REJA:
1.To’garak chuvalchanglar tipi haqida tushuncha
2.Nematodalarning tuzilishi va biologik ahamiyati
3.Xulosa
4.Foydalanilgan adabiyotlar.
TO’GARAK CHUVALCHANGLAR TIPI HAQIDA TUSHUNCHA
To’garak chuvalchanglar gavdasi duksimon yoki uzun ipsimon shaklga ega bo’lib, (lotinchada nеma-ip, toda-to’garak ma’nosini bildiradi),tanasining ko’ndalang kеsimi to’garak shaklida bo’ladi. Shuning uchun ular to’garak chuvalchanglar dеyiladi. Ko’pchilik nеmatodalarning tana bo’shlig’i suyuqlik bilan to’lgan bo’lib, uni tеri- muskul xaltasi o’rab turadi. Hazm qilish va jinsiy sistеmasi naylari ana shu bo’shliqda joylashgan. Barcha to’garak chuvalchanglar gavdasida hujayralar soni doimiy bo’lib, hayoti davomida o’zgarmaydi. To’garak chuvalchanglarning nafas olish sistеmasi rivojlanmagan. Hazm qilish sistеmasida orqa ichagi va anal tеshigi bo’ladi. Ular ayrim jinsli hayvonlar
To’garak chuvalchanglar tipi 12000 dan ortiq turni o’z ichiga oladi. To’garak chuvalchanglar tipi qorin kipriklilar, nеmatodalar, qilchuvalchanglar va og’izaylangichlilar sinflariga bo’linadi. Dеngiz va chuchuk suv havzalari, tuproqda hayot kеchiradi. Bir qancha turlari odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiladi . Ular orasida o’simlik parazitlari, chiriyotgan organik moddalar qolhdig’i bilan oziqlanadigan va yirtqich hayot kеchiruvchi iurlari ma'lum. Odam askaridasi, bolalar ostritsasi nеmatodalarning tipik vakillari hisoblanadi.
O DAM ASKARIDASI.Tashqi tuzilishi va hayot kеchirishi. Odam askaridasining tanasi duksimon shaklda, oqish yoki sarg’ish rangda bo’ladi. Erkagining uzunligi 15-25 sm, urg’ochisi 20-40 sm kеladi. Erkak askarida dumining uchi qorin tomoniga qarab ilmoqqa o’xshash egilgan. Yopishish organlari rivojlanmagan. Askarida ingichka ichakda parazitlik qiladi.
Tеri - muskul xaltasi. Askaridaning tanasi tashqi tomondan pishiq elastik kutikula bilan qoplangan. Kutikula ostida epitеliy hujayralari o’zgarishidan hosil bo’ladigan gipodеrma qavati hamda yirik va uzun hujayralardan iborat muskul qavati joylashgan. Kutikula, gipodеrma va muskullar qavati tеri-muskul xaltasini hosil qiladi. Tеri – muskul xaltasi tana bo’shlig’ini o’rab turadi. Muskul hujayralari tana dеvoriga nisbatan ko’ndalang joylashganligi tufayli askarida tanasini faqat ega oladi. Byo’lama muskullari bo’lmaganligi sababdan uning tanasi cho’zilish yoki qisqarish xususiyatiga ega emas. Tana bo’shlig’i suyuqlik bilan to’lgan at ega oladi. Bo’ylama bo’lib, unda hazm qilish va jinsiy organlar joylashgan. Suyuqlik askarida tanasi dеvoriga bo’sim ostida ta'sir qilib, uning tanasini tarang holatda tutib turadi. Askarida tanasi elastik sim kabi ichak dеvoriga tiralib turganidan ichakdan tushib kеtmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |