani bosh harfi yoziladi. Uning bo’limi arab raqami bilan sis-tema indeksini pastki qismida ko’rsatiladi. Yaruslar ham kichik lo-tin harflari bilan belgilanadi.
sistemaning indeksi Yarus indeksi
bo’lim indeksi Yarus bo’limi indeksi
Ba’zan Yarusdan keyin har bir region uchun alohida bir yordamchi stratigrafik bo’lim ochishga to’g’ri keladi. Bu bo’lim svita deb ataladi. Svitalar o’z navbatida gorizontlarga, pachkalarga, qatlam-larga ham bo’linishi mumkin. Masalan: S1 V2 kz (qizil svitasi).
Intruziv jinslar ham har xil rang va indekslar bilan belgi-lanadi. Nordon jinslar - qizil, o’rta jinslar - to’q qizg’ish, ishqor-li jinslar - qizg’ish sariq, asosli jinslar - to’q yashil, o’ta asosli jinslar - to’q binafsha rangda ko’rsatiladi.
Intruziv jinslarni tarkibi ko’rsatilganda grek harfi bilan sistemani oldiga yoziladi. Masalan ( - granit) - S3 Yuqori karbon granitlari.
Effuziv jinslarni ko’rsatishda sistemani indeksi oldiga grek harfi bilan jinsni tarkibi yoziladi. Misol: K2 - bazaltli Yuqori bo’r qatlami.
Geologik kartalar har xil mazmunli va har xil maqsadga qaratilgan bo’ladi. Geologik xaritalarning quyidagi turlari mavjud: to’rtlamich davr yotqiziqlari xaritasi, geomorfologik, litologik, tektonik, gidrogeologik, muxandislik geologik, foydali qazilmalar, har xil mineral ma’dandarini bashoratlash xaritalari va xkz.
To’rtlamchi davr yotqiziqlari xaritasi. Bunday xaritalarda faqat to’rtlamchi davr yotqiziqlari genezisi, yoshi va tarkibi bo’yicha beriladi. To’rtlamchi davrgacha bo’lgan (korennie) jinslar bunday xaritalarda bir xil rang – binafsha rangda beriladi.
Litologo - geologik xaritalar. Bu kartalarda Er yuziga chiqqan jinslarni har-xil ranglar orqali yoshi, tarkibi esa chiziqlar bilan ko’rsatilgan bo’ladi.
Tektonik xaritalar. Bu kartalarda shartli belgilar orqali har-xil turdagi va yoshdagi strukturalarning yotish shakli (formasi) va hosil bo’lish vaqti va sharoti ko’rsatilgan bo’ladi. Ular umumiy (svodnie), regional va aniq (detalnie) tektonik xaritalarga bo’linadi. Tektonik xaritalarda strukturalar formasi 2 xil tarzda tasvirlanishi mumkin. 1. Izogipslar usuli. 2. CHiziqli usul.
Gidrogeologik xaritalar. Bunday xaritalarda tog’ jinslarining suv tashuvchanlik xossalari: ularning suvliligi, tarqalish sharoiti, yotishi, ximiyaviy xarakteristikalari va er osti suvlarining boshqa xosalari tasvirlanadi.
Geomorfologik xaritalar da esa er relefi va uning alohida elementlari rang va chiziqlar bilan ko’rsatilgan bo’ladi. Geomorfologik xarita tuzishda dala kuzatishlaridan tashqari, topografik xaritalardan, aerokosmosuratlardan hamda to’rtlamchi davr yotqiziqlari xaritasidan foydalaniladi.
Muxandislik geologik xaritalarda jinslarning fizik xossalari: g’ovakligi, o’tkazuvchanligi, qattiqlagi va boshqa xossalari, ya’ni biror hududning muxandislik geologik sharoitlari keltirilgan bo’ladi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan xaritalardan tashqari maxsus ixtisoslashgan xaritalar ham tuzilishi mumkin. Ular ma’lum bir aniq maqsadni ko’zlab yaratiladi. Bunday xaritalar jumlasiga muxandislik geologiyasi, paleotektonik, neotektonik, fasial, bashorat qilish va boshqa xaritalar kiradi.
Geologik kartalar masshtabiga qarab 5 turga bo’linadi: Obzorli, mayda miqyosli, o’rta miqyosli, yirik miqyosli va tafsiliy xaritalarga bo’linadi.
1. Umumiy (obzorli) xaritalar. Ularning masshtabi 1:1000000 va undan kichik bo’lib, bunday xaritalarda regionlar, davlatlar, kontinentlar va er sharining umumiy geologik tuzilishi aks etgan bo’ladi. 
2. Mayda masshtabli kartalar. Ularning masshtabi 1:500.000, 1:1.000.000 va undan ham mayda bo’ladi. Bu masshtabdagi kartalarda asosan katta maydonni o’z ichiga olgan regionlarning (davlatlar, materiklar, er shari) geologik tuzilishi va foydali qazilmalarning tarqalish qonuniyatlari ko’rsatilgan bo’ladi.
3. O’rta masshtabli kartalar. Masshtabi 1:100.000, 1:200.000. Bu kartalarda ikkinchi darajali aholi punktlari, yo’llar va h.k. tushirilmaydi. Bu kartalar yordamida asosan maydonlarni geologik tuzilishi o’rganiladi va foydali qazilma boyliklarini zahiralari baholanadi.
4. Yirik masshtabli kartalar. Masshtabi 1:50.000, 1:25.000. Bunday aniq topografiya asosida tuzilgan bo’lib, ularda rayonning nisbatan aniq geologik tuzilishi, Yangi konlarni ochishdagi imkoniyatlar ko’rsatilgan bo’ladi. Bundan tashqari bu masshtablardagi kartalar qishloq xo’jaligida, shaharlar, imoratlar, gidrostansiyalar qurilishida ishlatiladi.
5. Tafsiliy (aniq masshtabli) kartalar. Masshtabi 1:25000 va undan yirik Bular maxsus topografiya aossida tuziladi va rayonning aniq geologik tuzilishini, foydali qazilma konlari maydoni, zahiralarini hisoblashda va h.k. da ishlatiladi.

Adabiyotlar ro’yxati:


1. X.Chinniqulov, X.S. Xo’jaev va b., Strukturaviy geologiya va geologik xaritalash. T. 2007.
2. T.N.Dolimov, V.I.Troiskiy, «Evolyusion geologiya», Tashkent, Universitet, 2005.
3. E.X. Xolismatov, R.T. Zokirov, Strukturalar geologiyasi va geotektonik izlanishlar. O’kuv qo’llanma, TDTU. Toshkent, 2004.

  1. Mixaylov A.E. Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra, 1973.

5. M.A. Axmadjonov, Q.Q. Nabiev va b., Geologik xaritalash. «O’qituvchi», T. 1990
6. SH. Sultonmurodov. Stukturalar geologiyasi va xaritalash. Toshkent, Konstuktor. 1992.
7. Pavlinov, Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra. 1979, chast’ 1 i 1990 chast’ 2.
8. Sokratov G.I. Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra. 1979.
9. www.geologiya.ru
Download 71,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish