2.Issiqlik mashinalari va ularning foydali ish koeffisienti. Ichki energiyani mehanik energiyaga aylantirib beruvchi mashinalar issiqlik mashinalari yoki issiqlik dvigatellari deb ataladi.
Barcha kurinishdagi issiqlik dvigatellarida yoqilgining energiyasi avval gazning (yoki bugning) energiyasiga aylanadi. So`ng gaz kengayib ish bajaradi va soviydi, uning ichki energiyasi harakatlanuvchi mehanizm (porshen) ning mehanik energiyasiga aylanadi. Issiqlik mashinalarida aylanma jarayon deb ataladigan jarayonlarda ichki energiyaning mehanik energiyaga aylanishi amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |