Masofadan boshqarish tizimi
Masofadan boshqarish tizimida 2.6- rasmda ko‘rsatilganidek operator stansiyasi boshqaruv markazida joylashgan bo‘lib texnalogik jarayoni nazorat qilinishi va boshqaruvi masofadan turib aloqa tarog‘i orqali amalga oshiriladi. Kontroller o‘lchov qurilmasi va texnalogik jarayonga ulangan bo‘lib jarayonni mahalliylashtirilan holda ko‘radi. Kontroller o‘ziga topshirilgan vazifalarni va avtomatlashtirish funksiyalarini mahaliy tarmoq orqali operator stansiyasi yordamisiz amalga oshiradi va boshqaruv markazidagi operator stansiyasi bilan aloqada bo‘ladi. Operator stansiyasinig vazifasi texnalogik jarayonni faqat kuzatishdan iborat bo‘lib, zarurat bo‘lgandagina bo‘shqaruvni o‘z zimmasiga olishi mumkin. MBT , odatda tarmoqni ikkala tarafida ham ketma-ket aloqa interfeysidan foydalaniladi. Boshqaruv markazidagi tizim ko‘pincha asosiy stansiya deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |