Reja: Tilni o‘rganish metodlari va metodologiyasi



Download 22,42 Kb.
Sana21.06.2022
Hajmi22,42 Kb.
#686823
Bog'liq
LINGVISTIK TADQIQOT METODLARI


LINGVISTIK TADQIQOT METODLARI
REJA:
1. Tilni o‘rganish metodlari va metodologiyasi
2. Tavsifiy metod
3. Qiyosiy-tarixiy metod
4. Chog‘ishtirish va tipologik metod
5. Struktur metod va uning yo‘nalishlari.
Funksional lingvistika
Glossematika
Deskriptiv lingvistika yo‘nalishi va uning metodlari
- Distributiv tahlil metodi
- Bevosita ishtirokchilar metodi
- Transformatsion tahlil metodi
6. Matematik-statistik metodlar
Statistik tahlil metodi
Avtomatik tahlil metodi
Asosiy tushunchalar:
Metod, metodika, metodologiya, tasviriy metod, qiyosiy-tarixiy metod, chog‘ishtirish metodi, tipologik metod, struktur metod, distributiv tahlil, transformatsion tahlil, bevosita ishtirok etuvchilarga ajratish, statistik tahlil, avtomatik tahlil metodlari
TILNI O‘RGANISH METODLARI VA METODOLOGIYASI
Metod grekcha methodos so‘zidan olingan bo‘lib, “tadqiqot”, “o‘rganish” degan ma’noni anglatadi. U ob’ektiv borliqdagi predmet, hodisalarni, ya’ni tadqiqot manbaini ilmiy tahlil qilish, o‘rganish orqali uning mohiyatini, tabiati, tarkibiy qismlarini, muayyan o‘ziga xos xususiyatlarini topish, ochish, ular haqida ilmiy xulosalar, umumlashmalar chiqarish usuli bo‘lib, muayyan fanga xizmat qiladi va uning taraqqiyotini ta’minlaydi. Har bir fanning o‘z tadqiqot usullari mavjud. Masalan, tabiiy fanlar, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, tilshunoslik fanlarining metodlari bir-biridan katta farq qiladi. Tabiiy fanlar, tibbiyotda eksperiment, qishloq xo‘jaligida amaliy tajriba ustuvorlik qilsa, tilshunoslikda tahlildan foydalaniladi.
Bir fan doirasida ham turlicha metodlar va ularni qo‘llash usullari mavjud. Jumladan, tilshunoslik fani ham o‘zining qator ilmiy-tadqiqot metodlariga ega bo‘lib, bu tilning ham ijtimoiy-tarixiy, ham ijtimoiy-psixik, ijtimoiy-fiziologik, ham ijtimoiy-individual hodisa ekanligidan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra lisoniy tadqiqot metodlari turli-tumandir.
Jumladan, ona tilini tahlil qilish metodlari bilan chet tillarini tahlil qilish metodlari, tilning sotsiologik jihatlarni o‘rganish usullari bilan nutq tovushlarini tahlil qilish usullari bir-biridan katta farq qiladi. Har bir fanga oid tadqiqot usullarini qo‘llashning muayyan yo‘l-yo‘riqlari mavjud bo‘lib, ular shu fanning ish yuritish metodikasini tashkil etadi.
Demak, metod – bu bilish usuli bo‘lsa, metodika – bilish usulida qo‘llanadigan yo‘l-yo‘riqdir. Ya’ni: tadqiqot ob’ektini tekshirish usuli, individual ish olib borish metodlari, faktlarni yig‘ish, tahlil qilishni umumlashtirish jarayonidir. Shundan kelib chiqib, tilshunoslikda ona tili metodikasi, chet tili metodikasi, til sathlari, til va nutq, til va tafakkur masalalariga, kommunikativ tilshunoslik yoki tilga kompetensiyaviy yondashuv metodlarini qo‘llashga o‘rgatuvchi metodikalar mavjud. Ayni vaqtda ushbu metodlar bir-biridan farq qilsa-da, ularning barchasi bir maqsadga, ya’ni mazkur lisoniy hodisalarning“sir”larini ochish va shu asosda ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik xulosalar, falsafiymantiqiy umumlashmalar chiqarishga qaratilgan bo‘ladi.
Demak, har bir fanning umumiy metodologiyasi ham mavjud bo‘lib, metodologiya yunoncha methodos “tadqiqot usuli” va logos “ta’limot” so‘zlaridan olingan hamda fanning tadqiqot usullari haqidagi ta’limotdir. Metodologiya bilish faoliyati yo‘llari haqidagi ta’limot sifatida har qanday fan nazariyasi va amaliyotida katta ahamiyatga ega. U tadqiqot manbaini qanday tushunish, uni o‘rganishga qanday yondashish, qaysi usullarni qo‘llash, tadqiqot ob’ekti yuzasidan umumiy nazariy, amaliy, mantiqiy yoki tavsifiy bilimlar hosil qilish haqidagi ta’limot bo‘lib, umumilmiy va xususiy fanlar metodlari o‘rtasidagi uzviy munosabatni ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqqan holda, bilish usullari ham umumiy va xususiy bo‘ladi..
Umuman bilish usuli falsafiy tizimga xos bilish tamoyillarini ifodalab, tabiat, jamiyat, tafakkurning umumiy qonuniyatlari haqidagi ta’limot sanaladi. Umumiy metodologiya falsafiy bilish metodining muayyan fan doirasida konkret qo‘llanishi, xususiy metodologiya esa u yoki bu fan tarmog‘iga xos tadqiqot metodlari haqidagi ta’limotdir. Umummetodologik tamoyillar turli fanlar bergan ma’lumotlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi. Aytib o‘tilganidek, har bir fanning o‘z maxsus tadqiqot usullari va ularga asoslangan umumilmiy metodologiyasi ham mavjud (ijtimoiy fanlarning tahlilga asoslangan umumilmiy metodologiyasi, tabiiy fanlarning tajribaga asoslangan umumilmiy metodologiyasi kabi). Lekin ularning barchasi asosida kuzatish, idrok qilish, o‘rganish, tushunish, anglash kabi bilish usullari yotadi. Har bir tadqiqot ishi, albatta, dunyoni bilishga qaratiladi, biroq u fan tarmog‘i xususiyatidan kelib chiqadigan umumilmiy metodologiyaga asoslanadi. Shu bois har bir tadqiqotchi, avvalo, o‘z tadqiqot ishining umumilmiy metodologiyasini va undan kelib chiqadigan tadqiqot metodlari belgilab olishi kerak bo‘ladi. Buni quyidagi ierarxik bosqichlarda ko‘rsatish mumkin: tadqiqot maqsadi – farazi – kutiladigan yangilik tadqiqot predmeti va ob’ektini tanlash tadqiqot metodologiyasi va metodlarini tanlash. Har bir metod esa o‘z ichida kuzatish, dalillarni to‘plash, ularni o‘rganish, qiyoslash, chog‘ishtirish, fikrlarni umumlashtirish, anketa so‘rovnoma va tajribasinov o‘tkazish, natijalarni statistik tahlil qilish, xulosalash kabi usullarni qamrab oladi.
Demak, tadqiqot ishi tadqiqot maqsadini aniqlash va fan yo‘nalishiga mos umumilmiy metodologiyani tanlashdan boshlanadi. Jumladan, tilshunoslik sohasida ham tadqiqot ishining nazariy (filologik) yoki amaliy (metodik) yo‘nalishda olib borilishi maqsadi tadqiqot ishining keyingi barcha bosqichlarini belgilab beradi. Tadqiqot metodlarni tanlashda ham yana bir muhim jihatga e’tibor qaratish zarur. Ma’lumki, til ijtimoiy-tarixiy hodisa, shundan kelib chiqib, tadqiqot ishi diaxron yoki sinxron planda o‘rganilishi mumkin. Ularning har biri esa o‘z tadqiqot metodlariga ega. Tilshunoslikning diaxron tadqiqot metodlari vaqt, zamon belgisi, ya’ni qo‘llanishiga ko‘ra uzoq o‘tmish bilan bog‘lanishi bilan tavsiflanadi.
Ularga tasviriy, qiyosiy-tarixiy, chog‘ishtirish, tarixiy-qiyosiy, tipologik metodlari kiradi.
TAVSIFIY METOD
Bu metod jahon tilshunosligining eng qadimiy va dastlabki yetakchi metodi hisoblanib, qadimgi arab, yunon, hind, xitoy, rim tillariga oid yaratilgan asarlar – grammatikalar mazkur metod asosida yaratilgan. Tavsifiy metod sinxron analiz metodi bo‘lib, ob’ektni (matnni) turgan holatida berilgan ma’lumotlar asosida o‘rganadi. Tavsifiy metod tomonidan olingan ma’lumotlar barcha metodlar uchun tayanch nuqta hisoblanadi. Struktur metod ushbu metod xulosalariga tayanib ish ko‘radi, qiyosiy-tarixiy metod uchun ham qiyoslanayotgan ob’ekt haqidagi izohni tavsifiy metod beradi. Shu bois tavsifiy metod turli davrlarda turli lingvistik maktablar va yo‘nalishlarga xizmat qilgan. Hozir ham boshqa metodlar bilan ish olib borayotgan mutaxassislar turli tillarga oid darslik, qo‘llanmalar, monografik tadqiqotlarni shu metod asosida yaratmoqdalar. Tavsifiy metodda tadqiq qilish jarayoni quyidagi 2bosqichda olib boriladi: bosqich - komponent tahlil bo‘lib, unda matn gaplarga, gaplar so‘zlarga, so‘zlar morfemalarga, morfemalar esa fonemalarga ajratilib tahlil qilinadi. Komponent tahlil metodi so‘z ma’nosini tarkibiy qismlarga – komponentlar (semalar)ga ajratish, har bir semaning so‘z ma’nosi - semema tarkibidagi ahamiyati, o‘rni, imkonini aniqlash, ishlatilish doirasini belgilash bilan shug‘ullanadi. Komponent tahlil qilish metodi orqali so‘z ma’nosi mantiqan zaruriy bo‘laklarga – komponentlarga ajratiladi, ajratilgan bo‘laklarning har biri alohida o‘rganilib, ularning so‘z ma’nosi tarkibidagi “quvvati”, nutqda qanday vazifa bajarishi o‘rganiladi. Sema va sememalarning o‘zaro bog‘liqligi butun va bo‘lak nuqtai nazaridan baholanadi.
II bosqich - kontekstual tahlilda komponent tahlil bosqichida olingan ma’lumotlar muayyan guruhlarga umumlashtiriladi. Ushbu tahlillar til birliklarining tildagi vazifasi, tuzilishi, qo‘llanishi kabilarni tavsiflashga, ilmiy izohlashga, umumlashma xulosalar chiqarishga xizmat qiladi. Bunda ijtimoiysotsiologik, talaffuz-akustik, fanlararo tahlil, distributiv tahlil usullaridan foydalaniladi.
Ijtimoiy-sotsiologik usul so‘zlarni tematik guruhlash, lingvistikjug‘rofiy o‘rni, mavqei, me’yoriy-uslubiy xususiyatlarni o‘rganadi.
2. Talaffuz-akustik usul orqali nutq tovushlarining talaffuz-eshitilish xususiyatlari, fonetik hodisalar tahlili o‘rganiladi. Bunda ayniqsa eksperimentalfonetik tahlil metodi muhim o‘rin tutadi.
Ushbu metodda nutq tovushlari, intonatsiya, pauza, ritm kabi fonetik hodisalarni maxsus texnik vositalar, asboblar yordamida tadqiq qilinadi. Ushbu metodda quyidagi usullardan foydalaniladi:
Somatik usul – gapirish-so‘zlash jarayonida fiziologik jarayonlarning jismoniy harakatlari ifodasini o‘rganadi. Artikulyatsiya a’zolarini suratga olish, nutq apparatining rentgen tasvirini tushirish, nafas olish jarayonini o‘lchash – bu metodning usullari hisoblanadi
Pnevmatik usul – talaffuz jarayonidagi nutq a’zolari harakati, havo oqimining og‘iz, burun va bo‘g‘iz bo‘shlig‘idagi harakati natijasida hosil bo‘luvchi og‘iz, tovush va shovqinlarning o‘zgarishi aniqlanadi.
Elektroakustik usul – nutq faoliyatidagi tovushlarni, ularga xos turlicha xususiyatlarni (masalan, cho‘ziqlik, qisqalik, baland-pastlik, ohangdorlik, shovqin kabilarni) elektr tebranishlari nuqtai nazaridan tahlil qiladi, ular asosida tavsiflaydi. Ushbu metod nutq tovushlarini nafaqat akustik, balki artikulyatsion jihatdan ham aniq tavsiflash imkonini beradi.
3. Distributiv tahlil usulida til va nutq birliklari (fonema, morfema, leksema, so‘z va so‘z birikmalari)ning joylashish o‘rni, oldinma-ketin kelishi, o‘zaro bog‘lanishi va semantik-stilistik munosabatga kirishuvi o‘rganiladi. Bunday tahlil tilshunoslikda deskriptiv yo‘nalish deb atalib, uning asosini distributsiya yoki distributiv metod tashkil etadi.
Unda tillarni o‘rganish 2 bosqichda amalga oshiriladi:1) lingvistik birliklar aniqlanadi; 2) ushbu birliklarning bir-biriga nisbatan distributsiyasi, joylashuvi belgilanadi. Distributsiya lisoniy birliklarning nutqda qo‘llanish, joylashish o‘rni,boshqa unsurlar bilan birika olish qobiliyati, ya’ni potensialdagi qurshovi bo‘lib, uning morfologik, leksik-semantik, sintaktik turlari bor.
Morfologik distributsiya – bu bir so‘z turkumini boshqa so‘z turkumlari bilan munosobatga kira olishidir (sifat va ot, ravish va fe’l, artikllar va ot va hakozo). Bunda morfemalar aniqlanib, ularning aloqalari talqin qilinadi, izohlanadi.
Leksik-semantik distributsiya – til elementlarining mano jihatidan o‘zaro aloqa qilish qobiliyatidir.
Sintaktik distributsiya – gap bo‘lakarining bir-biriga nisbatan joylashuvi va munosabatidir.
Tilda birliklarni qismlarga ma’noli qismlarga ajratish segmentatsiya deyiladi.
4. Valentlik tahlil usulida so‘zning nutq faoliyatidagi semantik-sintaktik, funksional faolligini o‘rganish, uning ma’noga bog‘liq imkoniyatlarini yoritish masalalari o‘rganiladi. Bunda so‘zning o‘z ma’nosi asosida boshqa so‘zlar bilan semantik munosabatga kirishuvi, ularni o‘ziga biriktirish xususiyatlari o‘rganiladi, so‘zlar orasidagi semantik munosabat bevosita sintaktik munosabatni yuzaga keltirishi, ya’ni semantik sintagmalar sintaktik konstruksiyalarni hosil qilishi aniqlanadi. Ushbu metod har bir so‘zda valentlik imkoni mavjud bo‘lishi va u sintaktik aloqada yuzaga chiqishi, valentlikning nutqda – so‘zlar orasidagi turlicha bog‘lanishlarda, ya’ni xususiyliklarda namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi.
QIYOSIY-TARIXIY METOD
XIX asrning 1-choragida yuzaga kelgan mazkur metod lingvistik metodlar ichida eng faoli hisoblanib, unda o‘zaro qarindoshlik munosabatidagi tillarning birliklari (tovush, qo‘shimcha va so‘zlar) tarixiy jihatdan qiyoslanadi, ular orasidagi o‘xshashliklar aniqlanib, ularning dastlabki tarixiy shakllarini tiklashga harakat qilinadi. Bu vazifalar quyidagi usullar vositasida amalga oshiriladi: qiyoslash uchun material to‘plash; qiyoslanadigan birliklarni belgilash; birliklar tarkibidagi o‘zgarishlar xronologiyasini aniqlash; so‘z va morfemalarning qadimgi shakli va ma’nolarini tiklash. tillarni qiyosiy o‘rganish va ularning bir-biriga qarindosh va qarindosh emasligini aniqlash; qarindosh deb tanilgan tillarni bir-biri bilan qiyoslab, ularning bobo tilini tiklash.
Ushbu metod XIX asrning boshlarida paydo bo‘lgan deyilishiga qaramay, bu yo‘nalish bilan olimlar oldinroq shug‘ullanishga kirishganlar. Unda qiyoslash uchun dalillar faqat qarindosh tillardan - genetik tenglikka ega bo‘lgan tillardangina olinadi. Masalan: ruscha svetok, polyakcha kwiatok “gul”; forscha now, ruscha nov(ыy), nemischa neu, inglizcha new “yangi”; grekcha pater, patras, lotincha pater, sanskritcha pitar, nemischa vater, forscha padar, ruscha papa, hindcha “bobo”,”ota” demakdi CHOG‘ISHTIRISH VA TIPOLOGIK METOD
Ikki yoki undan ortiq qarindosh yoki qarindosh bo‘lmagan tillarni qiyoslash chog‘ishtirish yoki qiyosiy-chog‘ishtirish metodi deb nomlanadi. Ushbu metodda lingvistik hodisalarning tillararo o‘xshashliklari, umumiy va farqli jihatlari tavsiflanadi, biroq bunda ularning tarixiga, kelib chiqishi, ya’ni genetic jihatlariga, taraqqiyotiga asoslanilmaydi.
Chog‘ishtirish metodi ayniqsa chet tillarini o‘rganishda keng qo‘llaniladi va nafaqat nazariy, balki amaliy maqsadlar uchun ham xizmat qiladi. XVII-XVIII asrlardayoq yuzaga kelgan 2 tilli lug‘atlar, tillar uchun umumiy grammatikalar, bir tildan 2-tilga tarjima qilish texnikasi va nazariyasining yaratilishi ushbu metod asosida olib borilgan tadqiqotlar natijalaridir. Bu metod bir tilda oddiy tasvirlash metodidan foydalanilganda yuzaga chiqmagan xususiyatlarni ochib berishga yordam beradi. Bu esa tillarning tarkibini chuqurroq o‘rganish va bilishga imkoniyat yaratadi. Ikkinchi tomondan, chog‘ishtirish metodi lug‘atlar, qo‘llanmalar yaratish kabi sof amaliy maqsadlarga xizmat qiladi. Ushbu metodni qo‘llash usullari quyidagilardir: so‘z va qo‘shimchalarni farqlash, qo‘shimchalarning birikishini tavsiflash; shevalar va tillar orasidagi tovush almashinuvi va mos kelishlikni aniqlash; adabiy til me’yorlarini ishlab chiqish va ularga o‘rgatish metodikasini shakllantirish; bir tilda ifodalangan ma’no yoki vazifa boshqa tilda qanday usul va vosita bilan berilishini aniqlash; bir tilli (izohli) va ko‘p tilli tarjima lug‘atlari tuzish. Hozirgi kunda chet tillarni o‘rganish, tarjima nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, asosan, mazkur metod usullarini qo‘llash vositasida amalga oshirilmoqda, shu bois bugungi kunda uning nazariy va amaliy ahamiyati yanada ortdi. Tipologik metod esa o‘zaro genetik bog‘liq va genetik bog‘liq bo‘lmagan til oilalariga tegishli tillarni qiyoslash asosida o‘rganadi. Shu xususiyati bilan ushbu metod faqat bir til oilasiga kiruvchi tillarni tadqiq qiluvchi qiyosiy-tarixiy metoddan farq qiladi. Ushbu metodning mohiyati shundan iboratki, bunda tillar genetik jihatdan qaysi oilaga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar tuzilishidagi o‘xshash va farqli jihatlariga ko‘ra qiyoslanadi, tillarning struktur-qurilish xususiyatlari aniqlanadi, muayyan xulosalar chiqariladi.
Tillarni tipologik o‘rganishning quyidagi yondashuvlari mavjud: klassifikatsion-tasnifiy, xarakterologik, belgili va ichki sistem yondashuvlar. Klassifikatsion yondashuv tillarga tasnifiy yondashuv morfologik tasnif sifatida o‘zak va qo‘shimchalar o‘zaro zid holda qiyoslab o‘rganiladi.
Xarakterologik yondashuv orqali qiyoslanayotgan har bir tilning tuzilishiga, ya’ni o‘ziga xos muhim, xarakterli xususiyatlari, jihatlari aniqlanadi hamda shu orqali tilga baho beriladi. Belgili yondashuv tillarga muayyan belgi-xususiyatlar (masalan, fonetik, morfologik kabi) jihatidan yondashuv bo‘lib, bunda til sathlari tipologiyasi (fonetik tipologiya, leksik tipologiya kabilar) yaratiladi. Ichki sistem yondashuvda muayyan tildagi muayyan hodisalar (fonetik, leksik va b.) orasidagi o‘zaro munosabatlar, aloqalar o‘rganiladi va tadqiq qilinadi.
STRUKTURAL TAHLIL METODLARI
Strukturalizm (ingl. structural so‘zidan olingan) bo‘lib, tilni o‘zaro bog‘langan va nisbatlangan til birliklaridan iborat butun bir tahlil metodi hisoblanadi. Ushbu metod til va nutq birliklari, ushbu birliklarning o‘xshash va noo‘xshash jihatlari, joylashish tartibi va boshqa nisbiy aloqalarni aniqlash bilan shug‘ullanadi. Struktual tilshunoslik uchun tilning ichki qurilishi, til tarkibini tashkil etuvchi tarkibiy qismlar orasidagi munosabatlar, oppozitsiyalar, ya’ni tilning struktural tomonlari tilning asosiy aspekti hisoblanadi. XX asrning 30-yillarida Amerika tilshunosligida yuzaga kelgan struktural yo‘nalish juda ko‘p yangi metodlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Distributiv tahlil, bevosita ishtirokchilarga ajratish va transformatsion tahlil metodlari hozirgi kunda butun jahon tilshunosligida ham keng qo‘llanib kelayotgan metodlar hisoblanadi
TRANSFORMATSION TAHLIL METODI
Transformatsion tahlil metodida sintaktik qurilmalar – konstruksiyalarning muayyan qoidalar asosida boshqa shaklga, ko‘rinishga ega bo‘lishi – ya’ni transformatsiyalanishi tushuniladi. Transformatsiya – qayta tuzish, o‘zgartirish ma’nosini bildirib, “transformatsion tahlil” va “transformatsion metod” tushunchalarini sinonim sifatida ishlatish mumkin. Ushbu metod yordamida transformatsiyaga uchragan har bir sintaktik qurilmaning tarkibi, bunda namoyon bo‘lgan o‘ziga xos semantik jihatlari ham chuqur o‘rganiladi. Demak transformatsion tahlil metodi til sistemasining ichki mikrosistemalarni – yadro gaplar va ulardan hosil bo‘lgan transformalarni, to‘g‘rirog‘i, yadro gaplardan transformalarning hosil bo‘lish jarayonini o‘rganadi. Masalan, Talaba kitob oldi gapining transformatsion shakllari (talaba olgan kitob, talabala tomonidan olingan kitob, kitob olgan talaba, talabaning kitobi) nutqiy variantlaridan iborat bo‘lib, transformatsion tahlil metodi asos - yadro gap (talaba kitob oldi)dan transformatsiyalashgan sintaktik modellarni, ya’ni transformatsiyalanish qoidalari, mexanizmini o‘rganadi. Transformatsion tahlil metodining asosiy vazifasi muayyan tilda mavjud bo‘lgan yadro gaplarni aniqlash, uning sintaktik mohiyati va maqsadga ko‘ra turlicha namoyon bo‘lish imkoniyatlarini ochishdir. Bu metod lingvistik eksperimentlarning bir turi bo‘lib, hozirgi zamon tilshunosligida, xususan, sintaktik va stilistik izlanishlarda qo‘llanilayotgan muhim metodlardan biri hisoblanadi va hozirgi kunda mashina tarjimasi, injener va matematik lingvistikasi sohalarida keng qo‘llanadi.
STATISTIK TAHLIL METODI
Ushbu metod lisoniy birliklarning nutq faoliyatidagi, asosan matndagi qo‘llanish miqdorini tadqiq qiladi. Mazkur metod til sathlarining barchasiga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Biroq uning eng ko‘p ishlatiladigan sohasi leksikologiya va leksikografiya hisoblanadi. Statistik tahlil asosida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar yordamida eng faol va eng passiv so‘zlar, so‘zlarning me’yoriy va me’yoriy bo‘lmagan qo‘llanishi belgilanmoqda, tarqalish chegarasi, ko‘lami aniqlanmoqda. Bu metod nazariy va amaliy tilshunoslik uchun qimmatli ma’lumotlar beradigan chastotali lug‘atlar tuzish, lug‘at minimumlari yaratishda qo‘llanadi.
Shuningdek, so‘z shakllari, fonema, morfemalarning qanday taqsimlanishi, o‘zaro birikuvda qanday faollikka egaligini ham aniqlashga yordam beradi.
AVTOMATIK TAHLIL METODI
Ushbu metod davr talabi bilan yaratilgan zamonaviy tahlil metodlaridan biri bo‘lib, uning o‘ziga xosligi elektron-hisoblash mashinalari (EHM), kompyuterlar yordamida tilni muayyan, bo‘laklar, lisoniy birliklar, formal qismlarga ajratish orqali bir tildagi lisoniy birliklar mazmuni boshqa tilga ko‘chiriladi, ya’ni kompyuter vositasida avtomatik tarjima qilinadi. Buning uchun avval matnni tarjima qilish imkoniyatini beradigan qoidalar tizimi yaratiladi, so‘ngra mazkur qoidalarni mashina tilida yozish, ya’ni mazkur qoidalarni amalga oshirish uchun dastur yaratiladi. Dastur va lug‘at maxsus shartli belgilar bilan yoziladi va mashinaga kiritiladi.
Asosiy tushunchalar glossariysi:
Qiyosiy-tarixiy metod – tillar va ularning tarixini qiyoslab o‘rganish
Substansiya – biror tovushni boshqa tovush bosishi
Distributsiya – tildagi unsurlarning gap tarkibida joylashish o‘rni, bir elementning boshqa element bilan birikish qobiliyati
Bevosita tahlil metodi - nutq birliklari (so‘z birikmasi va gaplar) tuzilishi, qanday qismlardan tashkil topishi, ular orasidagi munosabat, aloqalarni o‘rganish.
Transformatsion tahlil – konstruksiyalarning muayyan qoidalar asosida boshqa shaklga, ko‘rinishga ega bo‘lishi, ya’ni transformatsiyalanishi.
Avtomatik tahlil metodi - EHM, kompyuterlar yordamida tilni lisoniy birliklar, formal qismlarga ajratish orqali bir tildagi lisoniy birliklar mazmunini boshqa tilga ko‘chirish
Statistik tahlil metodi – lisoniy birliklarning nutq faoliyatidagi, asosan matndagi qo‘llanish miqdorini tadqiq qilish
Download 22,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish