Integratsiya jarayonini shunday tasavvur qilish mumkin: bir til doirasida mavjud bo‘lgan ta’siri tufayli yo‘qolib boradi; masalan, televizor va radio, ommaviy matbuot va axborot sur’atining jadallashishi, adabiy til mavqeining oshishi, barcha uslublarda, adabiy tildan foydalanish integratsiya jarayonini yanada oshiradi, uning ta’sir doirasini kengaytiradi. Chunki har bir millat adabiy tilning mustahkamlanishi, boyishi uchun qayg‘uradi va shu borada sa’y – harakat olib boradi. Xuddi shuningdek, o‘zbek adabiy tilining yuksalishi va mustahkamlanishi uchun astoydil intilishimiz zarur.
4. Yo'qolib borayotgan til va shevalarni saqlash.
Til hamisha rivojlanishdagi hodisa sifatida boshqa tillarga o‘zaro ta’sir qiladi yoki tashqi ta’sirga uchraydi. Ilm-fan va texnika taraqqiyoti, savdo-sotiq, madaniy va maishiy aloqalar, hattoki, urush va bosqinlar ham tilga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Tillar tarixiga nazar tashalydigan bo‘lsak, tashqi ta’sir natijalarini ko‘ra olamiz. Masalan, hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi aksariyat so‘zlar arabcha va ruscha-internatsionaldir. Arablar bosqini va arab tili ta’siri, hukmronligi oqibatida tilimizga ko‘plab arabcha so‘zlar kirib keldi: kitob, madrasa, ma’lum, mashhur, maktab, domla, maktub, iymon. Arabcha leksika tilning kattagina qismini egallab olgan. Shuningdek, qardosh xalqlar bilan munosabat, savdo-sotiq va boshqalar fors-tojik, uyg‘ur, xitoy tillaridan so‘z o‘zlashtirishga asos bo‘ldi: xona, barg, xazon, devor, zimiston, dil xhat, kulba, shahar, siyoh; manti, lag‘mon, xonim va hokazolar.Chor Rossiyasining O‘rta Osiyoni zabt etishi hamda ruslashtirish oqibatida o‘zbek tili leksikasida, umuman butun til tizimida kuchli ta’sir sodir bo‘ldi. Bolshevik, partiya, sovet, kommunizm, sotsializm singari ko‘rinishlar o‘sha davr neologizmlari edi. Stol, stul, papka,sumka, doska, klass, lampochka, ostanovka, dirijyor, muzikant, televizor va hokazo so‘zlar ommalashdi. Rus tili orqali inglizcha-baynalmilal so‘zlar kirib keldi: telefon, aktyor, artist, radio, kollektiv, ideya, obyekt va boshqalar.
Bunday lisoniy ta’sir xususiyatlarini barcha tillarda kuzatish mumkin; masalan, hozirgi ingliz tili lug‘at boyligidagi so‘zlarning taxminan 30 foizigina sof inglizcha so‘zlar, qolganlari qardosh xalqlardan, roman, fransuz yoki italyan, sharq tillaridan o‘zlashgan so‘zlardir. Tillarning bir- biriga o‘zaro ta’siri tillarning chatishuvi va bilingvizm hodisalariga sabab bo‘ladi. (Agar so‘z o‘zlashtirilish tilning ichki (grammatik) strukturasiga ta’sir ko‘rsatmasa, bu tillarning hamkorligi (языковые контакты) deyiladi, agarda bir til boshqa tilga tazyiq o‘tkazib, uning ichki strukturasiga o‘rnashsa, bu tillarning chatishuvi deyiladi. Lekin bu tushunchalar ham nisbiydir. Masalan, arab xalifaligi davrida turkiyzabon va eroniy xalqlar uning tazyiqi ostida edilar. Arab tili nafaqat davlat tili, balki madaniy va diniy (ilohiy kitob “Qur’on” arab tilida bo‘lganligi, hamda uni o‘rganish, o‘qish majburiy qilib qo`yilganligi bois mustamlaka xalqlardan arab tilining nafaqat leksikasini, balki grammatikasi va fonetik, ifodali (qiroat) o‘qish malakalarini egallashlarini ham talb qilar edi) ta’sir vositasiga aylantirilgan edi. Biroq, arab tili turkiy tilga jips singganligi bilan, uning grammatik qurilishi (flektiv) turkiy tilga ko‘chmagan.
Fransiyaning XI asrda Britaniya orolini bosib olishi va fransuz tili bilan anglosakson tillari orasidagi kurash natijasi chatishuvga misoldir. Fransuz tili Angliya hududida g‘olib, ingliz tili esa mag‘lub bo‘ldi, lekin fransuz tili o‘z vatanida yashar, rivojlanar ham edi. Xullas, til kurashlaridan keyin, g‘oliblar o‘z tillarini unutib, angtosakson tilini qabul qiladilar. Ingliz tili ham fransuz tilidagi so‘zlarning ma’lum bir qismini saqlab qolib, tilning (kelgindi tilni) o‘zini siqib chiqaradi. Demak, bu yerda superstrat hodisasi, ya’ni kelgindilar tilining mahalliy tilga ta’siri sodir bo‘lishi, lekin uni siqib chiqarolmasligi yuz bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |