Mavzu: Tranzaksiyalarni boshqarish. So`rovlar yaratish va qayta ishlash.
REJA:
Tasavurlar yaratish
Tranzaksiyalarni boshqarish.
3. Parallel qayta ishlashlarni boshqarish
Tasavurlar foydalanuvchilardan jadvallarni ba’zi ustunlarini yashirish uchun yoki ko‘pincha foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan bir nechta jadvaldan bitta yaratish kerak bo‘ladi. Misol sifatida 3ta jadvaldan tashkil topgan oddiy ma’lumot bazasini qarab chiqamiz.
Tovarlar ( ID -tovar , nomi, narxi, tavsifi)
Mijozlar(ID - mijoz, ismi, manzili, telefon)
Sotish(ID- tovar,soni, mijoz)
Tashkil qilish nuqtai nazaridan bu ma’lumot bazasi yomon loyixalanmagan. Lekin ba’zi masalarni yechishda foydalanuvchini mijoz va tovar identifikatorlari qiziqtirmaydi. Aniqrog‘ini aytganada, unga bitta jadval kerak bo‘ladi. Masalan bu jadval Sotish_taxlili (tovar, soni, narxi, mijoz). Bu jadvalni berilgan uchta jadvaldan quyidagi so‘rov yordamida hosil qilish mumkin.
SELECT Tovarlar.Nomi AS Tovar, Sotish.Soni, Tovarlar.Bahosi AS Narxi, Mijoz.Ismi||‘. Manzil: ‘|| Mijoz.Manzil||‘ . tel. ‘||Mijoz.Telefon AS Mijoz FROM Sotish, Tovarlar, Mijozlar
WHERE Sotish. ID_mijoz=Mijozlar.ID_mijoz AND Sotish.ID_tovar=Tovarlar.ID_tovar;
VIEW
Agar bu jadval SELECT operatorini natijasi emas, tasavur bo‘lganda edi, unga oddiy ma’lumot bazasini oddiy jadvali kabi murojat qilinar edi. Ko‘p xollarda esa MB uchta jadvaldan iborat ekanligini hisobga olmay, bitta tasavur bilan ishlanar edi.
Tasavurlar yaratish uchun CREATE VIEW komandasi ishlatiladi
CREATE VIEW «tasavur nomi» AS « select so‘rovi» ;
Tasavurlarga ham ma’lumot baza jadvallari kabi nom beriladi. Bu nom birorta ham jadval nomi bilan bir xil bo‘lmasligi kerak. AS so‘zidan keyin ma’lumotlar tanlash uchun so‘rov iborasi yoziladi.
CREATE VIEW sotish_taxlili AS SELECT Tovarlar.Nomi AS Tovar, Sotish.Soni, Tovarlar.Bahosi AS Narxi, Mijoz.Ismi||‘ .Manzil: ‘||Mijoz.Manzil||‘ . tel. ‘|| Mijoz.Telefon AS Mijoz FROM Sotish, Tovarlar, Mijozlar
WHERE Sotish. ID_mijoz=Mijozlar.ID_mijoz AND Sotish.ID_tovar=Tovarlar.ID_tovar;
Natijada sotish taxlili nomli virtual jadval yaratiladi. Unga so`rovlar yordamida murojat qilish mumkin:
Masalan:
Select * from sotish_taxlili where tovar = ‘Sut’ ;
Tasavurlar MB jadvallar olib tashlangan kabi olib tashlanadi: Masalan
DROP VIEW Sotish_taxlili;
Ko‘p foydalaniluvchi ma’lumot bazalari tashkilot va korxonalarni muhim axborot resurslari hisoblanadi. Shu bilan birga bunday resurslardan foydalanish bir qancha muammolar keltirib chiqaradi. Birinchidan, bunday ma’lumot bazasini ishlab chiqish va loyixalash murakkab, chunki bunda ko‘p sondagi foydalanuvchilarni talablarini hisobga olish kerak. Shu bilan birga vaqt o‘tishi bilan barcha talablar o‘zgaradi. Bu esa o‘z navbatida ma’lumot baza strukturasini o‘zgartirish zaruratiga olib keladi. Bunday strukturalarni o‘zgartirish aniq rejalashtirishni va nazorat qilishni talab etadi. Chunki bir gurux foydalanuvchilar uchun bajarilgan o‘zgartirish boshqa gurux foydalanuvchilari uchun muammolar tug‘dirmasligi talab etiladi.
Bundan tashqari bir necha foydalanuvchilarni so‘rovlarini parallel qayta ishlashda maxsus tadbirlar qabul qilish kerak. MB tashkilot faoliyatini muhim komponenti bo‘lib xizmat qiladi. Uni tarkibini buzilishi, axborotlarni yo‘qolishi kabi nuqsonlar paydo bo‘ladi. Shu bilan birga operatsion tizimlardagi takomillashtirishlar va dasturiy ta’minotni yangi versiyalarini paydo bo‘lishi ma’lumot bazasini takomillashtirishni talab etadi. Bunday masalalarni yechish uchun tashkilot va korxonalarda ma’lumot bazasini administlash bo‘limlari tuzilgan. Bu bo‘limni asosiy vazifasi ma’lumot bazasi va uni ishlatadigan ilovani yaryatishni, ishlatishni va ma’lumot bazasiga xizmat ko‘rsatishni amalga oshirishdan iborat. Ma’lumot baza xavfsizligini ta’minlash va x.k.
Jumladan:
Do'stlaringiz bilan baham: |