Reja: Tender savdolarining mohiyati va uning turlari



Download 51,72 Kb.
bet1/2
Sana15.11.2022
Hajmi51,72 Kb.
#865838
  1   2
Bog'liq
matn (2)


6-MAVZU. TENDER SAVDOLARINI TASHKIL ETISH VA XARIDNI AMALGA OSHIRISHDA BAHOLAR MONITORINGI
REJA:

  1. Tender savdolarining mohiyati va uning turlari

  2. Tenderni tashkil etish va o’tkazish tartibi

  3. Xaridni amalga oshirishda baholar monitoringi

Tayanch so’z va iboralar




Tender savdolari, ochiq tender, yopiq tender, ikki bosqichli tender, xalqaro tender, milliy tender, mahalliy tender, tovarlar etkazib berish uchun savdolar, bajariladigan ishlar uchun savdolar, xizmatlar ko’rsatish uchun savdolar, tender komissiyasi, tenderni tashkil etishda buyurtmachining funksiyalari, tenderni tashkil etishda ishchi organning funksiyalari, tender yakunlari bo’yicha shartnomalarni tuzish va ijro etish

1. Tender savdolarining mohiyati va uning turlari


Tender savdolari - dunyo amaliyotida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid etishning asosiy instrumenti sifatida qaraladi. Savdolarni tashkil etishning tartibi va shartlari umumqabul qilingan xalqaro me’yorlar va qoidalar bilan tartibga solinib turiladi. Ushbu qoidalar yirik xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar, donorlik agentliklari tomonidan xarid etish jarayonlarida yaqqol nomoyon bo’ladi. Bundan tashqari, tenderlar orqali tovarlar va xizmatlarni xarid etish usullari har bir mamlakatning milliy qonunchiligi, soha me’yorlari va boshqa majburiy, tavsiya etiladigan hujjatlar bilan begilab beriladi.
Tender savdosidan ko’zlangan asosiy maqsad, tovarlar va xizmatlarni past baholarda va optimal sifat ko’rsatkichlari asosida sotib olishdan iborat. Bundan ko’rinib turibdiki, tender savdolarida g’olibni aniqlovchi asosiy omil – nomzod taqdim etgan taklifda sifat va baho ko’rsatkichning nisbati hisoblanadi. Ammo, ushbu ikki ko’rsatkichning nisbati sovdo predmetidan (tovarlar yoki xizmatlar) va ayrim olingan savdolarni o’tkazishda ishlatiladigan tender hujjatlari yo’riqnomalaridan kelib chiqib, turlicha bo’lishi mumkin. Tender savdolarining, yoki o’zbek tilidagi nashrlarda uchraydigan “tanlov” asosida tashkil etiladigan savdolarning bir-nechta turlari mavjud.
Savdolar ishtirokchilarga ko’ra (ochiq, yopiq va boshqalar), ishtirok etishga ruxsat berilishiga ko’ra (kvalifikatsion tanlov asosida yoki ushbusiz), geografik belgilariga ko’ra (xalqaro, milliy, mahalliy), tanlab olish jarayoniga ko’ra (oddiy, soddalashtirilgan) va boshqalar. Shuningdek, savdolarning klassifikatsiyasining yana bir turi bu – uning predmetiga qarab, masalan, tovarlar etkazib berish uchun, bajariladigan ishlar va xizmatlar ko’rsatish uchun kabi turilarga bo’linadi. Mazkur klassifikatsiya quyidagilarni nazarda tutadi:
Tovarlar etkazib berish uchun savdolar –davlat va xususiy sektor uchun sanoat va boshqa tovar mahsulotlarini xarid etishda ishlatiladi. Savdoning predmeti bo’lib, asbob-uskunalarni ishlab chiqish, tayyorlash, etkazib berish, montaj va uni ishga tushirish, shuningdek etkazib berilgan tovarlarni keyingi ekspluatatsiyasi bilan bog’liq qo’shimcha vazifalar, masalan, texnik xizmat ko’rsatish, remont, personalni o’qitish va sotuvdan keyingi xarajatlar. Bunda, savdo ishtirokchilari – buyurtmachi va mol etkazib beruvchidan iborat.
Bajariladigan ishlar uchun savdolar – pudrat savdolari sifatida ma’lum bo’lib, qurilish va qurilish-montaj ishlarini bajarishda pudratchilarni yollash hamda kerakli xizmatlarni bajarish, masalan, kafolat muddati davomida ob’ektni ta’mirlab borish, personalni ekspluatatsiya xizmatlariga o’qitish va boshqalardan iborat. Savdo ishtirokchilari – buyurtmachi va pudratchilardan iborat.
Xizmatlar ko’rsatish uchun savdolar – texnik-iqtisodiy, ekologik va turli ekspertiza, loyiha ishlari, qurilish loyihalari, ishlarni sifatini nazorat etish, ma’lum tadqiqotlarni amalga oshirish kabilar uchun injener, yuridik, moliya-iqtisodiy va boshqa xizmatlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Savdo ishtirokchilari – buyurtmachi va maslahatchilardan iborat. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, savdolar turli xil tusga ega. Sanab o’tilgan savdolar uchun, dunyo amaliyotida o’ziga xos tender va shartnoma hujjatlari mavjud bo’lib, uning tarkibi va ma’nosi, yirik xalqaro moliya tashkilotlari (Jahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Evropa hamjamiyati komissiyasi, Osiyo taraqqiyot banki va hakozolar) tomonidan ishlab chiqilgan yo’riqnomalar, har bir mamlakatning milliy qonunchiligi, me’eriy va uslubiy ko’rsatmalari bilan muvofiqlashgan.
Xom-ashyo, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o’tkazish to’g’risidagi Nizom (21.11.2000y 456-sonli Qarori bilan tasdiqlangan) davlat byudjeti, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlari mablag’lari, Hukumat kafolati bo’yicha olingan xorijiy kreditlar, Jahon banki guruhi, ETTB, OTB, Xalqaro hamkorlik Yapon banki, "KfW" banki kabi xalqaro va xorijiy moliya institutlari tomonidan taqdim etilgan xorijiy grantlar mablag’lari evaziga import qilingan, yoki O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan xom ashyolar, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish bo’yicha tender savdolarini tashkil qilish mexanizmini belgilab beradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida boshqacha tartib belgilangan bo’lsa, yoki xorijiy grantlar va kreditlar taqdim etilishida boshqacha shartlar belgilangan bo’lsa, bunday hollarda mazkur Nizom tartibi qo’llanilmaydi.
Tenderlarni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad – bu, davlat byudjeti, byudjetdan tashqari maqsadli fondlari mablag’lari foydalanish samaradorligin orttirish va sotib olinayotgan xom– ashyolar, materiallarning sifat darajasini oshirishdan iborat.
Tender savdolari xaridlarning faqat manbalarning mavjudligi va mablag’ bilan ta’minlash miqdorlari to’g’risida tasdiqnomalar (moliya organlari yoki byudjetdan tashqari jamg’armalarni tasarruf etuvchilarning bildirish xati, xorijiy kreditorlar bilan hukumat kafolati ostida imzolangan kredit shartnomalari, xorijiy grantlar berish to’g’risidagi bildirish xati va boshqalar) mavjud bo’lgan hajmi bo’yicha e’lon qilinishi mumkin. Tenderlar tenderlarni o’tkazishning doimiy, yoki vaqtinchalik organi bo’lgan tender komissiyasi tomonidan o’tkaziladi.
Tender komissiyasi tovar etkazib berish qiymati 1,0 mln AQSh dollariga teng miqdordan oshmaydigan bitta shartnoma bo’yicha amalga oshirilganda xarid qiluvchi tashkilot (“buyurtmachi” deb ataladi) tomonidan tuziladi. Tovar etkazib berish qiymati 1,0 mln AQSh dollariga teng miqdordan oshadigan bitta shartnoma bo’yicha amalga oshirilgan taqdirda tender komissiyasi buyurtmachi tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishgan holda tuziladi.
Tarmoq vazirliklari va idoralari rozi bo’lgan taqdirda ularning viloyat, tuman, shahar bo’limlari, O’zR Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 noyabrdagi 456-sonli qaroriga ilova qilingan “Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilish bo’yicha tender savdolari o’tkazish to’g’risida”gi nizomi talablariga rioya qilgan holda, tender o’tkazish bo’yicha buyurtmachilar bo’lishi mumkin.
Tender komissiyasi a’zolari soni toq (odatda kamida to’qqiz, o’n bir kishi), shu jumladan uning tarkibi quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • buyurtmachining vakillari;

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi yoki ularning hududiy bo’linmalari vakillari (zarur bo’lganda);

  • xizmat ko’rsatuvchi tijorat banki va mustaqil ekspert tashkilotlar vakillari;

  • buyurtmachining yuqori tashkilotlari, vazirliklari, idoralari vakillari;

  • tender savdolari xorijiy tovar etkazib beruvchilarni jalb etgan holda tashkil qilingan taqdirda, transport-ekspeditorlik kompaniyalari vakillari.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, buyurtmachining yoki unga qarashli korxonalar va tashkilotlar vakillari soni tender komissiyasi tarkibining 30 foizidan oshmasligi kerak.
Tender komissiyasi a’zolarining tayinlanishi yuzasidan buyurtmachi javob beradi.
Tender komissiyasining ishchi organi tenderlarni o’tkazishni (tovar etkazib beruvchilarni oldindan malakali tanlash, tushadigan takliflarni ekspert baholash, binolar va yordamchi xodimlar berish, reklama ishlarini tashkil etish, tender komissiyasi hujjatlarini va shu kabilarni amalga oshirishni) amalda tashkil etuvchi asosiy organ hisoblanadi.
Buyurtmachining tanlovi bo’yicha shartnoma asosida ixtisoslashgan tashkilot yoki buyurtmachining o’zi ishchi organ bo’lishi mumkin, u zarur bo’lganda shartnoma asosida boshqa tashkilotlar mutaxassislarini ham jalb etishi mumkin.
Tovar etkazib berish qiymati 1,0 mln AQSh dollariga teng miqdordan oshadigan bitta shartnoma bo’yicha amalga oshirilganda ishchi organ buyurtmachi tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishgan holda belgilanadi.
Ishchi organ ixtisoslashgan tashkilotning, shuningdek, boshqa tashkilotlar mutaxassislarining huquq va vazifalari doirasi shartnomalarda belgilanadi.
Davlat xaridini tashkil etishda buyurtmachi va ishchi organning funktsiyalariga e’tibor beradigan bo’sak, tenderlarni o’tkazishda buyurtmachi:

  • tenderlarni o’tkazish, ularning o’tkazilish sanasi to’g’risida qaror qabul qiladi, sotib olinadigan tovarlarning eng yuqori bahosini belgilaydi va rasmiy farmoyish chiqaradi; ishchi organ faoliyatini nazorat qilib boradi va tender komissiyasi ishida qatnashadi;

  • tender hujjatlarini tayyorlash shartlarini belgilaydi;

  • tenderlarni tayyorlash va o’tkazish bilan bog’liq xarajatlarni amalga oshiradi;

  • tender g’olibi bilan shartnoma tuzadi.

Ishchi organ buyurtmachi bilan kelishgan holda:

  • savdo va uni rasmiylashtirish tartibini belgilaydi;

  • tender hujjatlarini ishlab chiqishni tashkil etadi;

  • ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi yoki taklifnomalar jo’natishni tashkil etadi;

  • jalb etiladigan ekspertlar va maslahatchilar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

  • da’vogarlarni tender hujjatlari bilan tanishtiradi;

  • arizalarni qabul qiladi, ularning hisobga olib borilishini, saqlanishini va maxfiyligini ta’minlaydi.

Tenderlarni tashkil etishning asosiy tamoyillari oshkoralik, qarorlarni qabul qilishning ob’ektivligi, tender qatnashchilariga teng sharoit yaratish, shu bilan birga mahalliy korxonalarga ustuvorlik berish bo’lib hisoblanad.
2. Tenderni tashkil etish va o’tkazish tartibi
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.10.00.00 Мажбурият ҳуқуқи / 03.10.05.00 Шартнома. Шартномаларни тузиш, ўзгартириш ва бекор қилиш]
[ТСЗ:
1.Фуқаролик қонунчилиги. Тадбиркорлик / Мажбурият ҳуқуқи. Мажбуриятларнинг алоҳида турлари]
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 noyabrdagi 456-son qaroribilan tasdliqlangan “Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilish bo’yicha tender savdolari o’tkazish to’g’risida NIZOM xorijiy tovar etkazib beruvchilar bilan bir qatorda, mamlakatimiz korxonalarini, shu jumladan kichik biznes sub’ektlarini tender savdolari jarayoniga jalb etish maqsadida ishlab chiqilgan.
Nizom

  • Davlat byudjeti mablag’lari;

  • byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalar;

  • donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlar bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida beriladigan xorijiy grantlar;

  • O’zbekiston Respublikasi kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan import qilinadigan va O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalarni xarid qilish yuzasidan tender savdolari (keyingi o’rinlarda «tenderlar» deb ataladi) o’tkazishni tashkil etish mexanizmini belgilab beradi.

Iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va ijtimoiy sohada amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishni amalga oshirishda bitta kontrakt bo’yicha 5,0 mln AQSh dollaridan ortiq ekvivalentdagi summadagi tender savdolari Vazirlar Mahkamasining «Tender savdolari o’tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2015 yil 14 sentyabrdagi 264-son qarorida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda o’tkaziladi.
Ushbu Nizomning amal qilishiO’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishga; agar donor mamlakatlarning, tegishli xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarning tartibotlarida yoki O’zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar berish va xorijiy grantlar berish shartlarida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishning o’zgacha tartibi belgilangan bo’lsa, tatbiq etilmaydi.
Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilishga yo’naltiriladigan davlat byudjeti, davlat byudjetida jamlanadigan byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar mablag’laridan, Hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar va xorijiy grantlardan foydalanish samaradorligini oshirish;xarid qilinadigan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar sifatini oshirish tenderlar o’tkazishning maqsadi hisoblanadi.
Tender savdolari 100 ming AQSh dollariga teng miqdordan ortiq bitta kontrakt bo’yicha tovarlar etkazib berishni amalga oshirishda o’tkaziladi.300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha teng summadagi bitta kontrakt bo’yicha etkazib berishlarni amalga oshirishda xaridlar buyurtmachi tomonidan tashkil etiladigan maxsus komissiya qaroriga ko’ra quyidagi yo’llar bilan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida tender savdolari o’tkazmasdan amalga oshiriladi.
Tenderlar tenderlarni o’tkazishning doimiy yoki vaqtinchalik organi bo’lgan tender komissiyasi tomonidan o’tkaziladi.
Tender komissiyasi tovar etkazib berish qiymati 1,0 mln AQSh dollariga teng miqdordan oshmaydigan bitta kontrakt bo’yicha amalga oshirilganda xarid qiluvchi tashkilot (keyingi o’rinlarda «buyurtmachi» deb ataladi) tomonidan tuziladi. Tovar etkazib berish qiymati 1,0 mln AQSh dollariga teng miqdordan oshadigan bitta kontrakt bo’yicha amalga oshirilgan taqdirda tender komissiyasi buyurtmachi tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishgan holda tuziladi.
Tarmoq vazirliklari va idoralari rozi bo’lgan taqdirda ularning viloyat, tuman, shahar bo’limlari, ushbu Nizom talablariga rioya qilgan holda, tender o’tkazish bo’yicha buyurtmachilar bo’lishi mumkin.
Tenderni tashkil etish va o’tkazish quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:

  • tenderning sohasini belgilash;

  • tender hujjatlarini (ixtisoslashgan texnik va tijoriy konsultantlarni jalb etgan holda) tayyorlash;

  • tenderni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish va/yoki tenderda qatnashishi mumkin bo’lganlarga tenderda qatnashish uchun taklifnomalar jo’natish;

  • tender qatnashchilaridan tender bo’yicha takliflarni qabul qilish;

  • tenderda qatnashishi mumkin bo’lganlarni aniqlash;

  • tender bo’yicha tushgan takliflarni baholash va tender g’olibini aniqlash;

tender g’olibi bilan kontraktni imzolash.
Ishchi organ tender (tender savdolari) o’tkazilishidan kamida 30 kun oldin tender to’g’risidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish (bunda ushbu maqsad uchun ham mamlakatimizda, ham chet ellarda eng keng tarqalgan va ixtisoslashgan jurnallar, gazetalarni tanlash majburiy hisoblanadi) va/yoki mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchilarni, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini albatta jalb etgan holda pochta, telefaks orqali yoki boshqacha shaklda aniq da’vogarlarga rasmiy taklifnomalar yuborish yo’li bilan da’vogarlarga etkazadi.
Yopiq tenderlar o’tkazilganda tender to’g’risidagi e’lon ommaviy axborot vositalarida chop etilmaydi.
Tenderlar to’g’risidagi axborotda quyidagi ma’lumotlar bo’ladi:

  • ishchi organning nomi;

  • tenderning mavzusi;

  • tovarni etkazib berish shartlari va mo’ljallangan etkazib berishni bajarish muddatlari;

  • sotib olinadigan tovarning eng yuqori narxi;

  • tenderda qatnashish uchun da’vogarlarni oldindan malakali tanlash muddatlari;

  • tender hujjatlarini olishi mumkin bo’lgan tender komissiyasi ishchi organining manzili, bog’lanish telefoni va telefaksi;

  • tender hujjatlarining narxi;

  • tender bo’yicha taklif berish vaqtida tender qatnashchisi uchun zakalat summasi;

  • tender komissiyasi tomonidan takliflarni qabul qilib olishning (kun va soat ko’rsatilgan holdagi) so’nggi muddati;

  • mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko’rsatuvchilar) uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan narx imtiyozlari;

  • mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari (etkazib beruvchilari)ning, shu jumladan kichik biznes korxonalarining tenderda qatnashishi mumkinligiga doir ko’rsatmalar.

Tender hujjatlari quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • tender qatnashchisi uchun yo’riqnoma;

  • tenderning texnik qismi;

  • tenderning tijorat qismi;

  • kontraktning rasmiy shakli.

Tender qatnashchisi uchun yo’riqnomada:

  • tenderlar qachon o’tkazilishi to’g’risida ma’lumot olish yuzasidan tender komissiyasining ishchi organi vakili bilan bog’lanish uchun manzil va bog’lanish telefonlari;

  • tender komissiyasiga yuborilayotgan tender takliflarining nusxalari soni to’g’risida ko’rsatma;

  • tender taklifini rasmiylashtirish tartibi va uni vizalashga nisbatan qo’yiladigan talab;

  • tender taklifi uning qatnashchisi tomonidan tender komissiyasiga taqdim etilgandan so’ng unga o’zgartirishlar kiritish va uni rasmiylashtirish tartibi;

  • narxlar belgilash va valyutaga oid ko’rsatma;

  • tender komissiyasiga takliflar berish tartibotiga nisbatan talab;

  • tender qatnashchisining kelishib olingan vaqt mobaynida o’z taklifidan qaytmasligini kafolatlovchi zakalat pulining miqdori, uni to’lash va qaytarib olish tartibi;

  • buyurtmachining xohishiga ko’ra — tender savdolari natijalari bo’yicha tuzilgan kontraktni zarur darajada bajarish yuzasidan beriladigan pul kafolati (garovga sifatidagi)ning miqdori, uni to’lash va qaytarib olish tartibi;

  • tender qatnashchilari tomonidan tender hujjatlari talablariga asoslangan takliflar bilan bir qatorda muqobil takliflar berish mumkinligi to’g’risida axborot;

  • tender qatnashchisining iltimosi asosli bo’lganda tenderlarning yopilishi sanasini boshqa kunga ko’chirish mumkinligiga oid ko’rsatma;

  • har qanday hujjatning va o’tkazilgan tenderlar doirasida tuziladigan hujjatlarning maxfiyligi ta’minlanishi;

  • takliflar solingan konvertlarni ochish tartiboti bayoni va tender komissiyasi tomonidan tender g’olibini aniqlash muddati ko’rsatiladi.

Tenderning texnik qismida xarid qilinadigan tovarga nisbatan zarur texnologiya talablari bo’ladi.
Tender hujjatining tijorat qismi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • tovar narxi va uni belgilash tartibi (tender savdolarida qatnashish uchun xorijiy tovar etkazib beruvchilar jalb qilingan hollarda xarid qilinadigan tovarlarni tashib keltirishning qiymati alohida ajratib ko’rsatiladi);

  • etkazib berish shartlari;

  • to’lov sharti va to’lovlar jadvali;

  • bitishuvlarni mablag’ bilan ta’minlash manbalari.

Kontrakt rasmiyatchiligi kontraktlarga nisbatan qo’yiladigan talablarga javob berishi kerak, jumladan:kontraktning xalqaro savdo huquqining umumiy qabul qilingan me’yorlariga muvofiqligi;kontraktning O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va normativ hujjatlariga muvofiqligi.Bitim (kontrakt) rasmiyatchiliklarini tuzish chog’ida buyurtmachi yoki ishchi organ maslahatlashish uchun shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan konsalting firmalariga murojaat qilishga haqlidir.
Tenderlarda ularda qatnashish uchun qo’yiladigan shartlarni bajargan, tender asosida xarid qilinadigan mahsulotning tegishli hajmlarini etkazib berish tajribasiga ega bo’lgan ham xorijiy firmalar va tashkilotlar, ham vatanimiz ishlab chiqaruvchilari (tovar etkazib beruvchilari) qatnashishlari mumkin.
E’lon bosib chiqarilgandan so’ng tenderda qatnashishni xohlovchi da’vogarlar tender hujjatlari oladilar, ular pul to’lash asosida har bir da’vogarga beriladi. Tender hujjati olish uchun to’lov miqdori tender komissiyasi tomonidan belgilanadi. Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari (tovar etkazib beruvchilari) uchun tender hujjatlari olish uchun to’lov miqdori so’mlarda belgilanadi.
Ishchi organ tushgan buyurtmanomalar va mazkur Nizomga asosan da’vogarlarni oldindan malakali tanlab olish uchun materiallarni to’playdi va tartibga soladi.
Tender boshlangunga qadar tenderda ishtirok etish uchun qo’yiladigan da’vogarlarning tender komissiyasi tomonidan malakali tanlovi o’tkaziladi.
Ishchi organi tomonidan amalga oshiriladigan malakali tanlovda:
qayta tashkil etish, tugatilish yoki bankrotlik bosqichida bo’lgan;

  • malakali tanlov uchun barcha zarur hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etmagan;

  • ilgari tuzilgan kontraktlar bo’yicha qabul qilingan majburiyatlarni zarur darajada bajarmagan;

  • tender e’lon qilingunga qadar ta’sis etilganiga 6 oy bo’lmagan;

  • buyurtmachi bilan sud yoki hakamlik muhokamasida ishi ko’rib chiqilayotgan;

  • tijorat va moliya ko’rsatkichlari bo’yicha tender komissiyasining talablariga javob bermaydigan tashkilotlar va firmalarning tenderlarda ishtirok etishlariga yo’l qo’yilmaydi.

Tanlab olingan qatnashchilar ro’yxati tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tenderda qatnashishga ruxsat etishni rad etish to’g’risidagi qaror tender komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu haqda ishchi organ da’vogarlarni yozma ravishda xabardor qiladi.
Ommaviy axborot vositalarida tender o’tkazish to’g’risidagi e’lon rasman bosib chiqarilgan sana yoki tender qatnashchisi pochta (sana pochta shtempeli bo’yicha aniqlanadi), telefaks bo’yicha yoki boshqa shaklda xabar qilingan (taklif etilgan) sana tender ochilgan sana hisoblanadi.
O’tkaziladigan tenderlar doirasida tender takliflari tayyorlash muddati tender komissiyasi tomonidan belgilanadi va tender ochilishi to’g’risidagi e’londa ko’rsatib o’tiladi.
Tender komissiyasi tender takliflarini taqdim etish muddatini uzaytirish to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin, ushbu qaror tenderning barcha qatnashchilariga nisbatan joriy etiladi.
Tender komissiyasi o’z ishi tartibini mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Mazkur masala bo’yicha qaror tender komissiyasi a’zolari umumiy sonining oddiy ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo’lib qolgan hollarda tender komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Har bir aniq holatda tender komissiyasi tenderda qatnashish uchun da’vogar tomonidan beriladigan zakalatni olish tartibi, miqdori va shaklini belgilab beradi. Zakalat miqdori xarid hisob-kitob qiymatining 1-5 foizi doirasida bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Zakalatlar buyurtmachi yoki ishchi organning hisobvarag’iga kiritiladi (agar ixtisoslashtirilgan tashkilot ishchi organ bo’lib hisoblangan hollarda). Mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari (tovar etkazib beruvchilari)ning zakalatlari so’mlarda olinadi.
Tender takliflari faqat muhrlangan ikki qavatli xat jildda qabul qilinadi. Ishchi organning nomi va manzili ko’rsatilgan tashqi xat jildda tender qatnashchisi tomonidan zakalat berilganligini tasdiqlovchi hujjat, ichki xat jildda — tender taklifi, savdosi e’lon qilingan tovarning nomi va takliflarni qabul qilish uchun belgilangan sana bo’ladi.
Barcha hujjatlar ro’yxatga olish daftariga topshiruvchi va qabul qilib oluvchi shaxsning imzosi bilan qabul qilib olingan sana va vaqt yozib qo’yilgan holda qabul qilinadi. Ro’yxatga olish daftari ip o’tkazib bog’langan, tartib raqami qo’yilgan va buyurtmachining yoki ishchi organ (ixtisoslashtirilgan tashkilot)ning gerbli muhri bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak.
Xat jildlarni ochish tartibi, ularni ko’rib chiqish va saqlash tartibi maxfiylik me’yoriga rioya qilingan holda tender komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Tender komissiyasi tender buyurtmanomalarini qabul qilishning oxirgi sanasini, xat jildlarni ochish vaqti va joyini belgilaydi.
Ko’rsatib o’tilgan sanadan keyin olingan takliflar ko’rib chiqilmaydi va xat jildlar ochilmasdan tender qatnashchilariga qaytarib yuboriladi. Tender qatnashchisi ko’rsatib o’tilgan sanadan so’ng o’zgartirishlar kiritgan yoki o’z taklifini qaytarib olgan hollarda zakalat unga qaytarib berilmaydi. Tender qatnashchisi tender buyurtmanomalari qabul qilib olinadigan oxirgi sanagacha kechi bilan 5 kun muddatda o’z taklifini qaytarib olish huquqiga egadir.
Tender komissiyasi majlisini o’tkazish uchun kvorum uning tarkibining 70 foizini tashkil etadi. Tender komissiyasining barcha majlislari va barcha qabul qilingan qarorlari protokollar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Tender qatnashchilarining takliflari solingan xat jildlar bevosita tender komissiyasi majlisida ochiladi. Bunday hollarda tender komissiyasi majlisining protokolida tender qatnashchilari tomonidan taqdim etilgan takliflarning tender hujjatlariga muvofiqligi yozib qo’yiladi.
Tender takliflarini ko’rib chiqish muddati tender komissiyasi tomonidan xat jild ochilgan vaqtdan boshlab belgilanadi. Bu muddat sotib olinadigan tovarning turiga bog’liq bo’lib uch oydan ortiq bo’lishi mumkin emas. Takliflarni ko’rib chiqish chog’ida ularning tender hujjatlari talablariga muvofiqligi aniqlanadi, zarur hujjatlarning mavjudligi va ularning to’g’ri rasmiylashtirilishi tekshiriladi.
Tender komissiyasi tushgan takliflarning tender shartlariga muvofiqligini tekshiradi va tender shartlarida belgilangan, shuningdek ushbu Nizom X-I bo’limining talablariga muvofiq, eng ko’p raqobat narxlari, etkazib berish shartlari, to’lov va boshqa mezonlar bo’yicha g’oliblarni aniqlaydi.
Sharoitlar teng bo’lgan boshqa hollarda g’olibni aniqlashda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari (etkazib beruvchilari)ga ustunlik beriladi.
Tenderni tashkil etish va o’tkazish xarajatlari, shuningdek, ekspert tashkilotlarining xizmatlari uchun to’lovlar qatnashchilar tomonidan tender hujjatlarini sotib olish uchun to’langan mablag’lardan to’lanadi.
Tender o’tkazilgandan keyin buyurtmachi yoki ishchi organ (ixtisoslashtirilgan tashkilot) qatnashchilarga (g’olib bundan mustasno) ularning zakalatlarini bank operatsiyalarini o’tkazish xarajatlarini chiqarib tashlagan holda qaytaradi. Zakalat tender g’olibi e’lon qilingan vaqtdan boshlab belgilangan muddat mobaynida, biroq 11 bank kunidan kechiktirmay qaytariladi. Tender g’olibining zakalati kontrakt shartlari bajarilib bo’lgunga qadar bunday kontrakt shartlarining tender g’olibi tomonidan kerakli tarzda bajarilishiga kafolat sifatida buyurtmachining ixtiyorida qolishi mumkin.
Tenderda qatnashish huquqi boshqa yuridik shaxslarga berilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Agar:
tenderni yopish muddati tugaydigan vaqtgacha birorta ham tender taklifi tushmasa;
tenderga kamida uchta qatnashchining taklifi taqdim etilsa;
taqdim etilgan barcha tender takliflarida zarur hujjatlarning paketi bo’lmaganda tender komissiyasi tomonidan tender o’tkazilmagan deb e’lon qilinishi mumkin.
kichik biznes sub’ektlari uchun ajratilgan kvotalar bo’yicha o’tkaziladigan tender qatnashchilari orasida ushbu toifa tashkilotlar bo’lmasa.
Agar tushgan tender takliflarining birortasi tender hujjatlari shartlariga muvofiq bo’lmagan taqdirda, tender o’tkazildi, ammo salbiy natijaga ega deb hisoblanadi.
Tender takliflarini baholash tender komissiyasi tomonidan belgilangan muddat mobaynida o’tkaziladi. Takliflarni baholash tender komissiyasi tomonidan belgilangan har bir baholash mezoni bo’yicha ball qo’yish yo’li bilan amalga oshiriladi. Tender qatnashchilari yoki ularning vakillari tender takliflarini baholash chog’ida qatnashish huquqiga ega emas. Baholash chog’ida tender komissiyasi tushuntirishlar berish, qo’shimcha ma’lumotlar va tasdiqlashlar olish uchun da’vogarlarni chaqirish huquqiga ega. Tender xulosalarini chiqarishda tender qatnashchilari va ularning ishonchli vakillari ishtirok etishi mumkin.
Tender komissiyasi tender takliflarini baholash uchun ekspert va maslahat beruvchi tashkilotlarning vakillarini jalb qilishi mumkin.
Tender qatnashchilari tomonidan taqdim etilgan takliflar bilan tanishgandan keyin tender komissiyasining har bir a’zosi asoslangan yozma xulosa berish huquqiga ega.
Tender g’olibi to’g’risidagi rasmiy qaror tender komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. Ushbu masala bo’yicha qaror tender komissiyasi a’zolari sonining oddiy ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo’lgan taqdirda Tender komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Tender takliflarini ko’rib chiqish va baholash to’g’risidagi ma’lumotlar baholash tartibotiga rasman aloqasi bo’lmagan shaxslarga ma’lum qilinmaydi. Tender komissiyasi a’zolari va jalb etilgan ekspertlar mazkur ma’lumotlarning oshkor qilinishi uchun javob beradilar.
Arifmetik yoki boshqa xatolar mavjud bo’lgan taqdirda tender komissiyasi tender takliflarini qaytarish yoki tender takliflarini bundan keyin tenderda ko’rib chiqish shartlarini, bu haqda tender qatnashchisini xabardor qilgan holda, belgilash huquqiga ega.
Tender takliflarini baholash va tender g’olibini aniqlash:
tender hujjatlarida bayon qilingan mezonlarga;
taklif etilgan narxlarning o’rtacha jahon va konsalting firmasi, yoki Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari kon’yunkturasini o’rganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertiza qilish respublika markazi yoki Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining xulosalari bo’yicha bozor kon’yunkturasida yuzaga kelgan narxlarga mosligiga asosan amalga oshiriladi.
Ishtirokchilarning tijorat takliflarini teng shartlarga keltirish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilinadigan import qiluvchilar, import tovarlar etkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish)dagi tender takliflari ishtirokchilarining tender takliflarini baholashda ko’rsatilgan soliq summasini qo’shgan holda hisoblanadi;
Shuningdek, taqdim etilgan tender takliflarining qo’shimcha texnik, tashkiliy va tijoriy ustunliklari hamda tender qatnashchisining obro’-e’tibori ham e’tiborga olinishi mumkin.
Bunda, agar tenderda xorijiy etkazib beruvchilar bilan birga mamlakatimiz korxonalari-ishlab chiqaruvchilari ishtirok etsa, bu korxonalarga tovarlar va xizmatlar davlat xaridi (Davlat byudjeti, Respublika yo’l jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi va ijtimoiy soha muassasalarining byudjetdan tashqari mablag’lari), shuningdek davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo’lgan korxonalar mablag’lari hisobiga xarid qilish doirasida amalga oshiriladigan tender savdolarida ishtirok etganda 20 foizgacha miqdorda narx imtiyozlari beriladi.
Boshqa teng sharoitlarda kichik biznes sub’ektlariga afzallik beriladi.
Tender komissiyasining tender g’olibi to’g’risidagi protokolida quyidagi ma’lumotlar bo’ladi:
tender g’olibi va tender g’olibidan keyin eng yuqori ballga ega bo’lgan zaxiradagi qatnashchilarning nomlari;
tender komissiyasining tarkibi;
ovoz berish natijalari;
tender qatnashchilarining tender takliflari jamlama jadvali;
tender g’olibi bilan kontraktni imzolash muddatlari.
Protokol tender komissiyasining qatnashayotgan a’zolari tomonidan imzolanishi va tender komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Agar tender g’olibi kontrakt tuzishdan bosh tortgan taqdirda, kontrakt tuzish huquqi zaxiradagi birinchi qatnashchiga beriladi.
Agar tender bo’lib o’tmagan yoki salbiy natijaga ega bo’lgan taqdirda tender qaytadan o’tkazilishi mumkin.
Tenderni o’tkazish bilan bog’liq nizolar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi.
Tender natijalari 3 kun mobaynida ishchi organ tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
3. Xaridni amalga oshirishda baholar monitoringi
Tender savdolarini boshqarishda baholar monitoringini amalga oshirish tartibi, quyidagi sohalar misolida ko’rib chiqiladi:

  • byudjet mablag’lari oluvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish jaraenida;

  • buyurtmachilar tomonidan kapital qurilish (rekonstruktsiya va ta’mirlash) bo’yicha xarajatlarni amalsha oshirish jarayonida.

Bunda g’aznachilikning hududiy bo’linmalari tomonidan, byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan xarid qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari baholarining monitoringini amalga oshirish, O’zbekiston Respublikasining demonopolizatsiya, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash Davlat qo’mitasi (keyingi o’rinlarda - Antimonopoliya qo’mitasi)tomonidan taqdim etiladigan, respublika hududlari bo’yicha oziq-ovqat mahsulotlarining o’rtacha oylik baholari to’g’risidagi ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish bo’yicha tuzilgan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish jarayonida Antimonopoliya qo’mitasi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotda ko’rsatilgan baholardan ortiq bo’lgan baholarda tuzilgan shartnomalar g’aznachilikning hududiy bo’linmalari tomonidan ro’yxatga olinmaydi. Antimonopoliya qo’mitasi tomonidan ma’lum hudud bo’yicha(tuman, shahar), ma’lum vaqt oralig’ida taqdim etilgan oziq-ovqat maxsulotlari bo’yicha baholar(xxxx) jadvalini misol tariqasida ko’rsatish mumkin:



Mahsulot nomi1

Bahosi (sum)

Un

xxxx

O’simlik yog’i

xxxx

Sariyog

xxxx

Non

xxxx

Kartoshka

xxxx

Piyoz

xxxx

Sabzi

xxxx

Guruch

xxxx

Go’sht

xxxx


Ushbu yuqorida belgilangan o’rtacha baholarni hisobga olingan holda tuman g’aznachilik bo’linmasida hisob ishlari olib boriladi. Ya’ni, shartnomalar o’rtacha baholar asosida tuzilib, hisobvaraq-fakturalar ham ushbu baholar doirasida qabul qilinadi. Mazkur 9 xil oziq-ovqat maxsulotlaridan tashqari barcha boshqa oziq-ovqat maxsulotlarga esa, hududiy bozor o’rtacha baholari orqali belgilanadi.
Baholar monitoringining ahamiyati debitor va kreditor qarzdorlikka chek qo’yish, hisobotlarni soddalashtirish, byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasida tasdiqlangan xarajatlarini byudjet tasnifi buyicha xarajat kilinishi nazorat kilish, byudjet tashkilotlari uchun olinadigan yoki ko’rsatiladigan xizmatlar uchun tuziladigan shartnomalarni qonuniy tuzilishi, tovarlar yoki xizmatlar sifatli bo’lishi uchun tenderlar va tanlovlar orqali shartnomalar tuzish, byudjet mablag’ini anik maksadlar sarflanishini nazorat qilishlilik yuqori samara berishidan dalolatdir.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan xarid etiladigan boshqa turdagi mahsulotlar baholarini nazorati 2009 yil 16 sentyabrda ro’yxatgan olingan 2007-sonli “Davlat byudjetining g’azna ijrosi qoidalari”ga binoan hamda boshqa manbalardan olingan o’rtacha bozor baholari2 bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Baholar manitoringini o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad - bu, asoslanmagan debitorlik va kreditorlik qarzdorligining yuzaga kelishini oldini olish, byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanishni (tasdiqlangan smetalar asosida, byudjet klassifikatsiyasi moddalariga mos ravishda) ta’minlashdan iborat.
Mahsulotlar(xizmatlar, ishlar)ni xarid etish bo’yicha shartnomalar tender yoki konkurs (tanlov) savdolari orqali amalga oshiriladi va bundan ko’zlangan asosiy maqsad optimal baholardan sifatli mahsulotlarni xarid etishdan iboratdir. Baholar optimalligi va byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanishni nazorat etish, amalga oshiriladigan xaridning yuqori samarasini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi.
Tadqiqotlar natijasida baholar monitoringi tizimidagi mavjud muammolar sifatida quyidagilar aniqlandi:

  • tovarlar va xizmatlar bahosi to’g’risida tizimlashgan tarzda axborot olishning etishmasligi (ayniqsa respublika hududlari bo’yicha);

  • mavjud baholar monitoringi tovarlarning assortimenti (sifati, texnik va boshqa muhim tavsiflari)ni hisobga olmaydi;

  • baholar monitoringi amalga oshirishda transport xarajatlarini hisobga olishni tartibga soluvchi mexanizm etishmaydi;

  • ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha Antimonopoliya qo’mitasi tomonidan taqdim etilgan baholar, joylarda o’rnatiladigan baholar bilan keskin farqlanadi.

Kapital qurilish sohasida davlat xaridini tashkil etishda baholar monitoringi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodstat vazirligi va Davarxitektqurilish qarori bilan tasdiqlangan “Buyurtmachilar va pudrat tashkilotlari tomonidan davlat byudjeti mablag’lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalanadigan qurilish ob’ektlari uchun xarid qilinadigan uskunalar, binokorlik materiallari va konstruktsiyalarining eng yuqori baholarini belgilash tartibi to’g’risida”gi Nizomi bilan tartibga solinadi.
Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 avgustdagi 305-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va buyurtmachilar va pudrat tashkilotlari tomonidan davlat byudjeti mablag’lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalanadigan qurilish ob’ektlari uchun xarid qilinadigan uskunalar, binokorlik materiallari va konstruktsiyalarining eng yuqori narxlarini belgilash tartibini nazarda tutadi (bundan keyin binokorlik materiallari). Nizom qurilishi tender savdolarisiz o’tadigan hamda davlat byudjeti mablag’lari va hukumat kafolatlari ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan o’tuvchi ob’ektlar bo’yicha barcha buyurtmachilar va pudrat tashkilotlari tomonidan qo’llanilishi kerak. Binokorlik materiallarining eng yuqori narxi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 avgustdagi 305-son qaroriga muvofiq ishlab chiqargan korxonaning ulgurji sotish narxi (yoki import mahsulotining xarid qiymati)dan kelib chiqib, transport xarajatlarini hamda ularga nisbatan qo’llaniladigan eng yuqori tayyorlash-ombor va vositachilik ustamalarini hisobga olgan holda, vositachilar sonidan qat’i nazar, 20 foizdan yuqori bo’lmagan miqdorda shakllantiriladi. Import mahsulotining xarid qiymati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi bilan kelishilgan Buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda xorijiy valyutadagi operatsiyalarni aks ettirish tartibining (3.06.2000 yil, ro’yxatga olish raqami 931) 3.9-bandiga muvofiq belgilanadi.
Binokorlik materiallariga hisob-kitob hujjatlari (yukxatlar, hisobvaraq-fakturalar va boshqalar)ni rasmiylashtirayotganda vositachilar quyidagi qo’shimcha ma’lumotlarni ko’rsatishlari shart:

  • transport xarajatlarini hisobga olib, ishlab chiqargan korxonaning ulgurji sotish narxi yoki import mahsulotining xarid qiymati;

  • respublikada tayyorlangan binokorlik materiallarini ishlab chiqaradigan korxona yoki import mahsulotlarini bojxonadan o’tkazish punktining nomi;

  • respublikada tayyorlangan binokorlik materiallarini ishlab chiqaradigan korxonaning ularni chiqarish sanasi yoki import mahsulotini bojxonadan o’tkazish sanasi;

  • qo’llaniladigan savdo ustamasi (qo’shimcha haq) miqdori.

Vositachi tomonidan respublika hududidagi boshqa vositachilardan binokorlik materiallari xarid qilinganida, ularning nomi va savdo ustamasi (qo’shimcha haq) ko’rsatiladi.
Ishlab chiqargan zavodning ulgurji sotish narxi oshgan va buyurtmachilar hamda pudrat tashkilotlari tomonidan vositachilarga bo’nak to’lovlari amalga oshirilmagan bo’lsa, ularni sotish chog’ida binokorlik materiallarining eng yuqori narxi vositachilar tomonidan ularni ishlab chiqargan zavodning ulgurji sotish narxi darajasiga etkazilishi mumkin. Mazkur Nizomga rioya etilmaganda, buning uchun javobgarlik qonunda belgilangan tartibda buyurtmachilar va pudratchilarning birinchi rahbarlari zimmasiga yuklanadi. Istiqbolda, baholar monitoringini amalga oshirish sifatini oshirish maqsadida, G’aznachilikning dasturlar kompleksi bilan tovarlar va xizmatlar bo’yicha ma’lumotlar to’plovchi vakolatli tashkilotlarning (idora, agentlik) axborot bazalari, hamda tovarlar va xizmatlar bahosi to’g’risida ma’lumotlarga ega mas’ul tashkilotlar axbortlar (birjalar, elektron axborotlar) bazasini integratsiyalash imkoniyalari ko’rib chiqilmoqda.

Nazorat uchun savollar





  1. Tender savdolarining mohiyatini tushuntiring.

  2. Tender savdolarining qanday turlari mavjud?

  3. Tender komissiyalarining funksiyalari nimalardan iborat?

  4. Tender yakunlari bo’yicha shartnomalarni tuzish mexanizmi nimalardan iborat?

  5. Tender yakunlari bo’yicha shartnomalarni ijro etish qanday tartibda amalga oshiriladi?




Download 51,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish