V. Ostki ipni taqish:
1)Ip o`ralgan naychani naycha qalpog`iga shunday solinadiki, naycha ipidan tortilganida, qalpog`idagi ip ariqchasi yo`nalishida aylansin.
2)Naycha ipi naycha qalpog’I ariqchasidan o`tkazib taranglovchi plastina ostidan qisib chiqariladi.
3)Naycha ipi 10-15sm uzunlikda chiqarib qo`yiladi.
4)Naycha qalpog`ining qulufchali plastinasi oxirigacha (chap qo`l bilan) ochiladi, naychaning ipi qo`l ustiga tushiriladi.
5)Naycha qalpog`i moki ichidagi sterjenga kiydiriladi.
6)Naycha qalpog`ining barmog’i qo`zg`almas plastina o`yig`iga kirib turishi kerak.
7)Bu vaqtda igna va ip tortgich eng yuqori holatda turishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |