- Doimiy qayta aloqani tashkil etish.
O’quvchilarda zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayonini muvaffaqiyatli boshqarish uchun o’qituvchi pedagogik ta‘sir ko’rsatishning natijalari qandayligi to’g’risidagi ma‘lumotga ega bo’lishi, ya‘ni doimiy qayta aloqaga ega bo’lishi kerak. Qayta aloqali tizim o’z ichiga bevosita aloqa, qayta aloqa va bevosita aloqani korreksiyalashni kiritadi. G.G. Vorobevga ko’ra, an‘anaviy o’qitishda qayta aloqa nafaqat zaif hisoblanadi, balki tez ta‘sir etish va ishonchlilikning yetishmasligi bilan ifodalanishi va buning oqibatida bilimlarda bo’shliqlar yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
Boshlang’ich ta‘limda bilimlarni nazorat qilishning eng keng tarqalgan shakli so’rov hisoblanadi. Individual so’rov o’qituvchiga o’zlashtirish darajasi to’g’risida to’liq va aniq ma‘lumotlarni olishga imkon beradi, ammo ko’p vaqtni tala b etadi, o’quvchilarning diqqatlarini tarqatib yuboradi. Bunda so’ralganlarning tanlovi faqatgina bir necha o’quvchilarni tashkil etadi va bu umuman butun sinfning materialni o’zlashtirganligi to’g’risidagi tasavvurga ega bo’lish imkonini bermaydi. Natijada o’qituvchi o’qitish korreksiyasini yetarlicha samarali amalga oshira olmaydi. Frontal so’rov bir vaqtda barcha o’quvchilarni qamrab oladi, ammo bilimlarni o’zlashtirishning ko’proq yuzaki tasvirini hosil qiladi. Bundan tashqari, V.I. Shavrin ta‘kidlaganidek, agar so’rov tezkor sur‘atda amalga oshirilsa, fikrlashning sustlashgan turiga ega o’quvchilar o’qituvchining
bergan savollarini anglashga ulgurmaydilar va o’zlarini passiv tutib, darsda yuz berayotganlarga qiziqishlarini yo’qotadilar. Agar so’rov sust ta‘sirlanishga ega o’quvchilarga yo’naltirilgan bo’lsa, unda faol ta‘sirli o’quvchilarning darsga qiziqishlari yo’qoladi.
Og’zaki so’rovning mazkur kamchiliklarini yozma ishlar ahamiyatli darajada bartaraf etadi. Ammo bunda ham o’z kamchiliklari mavjuddir. Masalan, nazoratning ob‘ektivligi darajasini tashqi yordam pasaytiradi. Yozma ishlar o’qituvchining darsdan tashqari ko’p vaqtini talab etadi va o’quvchilar o’z ishlarining natijalarini faqatgina keyingi haftada yoki undan ham kech bilishlari
mumkin bo’ladi. Shunga ko’ra, ommaviy amaliyotda o’qituvchi tomonidan uning boshqaruvchi ta‘sirlarining natijalari to’g’risida joriy axborotni operativ olishi sodir bo’lmaydi.
Multimedia vositalaridan foydalanish bilan o’qitishni tashkil etish doimiy to’liq nazoratni amalga oshirishga imkon beradi va bunda nafaqat o’zlashtirish natijalarini, balki jarayonning o’zini nazorat qilish mumkin bo’ladi. O’quvchi bajariladigan topshiriqlarning natijasini va yo’l qo’yilgan xatolarning sonini dastur bilan ishlash vaqtida va ish yakunlanishi bilan yakuniy natijani ko’radi. Qayta aloqani bunday qurish ma‘lumotni o’zlashtirishning to’g’riligini ta‘minlaydi, ta‘lim oluvchiga u amalga oshiradigan faoliyatning har bir bosqichini anglashga imkon beradi, kichik maktab yoshidagi bolalard a shakllanganlik darajasi yetarli bo’lmagan, uning o’z-o’zini nazorat qilishning maqsadga muvofiqligi va zarurligiga ishonchini hosil qiladi. Bolada refleksiya – o’z faoliyati usullari, hattiharakatlari prinsiplarini anglash shakllanadi.
- Individuallashtirish va tabaqalashtirish hisobiga o’qitishni faollashtirish.
An‘anaviy o’qitish metodikasida barcha o’quvchilarning bilishga oid faolliklarini katta qiyinchilik bilan ta‘minlashga erishiladi. Mavjud amaliyot natijasida butun sinf o’quvchilari uchun yagona pedagogik maqsadlar qo’yiladi va ular bir xil yo’llar bilan o’quv vaqtining bir xil hajmida erishiladi. Bunda xotira turi, idrok, tafakkur, diqqat, qobiliyatlar, tayyorgarlik darajasi, shaxs sifatlarining individual xususiyatlari doim ham inobatga olinmaydi. Multimediya vositalaridan foydalanish individuallashtirish va tabaqalashtirish hisobiga o’qitishni faollashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |