4.Chervyakning ish chizmasi
Silindrik chervyak va unga urinadigan chervyak g’ildiragining ish chizmasi GOST 2.406−76 da ko’rsatilgan qoidaqalar asosida bajariladi.
Chervyakning ishchi o’quv chizmasi 31-rasmda ko’rsatilgan. Chervyakning o’qi asosiy yozuvga parallel joylasgan. Bosh ko’rinishda vintli tish o’rami profilini ko’rsatuvchi chervyakning o’q kesimida mahalliy qirqim beriladi (yoki chiqarish elementi chiziladi).
Chervyak chizmasida quyidagilar ko’rsatiladi:
o’ram cho’qqilari diametri;
chervyak rezbali qismining uzunligi;
tish cho’qqilari silindri chetining old qismida faska;
o’ramning kallagi va oyog’i egrilik radiuslari;
chervyakning boshqa konstruktiv elemenlarini aniqlovchi o’lchamlari;
o’ramlarning yon yuzasi, cho’qqilar va botiqliklar yuzalarining g’adir-budurliklari;
31-rasm.
Chervyak g’ildiragining ish chizmasi
Chervyak g’ildiragining chizmasi GOST 2.406-76 (ST SEV 859-78) da ko’rsatilgan qoidalar asosida bajariladi.
Chervyak g’ildiragining ish chizmasida (32-rasm) g’ildirakning konstruktiv jihatlarini to’liq ko’rsatuvchi frontal qirqim keltirilgan, shuning uchun chapdan ko’rinishi to’liq chizilmagan.
Chervyak g’ildiragining ish chizmasida quyidagilar ko’rsatiladi:
Tishli gardishning o’rta tekisligida tish cho’qqilarining diametri;
Tishli gardishning eng katta diametri;
Tish gardishing eni;
Tishli gardish tashqi konturini aniqlovchi ma’lumotlar ;
Chervyak g’ildiragining shaklini aniqlovchi boshqa parametrlar.
Chervyak va chervyak g’ildiragining chizmalarini asliga qarab chizish
Chervyak va chervyak g’ildiragining chizmalarini asliga qarab chizish uchun ularga taalluqli modullar qiymatini aniqlash kerak bo’ladi.
Chervyakning hisoblangan o’q modulini taxminan quyidagicha aniqlash mumkin:
Chervykning istalgan rezbali qismi l o’qi yo’nalishi bo’yicha o’lchanadi;
L uzunlikka to’g’ri keluvchi n o’q qadamlar soni hisoblanadi;
O’q qadamining qiymati aniqlanadi
Hisoblangan o’q moduli topiladi
Chervyak g’ildiragining aylanma moduli mt ni aniqlash uchun g’ildirakning tishlari soni zc sanaladi va tish cho’qqilarining eng kichik diametri da2 o’lchanadi.
Keyin aylanma modul hisoblanadi
32-rasm
Hisoblangan m va mt modullarning qiymatlari standart qiymatlarga yaqin yaxlitlanadi.
Agar chervyak va chervyak g’ildiragi bitta chervyakli uzatmaga tegishli bo’lsa, m va mt larning qiymatlari o’zaro teng bo’lishi kerak.
Сhervyak vintining h1 turtib chiqqan qismini shtangensirkulning chuqurlik o’lchashga mo’ljallangan moslamasi bilan o’lchash mumkin, bu esa tish balandligi h2 ga tengdir(33-rasm).
Tishning balandligi h2 =2,2 mt ekanini hisobga olsak, o’q moduli quyidagiga teng bo’ladi:
Chervyak va chervyak g’ildiragining chizmasini chizish uchun kerak bo’ladigan qolgan parametrlari va o’lchamlari o’lchash va hisoblashlar orqali aniqlanadi
33-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |