5-mavzu:Zamonaviy informatika xonasida o’quv-tarbiya ihlarini tashkil etsh usullari. Zamonaviy informatika xonasida internet, intranet va local tarmoq asosida o’quv tarbiya ishlarining tashkil etilishi.Reja:
Tayanch iboralar: Baholash mezoni, oraliq nazorat, joriy nazorat, yakuniy nazorat, reyting tizimi, talabaning bilim darajasi, saralash bali.
------------------------------------------------------------------------------------------------
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 26 avgust 1981-1-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassalarida talalabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom”da ko‘rsatilganidek, «Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» fani bo‘yicha talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholash quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi: joriy nazorat (J.N.); oraliq nazorat (O.N.); yakuniy nazorat (Y.N.).
«Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» fani bo‘yicha talabani semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
Ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha qo‘yidagicha taqsimlanadi:
- J.N. – 43 ball; - O.N. – 27 ball; - Y.N. – 30 ball.
Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir baholash turlaridan to‘plangan ballar yig‘indisiga teng bo‘ladi va “Nizom”da belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
«Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» fani bo‘yicha talabaning ballarda ifodalangan o‘zlashtirishi quyidagi umumiy mezonga asosan aniqlanadi:
Ball
|
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
86-100
|
A’lo
|
Audit faoliyati bilan bog‘liq masalalari(amallari) bo‘yicha xulosa va qaror qabul qilish, ijodiy fikrlay olish, mustaqil mushohada yuritish, amalda qo‘llay olish, mohiyatini tushuntirish, bilish, aytib berish, tasavvurga ega bo‘lish.
|
71-85
|
Yaxshi
|
Audit faoliyati bilan bog‘liq masalalari(amallari) bo‘yicha mustaqil mushohada yuritish, amalda qo‘llay olish, mohiyatini tushuntirish, bilish, aytib berish, tasavvurga ega bo‘lish.
|
55-70
|
Qoniqarli
|
Audit faoliyati bilan bog‘liq masalalar(amallar) mohiyatini tushuntirish, bilish, aytib berish tasavvurga ega bo‘lish.
|
0-54
|
Qoniqarsiz
|
Audit faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha aniq tasavvurga ega emaslik, bilmaslik.
|
J.N.da fanning har bir mavzusi bo‘yicha talabaning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini aniqlab borish, auditoriya darslaridagi davomati va mustaqil ta’lim vazifalarining bajarilish darajasi nazarda tutiladi va u amaliy mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. Talabaning darsga davomati, fan mavzuilari bo‘yicha bilim darajasi*, mustaqil ta’lim vazifalarini bajarishi kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan shaxsiy jurnallrida xronologik belgilab boradilar va ularning umumlashgan natijasi reyting rasmiylashtirish davridagina ballar tizimida aks ettiriladi. «Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» fani bo‘yicha J.N.lar 2 marta o‘tkaziladi, Uning natijalari guruh va professor-o‘qituvchi jurnallari hamda dekanat qaydnomasida qayd etiladi.
«Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» fani bo‘yicha talaba bilimini joriy baholashning reyting ballari quyidagi mezonga asosan aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |