Reja: Tilshunoslik fanining o'rganish obyekti, maqsadi va vazifalari


Tillarning shakllanishi va o‘zaro munosabatlari



Download 0,77 Mb.
bet17/19
Sana02.07.2021
Hajmi0,77 Mb.
#107390
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1 маъруза матни

Tillarning shakllanishi va o‘zaro munosabatlari. Kishilar ibtidoiy jamiyatning dastlabki davrlarida to‘da-to‘da, ya’ni urug‘ bo‘lib yashaganlar. Urug‘ kishilar jamiyatining eng kichik, oddiy hamda qadimiy uyushmasi bo‘lib, bir nechta qardosh urug‘lar qabilani tashkil qilgan. Bunday uyushmalarning har birining o‘z tili, o‘z aloqa vositasi bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan qabila a’zolari ko‘payib, kengroq hududlarga tarqala boshlaydilar. Boshqa joylarga ko‘chib ketgan qarindosh qabilalar ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda bir tilning turli shevalarida so‘zlashuvchi qabilalarning uyushmasiga – qabila ittifoqlariga birlashadi. Qabila ittifoqlarining umumiy tili bo‘lib, ayrim qabila tillari qabila ittifoqi tiliga nisbatan sheva holatini egallaydi.

Shevalar, milliy tillar urug‘chilik davridan boshlab son jihatdan ko‘payib boradi. Avval bir qabila ittifoqiga kirgan tillarda markazdan uzoqlashgan sari, shevaga xos farq orta boradi va oxir natijada bu farq yangi til paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin; son o‘zgarishi sifat o‘zgarishiga olib keladi. Yangidan yangi sheva va tillarning paydo bo‘lishida ikki omil: vaqt va masofa hal qiluvchi ahamiyatga egadir: vaqt o‘tgan sayin, masofa kengaya borishi, yangi sheva va tillar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Shevalarning soni ko‘payishi va ular asosida yangi tillarning vujudga kelishi tilshunoslikda farqlanish (differensiatsiya) deb ataladi.

Til birligi millatning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Milliy til o‘z adabiy (yozuvi bor) shakliga ega bo‘lib, tilning bu shakli mazkur millatning har bir a’zosi, har bir shevasi uchun umumiydir. Har bir millatning madaniy merosi ham ana shu tilda o‘z aksini topadi.Turli shevalarning umumiy qoidalarga bo‘ysungan holda ma’lum adabiy tilga birlashtirilishi mujassamlashuv (integratsiya) deyiladi.

Har bir til o‘ziga xos rivojlanish davrini boshidan kechiradi va bu shu til amal qiladigan jamiyatga, undagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘ladi. Birorta til paydo bo‘lganidan boshlab to hozirgacha o‘zicha rivojlanmaydi, u faqat jamiyat tildan foydalangani uchungina rivojlanadi. Demak, tilning rivojlanishi bevosita jamiyat bilan, uning tarixi jamiyat tarixi bilan uzviy bog‘langan.

Shuni ham qayd qilish kerakki, tildagi o‘zgarishlar keskin, to‘satdan sodir bo‘lmaydi. Tilda hech qachon inqilobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi, tildagi o‘zgarishlar asta-sekin, evolyutsion yo‘l bilan amalga oshadi. Shu bilan birga til taraqqiyotida turg‘unlik ham bo‘lmaydi, u doimo rivojlanishda bo‘ladi. Jumladan, milliy tillarning paydo bo‘lishi ijtimoiy tuzumga, millatning paydo bo‘lishiga bog‘liq bo‘lib, hamma yerda bir vaqtda sodir bo‘lmagan. Millat va milliy tillarning paydo bo‘lishi turli xalqlarda turlicha amalga oshadi. Ayrim xalqlar esa hali millat darajasigacha o‘sib yetmaganini, demak, ushbu jamiyatda milliy til ham shakllanmaganini kuzatish mumkin.



Milliy tillarning shakllanishida badiiy so‘z ustalari, yozuvchi va shoirlarning ham hissasi juda kata bo‘ladi. Jumladan, o‘zbek adabiy tilining shakllanishida Alisher Navoiy, rus milliy tilining taraqqiyotida A.S. Pushkin, yangi gruzin tilining vujudga kelishida Shota Rustaveli, nemis tilining taraqqiyotida Martin Lyuter, ingliz tilining rivojlanishida Vilyam Shekspir va boshqalarning qo‘shgan hissalari beqiyosdir.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish