Reja: «Texnologiya va dizayn» yo'nalishida yog’ochlarga, metallarga ishlov berish. «Servis xizmati» yo'nalishida gazlamalarga ishlov berish va buyumlarni ta’mirlash



Download 96,5 Kb.
bet2/2
Sana09.04.2022
Hajmi96,5 Kb.
#539837
1   2
Bog'liq
5-7 SINFLARDA SERVIS XIZMATLARI YO\'NALISHINING

«Texnologiya va dizayn» yo'nalishi bo'yicha o'quvchilar quyidagi ko'nikmalarga ega bo'lishlari kerak:

Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallarning turlari, xossalari, sifatlari, shakllari, o'lchamlari, qo'llanilishi va ishlatilish texnologiyalari bo'yicha ma’lumotlar asosida laboratoriya ishlarini; metallga ishlov berishda ishlatiladigan qo'l asboblarini turlarga ajratish va ularning ishga yaroqliligini aniqlay olish; asboblarni ishga tayyorlash va ular bilan ishlav olish; metallga ishlov berish stanoklarining tuzilishi, qismlaridagi kuch-harakatning uzatilish yo'li, stanokni ishga tayyorlay olish; detallar va buyumlarning konstruktiv yechimlarini topa olish; metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg'unlashtirilgan xalq hunarmandchiligiga oid ish usullarini bajara olish.

Yog'ochga ishlov berish texnologiyasi: mahalliy hududda o'sadigan daraxtlar va ulardan olinadigan yog'och turlarini farqlay olish; yog'ochlarning sifatini va ularning nuqsonlarini; asbob-uskuna va moslamalarni ishga tayyorlash, foydalanish va ta’mirlay olish; yog'ochga ishlov berish stanoklarining tuzilishi, qismlaridagi kuch-harakatning uzatilish yo'li. stanokni ishga tayyorlay olish; tayyorlanmaning eskizi va texnologik xaritasini tuza olish, tanlash, rejalash va tayyorlash; yog'ochga ishlov berish jarayonlari bilan uyg'unlashtirilgan xalq hunarmandchiligiga oid ish usullarini bajara olish. Guruhiy ishlash. O’qitish jarayonida guruh bo’lib ishlash metodining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Fanlar bo’yicha nazariy bilimlarni berishda va amaliy mashg`ulotlarni o’tkazishda guruhiy ishlar olib borilishi mumkin. Bu borada barcha ta’lim oluvchilar bir necha kichikroq o’quv guruhlariga taqsimlanadi va bu guruhlar mustaqil ishlaydilar. Kichik guruhlarning ish natijalari keyinroq butun guruh doirasida muhokama qilinishi mumkin. Guruhiy ishlar maxsus bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko’nikmalar o’rganilishi kerak bo’lganda, shuningdek ta’lim oluvchilarda mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qo’llaniladi. Bir nechta ta’lim oluvchilar birgalikda ishlagan paytda, ularning shaxsiy xususiyatlari va xarakterlari orasida o’zaro hamkorlik vujudga keladi. Shuning uchun guruhiy ish tashkil qilish ko’ra murakkabroqdir.


Guruhiy ishda berilgan topshiriqlar puxtalik bilan o’ylab chiqilgan bo’lishi kerak, chunki ularda ta’lim oluvchilar orasida muloqot va hamkorlik qobiliyatini rivojlantirish kabi maqsadlar bor. Guruhiy ish uchun quyidagi o’qitish shakllari mos keladi: 1.Ustaxona shaklidagi guruhiy ish: Ustaxonada bajariladigan amaliy mashg`ulot doirasidagi vaziyatga o’xshash kelajak faoliyat bo’yicha senariylar va muammolar ishlab chiqiladi. Buning uchun dolzarb muammolar o’rganib chiqilishi kerak. Bu muammolar ta’lim oluvchilarning dastlabki bilimlar darajasini inobatga olgan holda va ijodiy fikrlash bilan bog`liq holda ta’lim oluvchilarni yechimlarga undashlari kerak
2. «Reja o’yini» shaklidagi guruhiy ish: «Reja o’yinlari» belgilangan vaziyatda turli xil yechimlarni sinab ko’rish imkonini beradi. Ta’lim oluvchilar bunda muammoga bo’lgan har xil ta’sirlar natijaga qanday ta’sir qilishini o’rganadi. Buning uchun sabab va oqibat bir-biri bilan bog`liq ravishda ko’rilishi kerak. Masalan har xil kompyuter dasturlari orqali korxona va firmalar faoliyati sohasidagi masalalarni « o’yin orqali» sinab ko’rish imkoniyatini yaratadi. Ta’lim oluvchilar o’yin jarayonida o’zaro raqobat munosabatida bo’ladilar.
3. Loyiha shaklidagi guruhiy ish: Loyihaviy ish bir loyihani anik belgilangan chegara doirasida ishlab chiqishni talab qiladi. Loyiha shaklidagi guruhiy ish juda ham katta ahamiyatga ega, chunki bunda vazifalar topshiriqlar majmuasi bo’yicha aniq taqsimlanishi kerak bo’ladi. 3. Munozara metodi jarayonida yuzaga keladigan bahslashish fikrlashning ifodasi bo’libgina qolmay, shakllanib kelayotgan shaxs o’zining biror narsani hal etish, mustaqillikda kattalar bilan teng xuquqli ekanligini yoqlash ehtiyojidir. Ana shu bahsda u o’z bilimini namoyish etadi, keng fikrlaydi, fikrlarni dalillar bilan asoslaydi, bu fazilatlar esa ta’lim oluvchilar o’rtasida o’zaro katta hurmat uyg`otadi..
4. Mashq metodi. Mashq - bu o’tilgan o’quv materiallarini amaliyotda qo’llash maqsadida, rejali tashkil etilgan amallarni ko’p marotaba bajarishdir. Ushbu metodning afzalligi shundan iboratki, u, ko’nikma va malakalarni samarali shakllanishini ta’minlaydi Mashq-ko’nikma va maxoratlarning tashkil etuvchilari bo’lganligi kabi ishlab chiqarish ta’limining ham asosiy metodi bo’lib xisoblangan mashqlar bilan shakllanadi. Mashq deganda ongli ravishda ma’lum bir faoliyat metodi bo’yicha amaliy xarakatlarni ko’p martalab takrorlash tushuniladi.
Ta’lim oluvchilarning mustaqil kuzatuvi. Bu metod asosan murakkab tuzilishdagi jixozlarga xizmat ko’rsatish bilan bog`liq kasbni egallamokchi bo’lgan ta’lim oluvchilarning ishlab chiqarish ta’limida qo’llaniladi. Kuzatuv ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil ravishda, ishlab chikarish ta’limi ustasining nazorati va uning ko’rsatmalari bo’yicha o’tkaziladi. Topshiriqda odatda mustaqil kuzatuvlar maqsadi qo’yiladi, ularni o’tkazish tartibi ko’rsatiladi va kuzatuvlar natijalarini qayd qilish bo’yicha ko’rsatmalar beriladi .
Ishbilarmonlik va rolli vaziyatli o’yinlar ta’lim metodi sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi: - o’rgatuvchi: umumta’lim mahoratni shakllantirish; ijodiy qobiliyatni o’stirish; shu jumladan: yangi vaziyatlarni tushuntirish, aniqlash va tahlil qilish; - rivojlantiruvchi: mantiqiy tafakkurni, nutqni, atrof-muhit sharoitiga o’rganish qobiliyatini o’stirish; - motivatsion: ta’lim oluvchilarni o’quv faoliyatiga undamoq, mustaqil xulosaga kelishishga rag`batlantirmoq; tarbiyaviy: ma’suliyatni, mustaqillikni shakllantirish.
6.Muammoli vazifalar metodi Muammoli vazifalar metodi – ta’lim oluvchilarga muammoli vaziyatlarni va ularning faol bilish faoliyatini tashkil etishga asoslangan metoddir. U, aniq vaziyatlarni tahlil qilish, baholash va keyinchalik qaror qabul qilishdan iborat. Bu metodning etakchi funkstiyalariga quyidagilar kiradi: o’rgatuvchi: bilimlarni dolzarblashtirishga asoslangan; rivojlantiruvchi ta’lim oluvchilarda tahliliy tafakkurni, alohida dalillar orqasidagi hodisa va qonuniylikni ko’ra bilishni shakllantirish; tarbiyalovchi: kommunikativ ko’nikmalarni shakllantirish.

7. Topshiriq metodi. Topshiriq metodining ijobiy tomoni shundaki, unda ta’lim oluvchilar uchun yakka holda emas, guruh bilan birgalikda o’tilgan materialni qayta ko’rib chiqib, esga tushirishlari uchun sharoit yaratiladi. Bunda ta’lim oluvchilar bilmagan yoki yoddan chiqargan bilimarini bir-birlaridan o’rganadilar. Mustaqil bajarishga mo’ljallangan topshiriqlar o’quv semestri davomida ta’lim oluvchilar tomonidan amalga oshirilib borilsa, ta’lim oluvchilar materialni yodlariga tushirib, yakuniy nazoratlarni yaxshi topshirishlariga yordam beradi.


8. Aqliy hujum. Bu topshiriqning maqsadi iloji boricha ko’proq ijodiy fikrlarni yuzaga keltirishdir. Istalgan fikrlar qabul qilinadi. Yig`ilgan firklardan qay birini kelgusida ishlatishni butun guruh hal qiladi. O’quv mashg`ulotni “Aqliy hujum” metodini qo’llab o’tishning ishlab chiqish qoidalari. O’zaro baholash va tanqidga o’rin yo’q. Taklif etuvchi g`oyalar fantastik va g`aroyib bo’lsa, ham ularni baholashdan saqlang hammaning fikr bildirishiga ruxsat etiladi. Tanqid qilmang barcha bildiriluvchi fikrlar teng qimmatli. So’zga chiqqan kishining gapini bo’lmang!
9.Suqrot texnikasi. Ma’ruzalarda tez-tez ishlatiladigan metod unda o’qituvchi ta’lim oluvchilarni savol-javoblar orqali mo’ljallangan maqsad sari etaklaydi. 10.Yo’naltiruvchi matn metodi. Bu metod yordamida mustaqil o’rganish imkoniyati yaratiladi va har bir ta’lim oluvchi yangi ko’nikma uchun kerak bo’lgan bi­limni olishi mumkin bo’ladi . Yo’naltiruvchi matn metodi ta’lim oluvchilarga induvidial yondashish va mustaqil ishlash imkonini beradi. Bu metodda o’quv materialini o’rganish yoki mustaqil ish topshiriqlarini bajarish ta’lim oluvchi tomonidan quyidagi 6 bosqichda amalga oshiriladi .
11. Video metod Video metod – axborotni ko’proq ko’rgazmali o’zlashtirishga asoslangan bo’lib, unda kineskop, kodoskop, proektor, kinoapparat, o’quv televideniesi, videomagnitafon, axborotni displeyda aks ettiruvchi kompyuterlardan foydalaniladi. O’quv jarayonida videometoddan foydalanish, sizning ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni unumli yechishingizni ta’minlaydi: murakkab mexanizmlar va mashinalarning ishlash tamoyillarini dinamikada tushuntirish; chet tili darslarida o’ziga xos til muhitini yaratish; video hujjatlarni taqdim etish; mashq qilish ishlarini bajarish, jarayonlarni modellashtirish, kerakli o’lchamlarni olib borish; o’quv-mashq va tadqiqot ishlarini olib borish uchun ma’lumotlar bazasini (bankini) yaratish.
Download 96,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish