Bog'liq TIKUV MASHINALARIDA ISHLATILADIGAN MOSLAMALAR VA TIKUV MASHINASINI TA0MIRLASH
3. MASHINADA BAJARILADIGAN ISH O`RNINI TASHKIL QILISH VA MASHINADA ISHLASH USULLARI Mashinada bajariladigan ish o`rni ish stoli 1 (62-rasm) va uning qopqog`i uyigiga o`rnatilgan mashina bosh qismi bilan jihozlangan. Ish stoli 1 ni ikkita tayanch 2 ushlab turadi.
Tayanch 2 ichida boltlar yordamida traversalar 3 mahkamlangan bo`lib, ularga stol qopqog`i 1 mahkamlangan. Bunday biriktirish stol qopqog`i 1 ni vertikal bo`ylab burib rostlashga imkon beradi. Stol qopqog`i 1 ning ustida yoritgich o`rnatilishi mumkin. Mashinaning bosh qismi 4 qopqoq uyigida o`rnatilgan bo`lib, bu mashina bosh qismini tikmaydigan holatga o`tkazib tozalash va detallarni moylash imkonini beradi, bunda uning burilish burchagi tirak 5 bilan cheklangan.
Stol 1 ning ustida galtak tayanchi 6 mahkamlangan. Ip, asboblar va boshqa narsalarni saqlash uchun o`rnatilgan kuticha 7 ni stol qopqog`i 1 tagining o`ng tomonidagi ikkita yo`naltirgich tutib turadi. qopqoq 1 ning tagida tepkini ko`taradigan tizza richagi 8 ning vali ikkita kronshteynda tebranib turadi. Ko`ndalang to`siq 9 da rezina qoplangan pedal 10 ni ikkita kronshteyn tutib turadi, bu pedal zanjir tortki 11 yordamida qopqoq 1 tagidagi elektr yuritmasi richagi bilan bog`langan. qopqoq 1 ning tagiga ajratgich 12 o`rnatilgan bo`lib, u tikuv mashinasining elektr yuritgichini va to`xtatishga xizmat qiladi. Elektr yuritmasining ostida material xususiyatiga qarab tikish tezligini nazorat qiluvchi boshqaruv mezanizmi o`rnatilgan. Tayanch 2 ning tagiga ish stolini himoyalash uchun rezina koplama 13 kiydirilgan. Elektr yuritgichini nolinchi sim bilan ta`minlangan elektr manbaiga ulab erga tutashtiriladi. Mashina bosh qismi 4 ning ustiga boshqaruv pulti o`rnatilgan.
Tikuvchining mashina oldida to`g`ri o`tirishi, ish usullarini o`zlashtirib olishi mehnat unumdorligini oshirishga imkon beradi. Tikuvchining gavdasi oldinga sal engashib turishi kerak. Tikilayotgan buyum tikuvchining ko`zidan 30–40 sm nari turishi, tikuvchining tirsaklari esa stol qopqog`i 1 bilan bir xil balandlikda bo`lishi kerak. Stulning balandligini to`g`ri tanlash katta ahamiyatga ega. Odatda, utirgich balandligini rostlash mumkin bo`lgan burama stullar ishlatiladi. Tikuvchi mashina bosh qismining ruparasida utirishi, uning ikkala oyogi pedal 10 ustida turishi lozim. O`ng oyok kaftini sal oldinrok qo`yish kerak, bunda mashinani asosan o`ng oyokda yurgizib, chap oyokda to`xtatiladi. Zurikish ham ikki oyokka bir xilda taqsimlanib, mashinada ishlash birmuncha osonlashadi. Tikilayotganda tepkini ko`tarish uchun tizza richagi 8 bosiladi, u o`ng oyok tizzasi balandligida bo`lishi kerak.
Ish boshlashdan oldin iplarning to`g`ri taqilganligini tekshirish, agar zarur bulsa, mashinani moylash kerak. Bunda mashinaning elektr yuritmasi uchirilgan bo`lishi kerak. Tikayotgan detallar mashina tepkisining chap tomonida bo`lishi lozim.
Bahyaqator chok boshlanishida va oxirida puxtalanadi. CHok boshlanishidagi bahyaqatorni puxtalash uchun uzunligi 10–15 mm bahyaqator yuritiladi-da, orkaga kaytarish richagi 14 bosiladi, material orkaga qaytadi va xuddi oldingi bahyaqator chizigi ustidan ikkinchi bahyaqator yuritiladi. Bir-biriga nisbatan burchak hosil qiladigan bahyaqatorlar yuritayotganda bahyaqator uzilib qolmassligiga va ignaning birinchi bahyaqator yuritayotgandagi oxirgi sanchigi yangi bahyaqatorning birinchi sanchigi bo`lishiga ahamiyat berish kerak. Mate-riallar surilib ketmasligi uchun mashinani igna eng pastki holatdaligida to`xtatib, so`ngra tepkini ko`tarib, materialni ma`lum burchakka buriladi. Tepki tushirilib, yangi yo`nalishda bahyaqator yuritiladi.
YArimavtomatik tikuv mashinalarini ishlatishda ba`zi hollarda bitta tikuvchi ikkita mashinani boshqarishini ta`minlash uchun ish o`rni tashkil qilinadi (63-rasm). Birinchi yarimavtomatik tikuv mashinasida texnologik jarayon bajarilgo`nga qadar tikuvchi ikkinchi mashinaga mahsulotni joylashtiradi. Tikuvchining ishlashi qulay bo`lishi uchun ish joyi qo`shimcha moslama va qurilmalar bilan jihozlanadi. Bundan tashqari mahsulotni ish joyidan chiqarib olish uchun avtomatik va yarimavtomatik mexanizmlar qo`llaniladi. Mashinada esa ipni avtomatik qirqish va tepkini avtomatik ko`tarish mexanizmi bo`lishi kerak.