Reja: Ta’lim sohasida psixolog faoliyatining huquqiy asoslari


Xalq ta’limi tizimidagi psixologning vazifalari va muammolari



Download 75,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana15.05.2023
Hajmi75,83 Kb.
#938989
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Reja Ta’lim sohasida psixolog faoliyatining huquqiy asoslari

Xalq ta’limi tizimidagi psixologning vazifalari va muammolari 
Xalq ta’limi tizimidagi psixologik xizmatning asosiy maqsadlaridan biri - 
o‘quvchilarni har tomonlama mukammal inson qilib tarbiyalash ishlari samarasni 
oshirish, o‘quv muassasalarida yosh avlodni normal psixologik taraqqiyotini 
ta’minlovchi shart – sharoitlar, qulay vaziyat va muhit yaratishdan iboratdir. 
Psixolog o‘quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqish, 
mayl, iktidorligi kabilarni o‘rganadi, ularga meyoriy munosabatlar mezoni asosida 
individual munosabat va yondashishni yo‘lga qo‘yadi, mutaxassis va yetuk shaxs 
sifatida shakllanishiga muayyan yordam ko‘rsatadi, psixologik suhbat, treninglar 
(maxsus mashq) o‘tkazadi.
Psixologik xizmatning mazmuniga psixoprofilaktika, psixologik maorif va 
ma’rifat, psixodiagnostika, psixik rivojlantirish va psixokorreksiya, psixologik 
maslahat ishlarini kiritish mumkin. Psixologik ishlar majmuasi o‘quvchilarni o‘quv 
maskani, kollej va litseylarda o‘qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdan 
chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning individual xususiyatlarini 
ta’lim va tarbiyasidagi nuqsonlarning sababini aniqlashga mo‘ljallangandir. 
Psixoprofilaktika, Diagnostik ishlar guruhiy yoki yakka tartibda o‘tkaziladi. Bu 
asnoda amaliy psixolog quyidagi yaqqol vazifalarni bajaradi:
Yosh davr taraqqiyotining muayyan mezonlariga muvofiqligini aniqlash 
maqsadida 
psixolog 
o‘quvchilarningkamolot 
darajalarini 
belgilaydi. 
O‘qituvchilarning kasbiy yaroqligi va layoqatini diagnostika qiladi, ularning shaxs 
hislatlari, irodaviy sifatlari, his - tuyg‘ulari, o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatlari, 
intellektual (aqliy) darajasi va pedagogik qobiliyatini tekshiradi. O‘quv 
maskanigacha yoshdagi bolalar, o‘quvchilar, akademik litsey va kasb-xunar kollej 
tinglovchilari, oliy o‘quv yurti talabalarida uchraydigan kuv malakalari va 
ko‘nikmalarini egallashdagi nuksonlar, xulq-atvordagi kamchiliklar, aqliy 
taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzulishlar sabablarini diagnostika qiladi. 
Tenqurlari bilan muomalasi xususiyatini tekshiradi. Ularning etnoqiyofasi va 
etnomadaniyati xususiyatini hisobga olgan xolda psixofiziologik metodikalarni 
muayyan sharoitga moslashtiradi.
Rhiy rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olib, tabaqalashgan, 
differensial diagnostikani amalga oshiradi;


-
nuqsonlarning tibbiy va defektologik tabiatini aniqlaydi;
-
deviant (qonunbo‘zarlik) aksil ijtimoiy xulq-atvor sabablari va ularning 
shakllarini belgilaydi;
-
giyoxvandlik, taksikomanlik, alkogolizm, o‘g‘irlik, daydilikning ijitimoiy-
psixologik ildizlarini tekshiradi, ularning omilllarini tahlil qiladi va boshqalar.
raxbar kadrlar va o‘qituvchilarning kasbga yaroqliligini ilmiy asosda 
tekshirish va aniq tavsiyanomalar ishlab chiqish.
Oliy o‘quv maskani xodimlari sinov muddatini (stajer, aspirant) o‘rganish va 
amaliy ko‘rsatmalar berish.
Ish yuritish, saylov, saralash, tanlov, qabul bo‘yicha ilmiy-psixologik prognoz 
qilish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ma’muriatni ogoh etish.
Attestatsiya, ijtimoiy talab va buyurtmalar yuzasidan ijtimoiy-psixologik 
axborotlar to‘plash va ularni umumlashtirib, yaqqol tavsiyalar yaratish.
Chet el muassalari bilan aloqa qilish, kadrlarning malakasini oshirish, 
ularning intellektual potensialini aniqlash, fan va texnikani rivojlantirish 
imkoniyati, oliy o‘quv maskanining nufuzi to‘g‘risida materiallar yigish, ularni 
psixologik jihatdan tahlil qilish va maslaxatlar berish.
O‘quv qo‘llanmalarning sifati, kitobonlilik muammosi, xodimlar, 
talabalarning davlat mulkiga munosabati haqida ma’lumotlar to‘plash va ularni 
umumlashtirish, ma’muriyatga axborot tayyorlash.
Ehtiyoji, talabi, qiziqishi, ijtimoiy qarashlari, turmushga nisbatan munosabati 
to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash va ularning faolligini oshirish yuzasidan tavsiyalar 
ishlab chiqish.
O‘quv maskani xodimlari, o‘qituvchilar, talabalarning ekologik, iqtisodiy, 
siyosiy, etnopsixologik bilimlari saviyasini tekshirish va mustaqillikni 
mustahkamlash imkoniyatini o‘rganish.
Iktidorli o‘quvchilar, talabalar, yosh mutaxassislar tanlashda ishtirok etish, 
ilmiy - psixologik tavsiyalar ishlab chiqish.
O‘quvchilar, o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar ijodiy faoliyati maxsuldorligi, 
tuguraqlar faolligini ko‘tarishning tadbirlarini ishlab chiqish, ularning 
imkoniyatlarini tekshirish, kasb mahoratini egallash bo‘yicha musobaqalar, 
munozaralar tashkil qilish va ularning maxsuli to‘g‘risida bashorat (prognoz) 
qilish.
O‘quvchilar, o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar o‘rtasida bush vaqtni 
taksimlash va undan omilkorlik bilan foydalanish muammosini ijtimoiy psixologik 
nuqtai nazardan tekshirish va bush vaqtni maqsadga muvofiq tashkil qilish yo‘llari 
hamda ulardan etnopsixologik bilimlar, ma’naviy qadriyatlarni egallashda 
foydalanish imkoniyatini psixologik jihatdan tahlil qilish.
O‘quv maskani o‘quvchilari, o‘qituvchilari, xodimlari, talabalarida davlat 
mablagini tejash tuyg‘usini aniqlash, tejamkorlik, molkmulkni asrash hissi, noxush 
kechinmalarni jamoa orasida yoppasiga tekshirish, milliy gurur, millatlararo 
munosabat madaniyatini tarkib toptirish majmuasisni ishlab chiqish.
O‘quvchilar, o‘qituvchilar, xodimlar, talabalarda ishbilarmonlik qobiliyatini 
riovjlantirish yuzasidan ilmiy psixologik dastur yaratish hamda uning moddiy 
boylik ishlab chiqarishdagi ulushini tahlil qilish.


Psixologik xizmatning mazkur yo‘nalishi psixologdan inson shaxsi va 
individualligini tarkib toptirish jarayoniga faol ta’sir o‘tkazishni taqozo qiladi.
davr xususiyatlariga binoan (O‘quvchilar, talabalar) psixikaning rivojalanishi, 
shaxsning shakllanishi qonuniyatlarni amaliyotga tadbik etish, o‘qituvchilar 
jamoasiga talabalar ta’lim-tarbiyasini individuallashtirishda yordamlashish, 
ularning qobiliyati, maylining darajasiga qarab o‘qituvchilarga korreksion 
(tuzatish) ishlarini amalga oshirishda ko‘rsatmalar berishdan iborat.

Download 75,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish