Bog'liq Ro\'ziyev Muxammadsodiq Malumotlar ombori fanidan nazorat (3)
Parallel qayta ishlashni boshqarish. Parallel qayta ishlashni boshqarish bo‘yicha asosiy tadbirlar birorta foydalanuvchini boshqasiga kutilmagan holda ta’sir qilishini hisobga olishga qaratilgan. Parallel qayta ishlash sharoitida ba’zan foydalanuvchilar ma’lumot bazasiga yakka holda foydalanish sharoitidagi natijalarni olish maqsadiga qaratilgan. Boshqa hollarda foydalanuvchilarning kutilgan tarzda bir biriga ta’siri tushuniladi. Masalan, kompyuter tizimiga o‘z ma’lumotlarni kiritgan foydalanuvchi ma’lumot bazasidan bir qancha foydalanuvchi foydalanishiga qaramasdan bir xil natija olishi kerak. Shu bilan birga foydalanuvchi masalan omborxona holati xaqidagi axborotni oxirgi vaqtdagi hisobotini olishga harakat qilishi mumkin.
Bunda shu paytda boshqa foydalanuvchi ma’lumotlarni o‘zgartirayotgan bo‘lsa, amalga oshirayotganligini tugallanmagan o‘zgarishlarni hisobga olib ko‘rishga harakat qiladi. Hozirgi kunda barcha parallel qayta ishlash hollari uchun ma’qul bo‘ladigan usullar mavjud emas. Masalan foydalanuvchi parallel qayta ishlashni qattiq boshqarishi mumkin. Bunda u ma’lumot bazani boshqa foydalanuvchilar uchun blokirovka qilib qo‘yishi mumkin, o‘zini ishi tugamaguncha boshqa mijozlar malumotlar bazasi bilan hech qanday ish bajara olmaydi. Bu usul ishonchli bo‘lishi bilan birga qimmat hisoblanadi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan, lekin dasturlash va amalga oshirish qiyin usullar ham mavjud. Ma’lumot bazasi bilan ishlaydigan ko‘pgina ilovalarda foydalanuvchi ishini tranzaksiya ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Tranzaksiya ba’zan ishni mantiqiy birligi hisoblanadi. Tranzaksiya bu ma’lumot bazasi bilan bajariladigan ishlar(xarakatlar) ketma ketligi bo‘lib unda barcha ishlar to‘laligicha bajariladi yoki birortasi ham bajarilmaydi. Oxirgi holda ma’lumot bazasi o‘zgarishsiz qoladi. Bunday tranzaksiya ba’zan atomar deb ataladi. Chunki u bir butun ko‘rinishida bajariladi. Masalan, yangi buyurtmani ro‘yxatga olishda ma’lumot bazasi bilan bajarilgan ketma ket ishlarni ko‘rib chiqamiz. Bu quyidagi ketma ketlikdan iborat:
1. xaridorni to‘lov puli oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan yozuvni o‘zgartirish kerak
2. sotuvchini komission puli oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan yozuvni ham o‘zgartirish kerak
3. ma’lumot bazasiga yangi buyurtma haqidagi yangi yozuv qo‘shish kerak.
MB muhim korporativ resurs hisoblanadi, shuning uchun uni himoya qilish katta ahamiyatga ega. MB quyidagi xavflar mavjud:
Ma’lumotlar o‘g‘irlash va almashtirish
Ma’lumotlarni maxfiyligini saqlash(sirni oshkor qilmaslik);
Ma’lumotlar bazasini bir butunligini saqlash;
Ma’lumotlar bazasiga murojat qilishdan maxrum bo‘lish.
MB bo‘ladigan xavflarni bartaraf qilish fizik nazoratdan boshlanib, administrativ tashkiliy ishlar bilan tugaydi. Hozirgi kunda kompyuter tizimlarini nazorat qilishni xilma xil vositalari mavjud. Shu bilan birga MB bilan ishlaydigan MBBT ni xavfsizligi ham muhim . Bu esa o`z navbatida MBBT ishlaydigan operatsion tizim xavfsizligi bilan bog‘liq
MBsini himoyalashda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: