Sun`iy tillar borasida
Esperanto — bu Varshavalik (Polsha) vrach-lingvist Zamengof tomonidan 1887 yilda yaratilgan, sun’iy tillar ichida eng keng tarqalgani hisoblanadi. Aslida “sun’iy” so‘zidan ko‘ra “rejalashtirilgan” so‘zini qo‘llash to‘g‘riroq bo‘lardi, chunki ushbu til xalqaro aloqalar uchun yaratilgan. “Esperanto” so‘zi olimning taxallusi bo‘lib, “umid qiluvchi” ma’nosini anglatadi.
Esperanto asosini lotin va grek tillaridan olingan baynalmilal so‘zlar tashkil qilib, istisnosi bo‘lmagan 16 ta grammatik qoida mavjud. Yozuvi lotin alifbosiga asoslangan. Barcha so‘z turkumlari muqim tugalliklarga ega: otlarda – o, sifatlarda – a, fe’llarda – i, ravishlarda esa – e.
Esperantoning grammatikasi shunchalik mukammal tuzilganki, uni bir necha oy ichida to‘liq o‘rganib olish mumkin. Ushbu tilga Shekspir, Pushkin, Dostoevskiy kabi mashhur ijodkorlar asarlari tarjima qilingan. Hozirgi kunda esperantoda so‘zlashuvchilar soni 500-1000 kishini tashkil qiladi.