Videokarta (lotincha — koʻrayapman va yun. saggeya — varaq) -kompyutertgi mos keluvchi qurilma boshqaruvida monitor ishini boshqaruvchi mikro-sxema. V. ichidagi xotirasi vidsoxo-tira deyiladi. Videoxotiranpng 2 turi mavjud: ichki (kompyuter tezkor xotirasiga oʻriatilgan v i deoxoti-ra) va gashqi (tezkor xotiraning tashqarisida joylashgan xotira). Tashqi turdagi videoxogira mukammalroq hisoblanadi.
Ba’zan bo’lsa ham zamonaviy kompyuter o’yinlarini o’ynaydigan har qanday foydalanuvchi o’yinli qo’shimchalarning qulayliklari to’laligicha grafik adapterlar mahsuldorligiga bog’liq bo’lishini biladi. Shu bilan birga shaxsiy kompyuter sotib olayotganda videokarta masalasiga kelganda ko’pincha foydalanuvchilarda ikkilanish paydo‘bo’ladi, qarama-qarshi fikrlar mahsuldor grafik adapter sotib olish istagidan aynitadi? «Mana qo’shnim GeForce FX5200 videokarta bilan o’zining kompyuterida «Need For Speed Underground» o’yinini o’ynaydiku, lekin hech qanday noroziligi yo’q …..- deb o’ylaydi xaridor, — demak u yaxshi, shuning uchun men ham ortiqcha ellik mingni sarflamayman». Shunday qilib. Avvaldan o’yinlar uchun mo’ljallangan shaxsiy kompyuer ofisga mo’ljallangan mashinaga o’xshab qoladi.
Eslatib o’taman, har doim ushbu kompyuterda qanday ishlar bajarilishini aniq esda tutish kerak va shundan kelib chiqib kompyuterni tuzilishini belgilash kerak — faqat shu yo’l bilan kerakli narxi/mahsuldorligi eng yaxshi nisbatlarga erishish mumkin. Bu maqolamizda biz zamonaviy grafik tezlatgichlarni o’rganib chiqishga va ular nimalarga qodir ekanliklarini tushunib olishga harakat qilamiz. Biz nVidia kompaniyasi GeForce 6 series va ATI kompaniyasining Radeon X series tezlatgichlari haqida gapiramiz.2004 yil yozida grafik tezlatgichlar bozorida mana shu sohada ikkita asosiy raqobatchilar hisoblangan kompaniyalar deyarli bir vaqtda yangi avlod chiplarini chiqardilar. Kaliforniyadagi nVidia kompaniyasi NV40 kodli nomi bilan, Kanadaning ATI firmasi esa R420 kodli nomi bilan grafik chiplarni taqdim etdilar.
Xalq orasida bu chiplar nVidia GeForce 6800 va ATI Radeon X800 nomlari bilan ma’lumdir. Avvalgi avlodlarining mahsuldorligi ancha sekin o’sib kelishi mazmunida bu yangi grafik prosessorlarning chiqishi haqiqiy keskin o’sish bo’ldi. Mahsuldorligi avvalgi avlodga nisbatan deyarli ikki barobarga ortdi va 3DMark 2003 natijalari bo’yicha birinchi bor 10000 «qushchalar» mahsuldorligiga erishildi. Bu yangi qurilmalarning imkoniyatlari eng zamonaviy 3D-o’yinlar uchun hatto‘tasvir sifatini maksimal darajada sozlaganda ham yetib ortadi.
Bu ikki kompaniyalar ichida ilg’orini ko’rsatishning (nVidia yoki ATI) hech ham iloji yo’q, bu ikki stakandagi suvlarni taqqoslash bilan barobardir. U yoki bu videokartalarga baho‘berishdan avval ularning umuman qandayligini bilish olish kerak. Umuman olganda videokarta — bu plata, prosessor, xotira va sovutish tizimidan tashkil topgan shaxsiy kompyuterning yaxlit bir grafik tizimidir. Aytish mumkinki, videokarta — bu shaxsiy kompyuterning platformasi bilan o’xshash tuzilishdagi alohida tizim, lekin u faqat grafik ma’lumotlarni ishlab chiqadi. Ushbu holatda GPU (Graphic Processor Unit) prosessor hisoblanadi. Grafik prosessorlar biz uchun odatiy bo’lgan markaziy mikroprosessorlardan farqli ravishda ancha oddiyroq yarim o’tkazgichli qurilma hisoblanadi. Zamonaviy GPU unchalik nozik bo’lmagan 110/130 nm texnologik jarayon bilan ishlab chiqarilmasa ham (GPU ishlab chiqaruvchi ulkan Intel va AMD kompaniyalari va boshqalar anchadan beri 90 nm ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalanadilar va yaqin orada 65 nm texnologik jarayonga o’tishlari kutilmoqda), kristallda tranzistorlar soni bo’yicha markaziy prosessorlardan hech ham qolishmaydilar.
Hamma videokartalar grafik chiplar uchun hech qanday raz’yomlar va slotlarga ega emaslar, GPU shundoq pechatli plataga to’g’ri yig’iladi. Albatta hozirgi kunda videokartalar sovutish sistemalari bilan ishlab chiqariladi. Eng ko’p issiqlikni GPU chiqaradi, lekin ba’zan yuqori mahsuldorxotiralar ham qo’shimcha sovutishni talab etadi. Xotira chiplariga passiv sovutish yetarli bo’ladi (issiqlikni radiator yordamida yo’qotish), lekin topologik grafik prosessorlar sifatli sovutishni talab etadi, chunki ularqittiq qizib ketadi. Odatda ana’naviy kullerdan foydalaniladi, lekin oxirgi paytlarda issiqlik trubkasi bilan radiatorlardan va hatto‘suyuqlikli sistemalardan ham foydalanilmoqda. Ish joyi kompyuterlari uchun sovutish sistemalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ko’plab kompaniyalar videokartalar uchun sovutish sistemalari hisobiga taklif etiladigan yechimlar sonini ancha kengaytirdilar.
Ona plata kabi videokarta platasi ham BIOS lardan iborat (Base Input Output System) o’zining doimiy xotirasiga ega.ona platada bo’lgani kabi uni ham proshiva? mumkin, ya’ni videokarta PZU sida BIOS bir versiyasini ikkinchisi bilan almashtirish mumkin. Platani quvvat manbaiga ulash ikki usul bilan amalga oshirilishi mumkin: interfeys shinasi orqali yoki qo’shimcha raz’yom orqali to’g’ridan-to’g’ri sistema quvvat blokidan.
Ikkinchi usulida karta katta quvvat sarflashi va interfeys shinasi orqali ulanish yetarli emsligi sababli foydalaniladi. Hayotda bunday vaziyat topologik grafik adapterlarning «muammosi» bo’lib qoldi, chunki qimmat va mahsuldor videokartani sotib olganda foydalanuvchi quvvat blokini yanada kuchlirog’iga almashtirishga majbur bo’ladi.Videokartani ona plataga ulash uchun va grafik adapter hamda sistemali plata o’rtasida ma’lumotlar uzatish uchun hozirgi paytda shinalar ikki protokolidan foydalanilmoqda.
Birinchi shina — AGP boshlang’ich 66 MGs taktli chastotada ishlaydi, o’tkazish qobiliyatini oshirish uchun uni koeffisientlarga ko’paytiriladi. AGP shinasini maksimalko’paytmasi 8X, ya’ni natija beruvchi chastotasi 533 MGsni tashkil etadi. Maksimal o’tkazish qobiliyati 2133 Mb/s tezlikka yetadi. AGP interfeysi (Accelerated Graphic Port) PCI interfeysi asosida ishlab chiqilgan. U deyarli o’n yillar davomida o’z o’rnini ushlab turibdi. Grafik akseleratorlarda yangi texnologiyani tadbiq etish bo’yicha ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobatchilik kurashi avval AGP davrida bo’lganidek keskin bo’lmagan. Lekin hech narsa abadiy emas, mana AGP shinasi ham eskirib qolib unga talab juda kam. AGP4x ona platalari va videokartalari endi deyarli ishlab chiqarilmayapti, chunki AGP4x porti o’tkazish qobiliyati adapterlar zamonaviy avlodi uchun yetarli emas. AGP8x shinasi ishlab chiqarilayotgan videoadapterlar orasida hali birinchi o’rinni egallab turgan bo’lsa ham uning hajmi keskin kamayib bormoqda.Hozirgi kunda dunyodagi ish joyi sistemalarining ko’pi aynan AGP interfeysiga ega, lekin uning rivojlanish imkoniyatlari nihoyasiga yetdi va uning o’rnini yangi PCI Express (PCI-E) shina egallamoqda, uning o’tkazish qobiliyati kanallar sonini oshirish yo’li bilan kengaytiriladi. PCI-E 16x interfeysi orqali ma’lumotlar uzatish tezligi 4Gb/s ni tashkil etadi. PCI Express shina orqali iste’mol qiladigan maksimal quvvati 75 Vt gacha oshirildi. Umuman PCI-E shinasi juda moslashuvchan, uning hamma kanallarini o’yin kartalari kabi aralashtirish mumkin.
Misol uchun videokartalarga ikki slot uchun 8 kanallar bo’yicha ikki taram bilan ajratish mumkin. Shunday qilib, PCI-E interfeysi bilan plataga ikkita videokartani o’rnatish mumkin. Umuman olganda hatto‘ikkita PCI-E videokartasidan parallel foydalanish texnologiyasini nVidia taqdim etdi ham va biz keyinchalik bu texnologiyaga qaytamiz, nihoyat videokarta o’zining operativ xotira sistemasiga ega. Xotira chiplari to’g’ridan-to’g’ri videoplataga o’rnatilgan, ular ham DIMM operativ xotira oddiy modullaridagi chiplarga o’xshash ko’rinishga ega. Grafik tezlatgichlar yangi avlodi GDDR3 standarti yuqori samarali xotira bilan ishlashni ta’minlaydi, top-modellar uchun tanlash vaqti esa atigi 2 nanosekundni tashkil etadi. Videokartalarda xotiralar umuman olganda ona platada bo’lgani kabi maqsadlar uchun foydalaniladi — prosessor bevosita ishlayotgan ushbu holatda grafik prosessor, ma’lumotlarni keshlash va saqlash uchun foydalaniladi.
Biz videoxotiralar haqida gap boshladikmi, men biz o’ylagandek «xotira qancha katta bo’lsa, shunchalik yaxshi» deb hisoblash har doim ham to’g’ri emasligini aytib o’tishim kerak. Tajribasiz foydalanuvchini qiziqtirgan narsaning boqa tomoni ham bor, xotira hajmidan tashqari grafik tezlatgich uchun xotira shinasining kengligi va albatta takt chastotasi katta ahamiyatga ega.
Gap shundak xotirani mahsuldorligini ob’ektiv aks ettiradigan ko’rsatkichlardan biri o’tkazish qobiliyati hisoblanadi, u «shina kengligi x xotira takt chastotasi» formulasi bo’yicha hisoblanadi.
Buning natijasida ancha kuchli chipi va tezligi katta xotirali videokarta ko’pincha ancha kuchsiz chipli va sekin xotirali katta hajmli kartadan mahsuldor bo’lib chiqishi mumkin.
Ko’rib turganingizdek videokarta turli xildagi funksional bloklardan tashkil topgan sistema
hisoblanadi, bundan esa u hammasi birgalikda mahsuldorlikka ta’sir ko’rsatadigan turli parametrlarga ega ekanligi kelib chiqadi. Lekin shunga qaramasdan grafik sistemaning eng muhim elementi, «yuragi» yanada aniqroq qilib aytsak «miyasi» GPU hisoblanadi.Bugungi kunda biz grafik tezlatgichlar ikki turkumlariga egamiz: nVidia GeForce 6 va ATI Radeon X. Bu yangi mahsulotlar texnik ko’rsatkichlarini uzoq gapirib o’tirmasdan ularni hammasini jadvalda ko’rsatib o’tamiz.
Endi biz «devayslarini»…….. ko’rib chiqamiz. Biz hi-end sektori qimmatli topovoy tezlatgichlar haqida gapiramiz, chunki aynan ular videoadapterlar sohasida taraqqiyot namunasi hisoblanadilar, ularning o’rta va boshlang’ich darajasidagi kichik turlari yetakchilarning qisqartirilgan namunalaridan boshqa narsa emas. Umuman olganda «qisqartirilgan» degani koveerlari soni kamaytirilgani, yadro‘va xotirasi past chastotalarini, xotira shinasi «torligi» va nihoyat ancha sekin grafik xotiradan foydalanilganidan iborat.
Kaliforniyaning nVidia kompaniyasining yangi avlod GeForce 6800 Ultra grafik tezlatgichlaridan boshlaymiz.nVidia GeForce 6800 Ultrani ko’rib chiqishda birinchi bo’lib grafik chipi ichidagi tranzistorlar soni ko’zga tashlanadi. 220 million tranzistorlar juda katta sondir. Bu GeForce 6 dan avvalgisi GeForce FX dagidan deyarli ikki barobar ko’pdir. Shu mazmunda Intelning yuksak mahsuldorlikka ega Pentium 4 Extrim Edition prosessorlar modeli kristalida 170 million tranzistori bilan unchalik kuchli ko’rinmaydi. Mana shundan katta 110 Vt energiya sarflash muammosi kelib chiqadi.
Chipning chastotasi atigi 2,25 MGsni tashkil etadi, bu texnologik jarayonda muammolar mavjudligini ko’rsatadi. Boshqa tomondan nisbatan kichik takt chastotasi keyingi modellarda chastotasini oshirish imkoniyati borligini ko’rsatadi. Lekin nVidia grafik tezlatgichlar ishlab chiqaruvchisida 110 nm ishlab chiqarish texnologiyasi mukammallashtirilmasa takt chastotasi sezilarli oshirish haqida o’ylamasa ham bo’ladi, chunki issiqlik chiqarish har qanday oqilona chegaralardan chiqib ketadi. Aytgandek, nVidia chiplarining issiqlik chiqarishi va energiya sarflashi haqida. NV40 chipi asosidagi videokartalar birinchi sempllari AGP interfeys porti orqali sistemali platadan quvvat olishidan tashqari hatto‘ikkita ajratilgan kanallar bo’yicha qo’shimcha quvvat olishni talab etadi va shunga binoan qo’shimcha ikkita quvvat olish raz’yomiga ega edi. Bunday videokarta bilan sistemaning barqaror ishlashi uchun esa kamida 480 Vt kuchga ega quvvat bloki talab etiladi, u ham qimmat turadi, ham barcha yerda sotilavermaydi. PCI-Express interfeysi bilan GeForce 6800 Ultra versiyasi yangi shina 75 Vt quvvat iste’mol qiluvchi qurilmani ishlashini ta’minlashi sababli qo’shimcha bitta quvvat raz’yomiga ega.
Har qanday holda ham nVidia chiplari asosidagi yetakchi videokartalari ona platada ikkita slotlar o’rnini egallaydigan katta va kuchli sovutish sistemasiga ega qurilmadan iboratdir.GPU da konveerlar sonini oshirish holati juda ham qiziqarlidir. Yangi chiplar 16 pikselli va 6 cho’qqili konveerlarga ega, bu avvalgi avlodda bo’lganidan ikki barobar ko’pdir. Grafik prosessor tomonidan deyarli bir xil ma’lumotlar to’plami ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari ko’pchilik ma’lumotlar bir vaqtning o’zida ishlab chiqilishi mumkin, chunki bir-biriga bog’liq bo’lmagan bir nechta tuzilishi bo’yicha umuman bir xil, o’xshash oqimlarda boradilar. Shuning uchun grafik prosessorlarni mahsuldorligini chiplarning takt chastotalari hisobiga emas, balki konveerlar sonini oshirish hisobiga kuchaytirish mumkin. Bu to’g’ri yo’l, chunki 3D-akseleratori bilan tasvirni ishlab chiqish har bir bosqichida GPU bir-biriga o’xshash harakatlarni bajaradi, ularni osongina oldindan bilish mumkin. Misol uchun, uchburchaklar cho’qqilarini ishlab chiqish uchun uchta mustaqil konveerlar talab etiladi. cho’qqilari bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda hisoblanar ekan, unda ular parallel hisoblanashi mumkin, konveerlar ustidan nazorat bloki esa bajarilayotgan cho’qqi sheyderi dasturiga qarab ular o’rtasidagi vazifalarni taqsimlaydi.Pikseli operasiyalar bilan ham xuddi shunday holat sodir bo’ladi, faqat cho’qqili konveerlardan farqli ravishda tasvirni tayyorlash jarayoni pikselli qismi katta resurslar talab etadi, xususan ancha keng qo’llanilishi sababli, shuning uchun grafik chipda pikselli konveerlarning soni ancha ko’pdir.
Aynan pikselli va cho’qqili konveerlar sonini ikki barobarga oshirish hisobiga grafik akseleratorlarning mahsuldorligi avvalgi avlodlariga qaraganda shunchalik sezilarli ortdi.nVidia yangi chipi GDDR3 SDRAM to’rt kanalli xotira kontrolleri ko’rinishida xotirani ta’minlay oladigan va 256-bitli xotira shinasiga (64 bit x 4) ega bo’ldi. GDDR3 standarti — bu JEDEC (Joint Electronic Devices Engineering Council — Elektron komponentlarni hamkorlikda ishlab chiqish kengashi) tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan grafik xotira chiplari umuman yangi arxitekturasi. ATI kompaniyasi grafik xotira yangi standartining asosiy loyihachisi bo’ldi. GDDR3 standartining asosiy ustunliklari uning ancha oddiy arxitekturasi, iste’mol qiladigan quvvati ancha pasaytirilishi va mukammallashtirilgan sinxronizasiyasi va demak issiqlik ajratishi. GDDR va GDDR2 standartlari bilan to’la mos kelishi hisoblanadi.
Yangi avlod grafik chiplari BGA turidagi qoplamada ishlab chiqariladi, shu sababli hozircha nisbatan qimmat narxga ega. GeForce 6800 Ultra grafik prosessorlari bilan videokartalar 256 Mb hajmdagi shunday xotira bilan ta’minlangan. Takt chastotasi 550 MGsni tashkil etadi (samaralisi DDR prinsipi bo’yicha 110 MGsni). Xotira masalasiga yana qaytib yurmaslik uchun ATI Radeon X850XT asosidagi grafik adapterlar GDDR3 xotirasi xudi shunday hajmiga ega, kontrolleri esa xuddi shunday 256 bit razryadli shina ishini ta’minlaydi.NV40 ning ustunligi unda paydo‘bo’lgan DirectX 9.0c to’la apparatli ta’minlashi hamda Shader Model 3.0 dasturlashtiriluvchi sheyderlar yangi modeli bilan ishlashni ta’minlashi hisoblanadi, bu o’yinlar yaratuvchilarga ko’plab yangi funksiyalarni amalga oshirishga imkon beradi. Funksionalligi ushbu darajasi zamonaviy API (Aplication Programming Interface — qo’shimcha dasturli interfeysi) imkoniyatlari chegarasida amalga oshiriladi. Bundan muhim yangiliklar kiritilishi bilan birga grafik tezlatgich nVidianing IntelliSample texnologiyasi asosida 16-karralik anizotrop filtrasiyaga ham ega bo’ldi. Bu esa ilgari ATI grafik prosessorlari asosidagi videokartalarda bo’lgan, bundan tashqari o’rnini bosish deb ataluvchi (Displacement Mapping) kartalar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo’ldi. Ultra Shadow II soyalari yaxshiroq ishlash bo’yicha funksiyasi paydo‘bo’ldi. Ammo‘nVidia shu bilan cheklanib qolmadi va yanada qiziqarli yangi SLI texnologiyasini taqdim etdi. SLI (Scalable Link Interface) nVidia grafik yadrosi bilan ikkita PCI-Express videokartasidan bir sistemada, ya’ni bita ona platada foydalanish imkonini beradi.
Kartalar maxsus konnektorlar bian ulanadi va bitta sifatida ishlaydi. Oddiy qilib aytganda hisoblashda sahna ikki qismga ajraladi, birinchisi sahnaning yuqori qismi, ikkinchisi esa albatta uning pastki qismi bo’ladi, tezlatgichlar bo’yicha ish ikkala kartadan ham samarali foydalanish mumkin bo’ladigan qilib taqsimlanadi va hisoblanayotgan sahnaning o’zgarishiga qarab dinamik boshqarilib boriladi. Samaradorligi ikki barobarga oshmaydi, lekin baribir sezilarli, o’sish 30-90 % ni tashkil etadi. Bu ko’p jihatdan o’yin qo’shimchasi SLI parallellashtirilishiga qanchalik moslashtirilganligiga bog’liq bo’ladi. Aslida SLI yangi texnologiya hisoblanmaydi. Esingizda bo’lsa 1998 yilda 3Dfx kompaniyasi Voodoo‘2 videokartasi samaradorligini oshirish uchun taklif etilgan edi. SLI ni amalga oshirish uchun mablag’ jamlash kerak — juda qimmat turadi. GeForce 6800 yoki 6600 asosidagi ikkita topologik videokartadan tashqari 200 dollardan qimmat turadigan SLI texnologiyasida ishlaydigan ona platani va qimmat turadigan quvvat blokini sotib olish kerak.
Albatta, SLI texnologiyasi keng tarqalmadi, umuman shunday bo’ladimi xali noma’lum, ammo‘samaradorligi bo’yicha u nVidiani raqobatchilari yeta olmaydigan darajada oldinga olib chiqadi. Bunday raqobatchilik keskin kurashlarida biz oldindamiz deb ayta olish juda ham muhimdir. Endi ATI kompaniyasining grafik tezlatgichi bilan tanishamiz. Radeon X850XT grafik prosessori kristalida ancha kam tranzistorlardan tashkil topgan 160 million, bu uning yuqori samaradorlik ko’rsatishiga to’sqinlik qilmaydi, chiplar kattaligidagi bunday farq ATI va nVidia arxitekturalaridagi farq sabablidir. Grafik tezlatgichning takt chastotasi 520 MGsni tashkil etadi. Shu bilan birga kristalida tranzistorlar soni kam bo’lgani Low-K dielektrikidan foydalanilgan texnologik jarayoni sababli sarflaydigan quvvati va issiqlik ajralishi unchalik katta emas.Bundan tashqari mobil yechimlar uchun hamma quvvat tejash ATI texnologiyalari odatiy ATI grafik prosessorlarida ham tadbiq etilgan — konveerlar hech qanday vazifani bajarmay turganida ular ishlamaydilar. Buning natijasida sovutish sistemasi umuman kartaning o’zi ham ancha katta ko’rinsa ham, lekin nVidia chiplari asosidagi mahsulotlardan ixchamroqdir. Shunga qaramay, ular ham qo’shimcha quvvat manbai va kuchli quvvat blokiga ega. Radeon X850XT grafik adapterlari xotirasi 1080 MGs chastotada ishlaydi. Radeon X850XT prosessorlari piksellar va konveerlar cho’qqilari soni GeForce 6800 Ultra konveerlari soni bilan teng — 16 va 6. cho’qqilar dasturlari oltita bloklari (avvalgi to’rtta o’rniga) sekundiga 750 million poligonlar tayyorlaydi, solishtirish uchun — NV40 chipi ishlash chastotasi kichikligi hisobiga sekundiga 600 million poligonlar namoyish etadi.
16 pikselli konveerlar esa (eski sakkizta o’rniga) 192 GigaFLOP mahsuldorlik bilan bir taktda 80 tagacha sheyderli instruksiyalarni parallel ishlab chiqishga va nazariy filreyti bilan (to’ldirish tezligi) sekundiga 8,8 dan ko’p gigapiksellarni ishlab chiqishga qodir.Pikseli sheyder konveeri ikkita vektorli va ikkita skalyar ALUdan tashkil topgan. Yana bitta manzilli ALU va F-Buffer maxsus bloki OpenGL uzun sheyderlari bilan ishlaydi. To’la ekranli silliqlash uchun javob beradigan Smooth Vision moduli qayta ishlab chiqilgan — temporal antialiasingni amalga oshirish imkoniyati paydo‘bo’ldi. Bu texnologiya juft va toq kadrlarning har biri uchun antialiasing turli maskalarini (niqoblarini) qoplash bilan ularni tez almashtirishga asoslangan. Ya’ni temporal antialiasing sistemasi xaqli ravishda samaradorligi pasaytirilmasdan turib silliqlash sifatini bepul ikki barobarga oshirish hisoblanadi. Umuman olganda R360 davridan beri R420 yangi chipida boshqa muhim arxitektur o’zgarishlar amalga oshirilmadi. Yangi texnologiyalar bilan ishlash masalasida Radeon X850XT prosessori GeForce 6800 kabi ma’qul ko’rinishga ega emas — ATI kompaniyasi yangi avlod chipi 3.0 versiyali sheyderlari bilan ishlash imkoniyatiga va DirectX 9.0c va Open GL 1.5 da ulardan foydalanish imkoniyatini beradigan API yangi versiyalariga ega bo’lmadi.
Boshqa tomondan bugungi kunda Shader Model 3.0 dan foydalanishga o’tish to’g’rimi, buni aytish qiyin.Vaziyat yana shunisi bilan murakkablashadiki o’yinlarni yaratuvchilarning hammasi ham sheyderlar ikkinchi versiyasiga o’tib bo’lmaslaridan uchinchisi paydo‘bo’ldi. Bu amalda o’zlarining mahsulotlarining to’la funksionalligini ta’minlashlari uchun dasturchilarga o’yinlar uchta versiyasini yozishlariga to’g’ri kelishini angatadi. Asta-sekin sheyderlar 3-versiyasi tarqalib bormoqda.
Bu jarayon qanday davom etadi. Lekin shina bo’lsa ham Radeon X series ular bilan ishlashni ta’minlamaydi. ATI kompaniyasining 3Dc normalarini siqish yangi texnologiyasi alohida e’tiborga loyiq, uning yordamida tasvirning ancha katta aniqligiga erishish mumkin.Demak, oxirgi avlod grafik tezlatgichlari ishtiroki bilan umumiy ko’rinish asosiy belgilari tasvirlab berildi. Ikala holatda ham mahsuldorlikning keskin o’sishi juda katta.
Aytgandek, bu o’rta va quyi narxli diapazonlar uchun ham tegishlidir. Avvalgi avlod topologik grafik akseleratorlari ancha ortda qoldi va o’rtacha qimmatga ega mahsulotlar qatoriga kirdi. Yangi texnologiyalarni hisobga olsak, undan ham past qatorga tushadi. nVidia GeForce 6800 Ultra va ATI Radeon X850XT mahsuldorligi bo’yicha deyarli bir xil. Radeon X850XT foydasiga bir necha ballar (mingdan) va fps bir necha o’ndan bir qismi (frames per second — sekund kadrlar) ustunligini hisobga olish ahamiyatga ega emas. Stakandagi suv esingizdami? Tasavvur qiling birinchisida 250 gramm suv, ikkinchisida esa 249 gramm. Bu qaysi stakandagi suv bilan chanqoqni to’la qondirish mumkinligini anglatmaydiku. Ancha kam quvvat sarflashi, yuqori mahsuldorligi bilan Radeon X800 nVidia chipi ega bo’lgan hamma texnologiyalar oldida maqtana olmaydi — Radeon X sheyderlar 3-versiyasi bilan ishlash imkoniyatiga ega emasku. Shu bilan bir vaqtda nVidia ham ATI kabi yuqori energetik va issiqlik chiqarish xarakteristikalari bilan maqtana olmaydi, lekin nVidianing texnologik yetakchiligi o’zgarmay qoldi, hi-end sektorida tanlash juda qiyin. Bu yerda narxlar va shaxsiy afzal bilish asosiy mezonlari bo’lib qoladi.