Har bir o‘quvchi va uning oilaviy sharoiti to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar banki yaratish hamda ularning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish maqsadida sinflar kesimida o‘quvchilar o‘rtasida har bir o‘quvchining ijtimoiy pasportini shakllantirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi. Ushbu so’rovnomada maktabning 185 nafar o’quvchilari ishtirok etishdi. Maktab amaliyotchi psixoligi I.Abduqodirov rahbarligida olingan ushbu so’rovnoma natijalari umumlashtirildi va bir nusxa Tuman XTBga taqdim etildi. Natijada o’quvchilarning ijtimoiy pasporti shakllantirildi va har bir o’quvchi to’g’risida ijtimoiy ma’lumotlar bazasi yaratildi.
Har bir o‘quvchi va uning oilaviy sharoiti to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar banki yaratish hamda ularning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish maqsadida sinflar kesimida o‘quvchilar o‘rtasida har bir o‘quvchining ijtimoiy pasportini shakllantirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi. Ushbu so’rovnomada maktabning 185 nafar o’quvchilari ishtirok etishdi. Maktab amaliyotchi psixoligi I.Abduqodirov rahbarligida olingan ushbu so’rovnoma natijalari umumlashtirildi va bir nusxa Tuman XTBga taqdim etildi. Natijada o’quvchilarning ijtimoiy pasporti shakllantirildi va har bir o’quvchi to’g’risida ijtimoiy ma’lumotlar bazasi yaratildi.
O‘quvchilarning ijodiy salohiyatini oshirish va yot g‘oyalarga qarshi kurashchanligini mustahkamlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovining maktab bosqichini tashkil etildi. Tanlov rasm, insho yo’nalishlarida tashkil etildi. Tanlovda qatnashgan 65 nafar o’quvchilarning ishlari ko’rib chiqildi. Yakunda rasm yo’nalishi 9 –sinf o’quvchisi M.Abduhamidova, insho yo’nalishida 8 – sinf o’quvchisi M.Bektemirova tomonidan yozilgan insho tanlov g’olibligini qo’lga kirtid va tuman bosqichida ishtirok etish uchun yo’llanma berildi. O’quvchilarga o‘zbek tilining ahamiyati to‘g’risida ma’lumot berish orqali tilga nisbatan hurmat oshirish maqsadida 21-oktabr - O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilingan kunga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishdagi ochiq dars tashkil qilindi. 8 - sinf o’quvchilari o’rtasida tashkil qilingan ochiq dars davomida o’quvchilar O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi to’g’risida ma’lumotlar berib o’tdilar. Bugungi kunda lotin yozuviga asoslangan adabiyotlar, davlat hujatlarining lotin alifbosida yuritilish holati to’g’risida ma’lumotlar berildi.
O‘quvchilarda Davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat hissini kuchaytirish maqsadida 18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy ko’rinishda ochiq dars tashkil qilindi. Tadbirda o’quvchilar o’zlarining davlat ramzlari haqida she’rlar hamda ma’ruzalari bilan qatnashishdi.
O‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilish maqsadida 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan rasm va insholar tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tanlov maktabning 10 – sinf o’quvchilari o’rtasida tashkil qilindi. Tanlovda o’quvchilar o’zlarining yozgan insholarida ushbu illatning salbiy oqibatlari hamda undan saqlanish uchun shaxsiy gigyena qoidalariga rioya qilish haqida aytib o’tdilar. Rasm yo’nalishida ishtirok etgan o’quvchilar esa OITSning salbiy oqibatlari haqida rasm ishlashdi.
O‘quvchilarning huquqiy madaniyati va bilimlari mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligini nishonlash maqsadida 9 sinf o’quvchilari o’rtasida ochiq dars tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda o’quvchilardan huquqiy savodxonligini oshirish tekshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo’yicha tuzilgan test savollari berildi. Tanlov natijasiga ko’ra 9 –sinf o’quvchisi G’.Suyunov eng ko’p savollarga javob berdi va tanlov g’olibligini qo’lga kiritdi.Tanlov yakunida g’olib bo’lgan va yaxshi natija ko’rsatgan o’quvchilarga diplomlar topshirildi.
O‘quvchilarda Davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat hissi kuchaytirish maqsadida 8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirda maktabning tarix fani o’qituvchisi O.Mamasoliyev o’zining ma’ruzasi bilan qatnashdi. Ma’ruza davomida har tong davlatimiz madhiyasi sadolari ostida yangi kunni kutib olar ekanmiz vatnimizdan faxrlanish, bugunimizdan shukronalik va ertamizga ulkan ishonch hissini jo’sh urdiradi. Davlat ramzlari mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi, xalqimizning sha’nu shavkati, g’ururi, or nomusi, tarixiy xotirasi va orzu umidlarini o’zida mujassam etuvchi muqaddas timsollardir. 1992 yil 10 dekabrda “O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risidagi” qonun imzolandi. Bugungi kunda barcha ta’lim muassasalarida “10 dekabr “O’zbekiston Respunlikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun “ munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil qilindi Maktabda yangi yil tadbirini o’tkazish bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda Yangi yil tadbirlari faqat oila davrasida nishonlanishi hamda o’quvchilar va o’qituvchilar bayramni guruh bo’lib kafe, bar va xonadonlarda o’tkazmaslik kerak ekanligi belgilab qo’yildi. Maktabda yangi yil archasi bayramona bezatilib, sinf xonalar yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda bayramona bezatilishi aytib o’tildi. O‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘ulari mustahkamlash maqsadida 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan sport musobaqasi tashkil etldi. Musobaqa sportning shaxmat, qo’l kurash kabi turlari bo’yicha maktabning 10-11 sinf o’quvchilari o’rtasida bo’lib o’tdi. Musobaqa yakunida shaxmat sporti bo’yicha 11 sinf o’quvchisi G’.Suyunov, qo’l kurash sport turi bo’yicha 10 sinf o’quvchisi Y.O’ljaboyev g’olib deb topildi. Ajdodlarimizga hurmat hissi rivojlantirish, iste’dodli va qobiliyatli o‘quvchilar aniqlab, rag‘batlantirish maqsadida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda o’quvchilar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur davriga oid sahna ko’rinishlarini ijro qilishdi. Tadbir so’ngida maktab direktori S.Mamadoliyeva Alisher Navoiy ma’naviyatimiz, ona tilimiz, adabiyotimiz ravnaqiga ulkan hissa qo’shgan daxo shoir ekanligini hamda mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ta’lim, tarbiya, ma’naviyat, ilm fanga e’tibor qaratish borasidagi islohatlar jarayonida shoir bobokalonlarimiz merosini mukammal o’rganishga e’tibor qaratilmoqda. Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi esa insonni komillika yetaklovchi ulkan ma’naviy merosdir. Giyohvandlikning zararli oqibatlari keng targ‘ib qilish maqsadida 1-mart - Xalqaro giyohvandlik, giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi kurash kuni munosabati bilan 10 –sinf o’quvchilari o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda o’quvchilar 2 guruhga bo’lingan holda 3 ta shart bo’yicha bellashuv olib borishdi. Bunda birinchi shart tanishtiruv, ikkinchi shart giyohvandlik bo’yicha tuzilgan savollarga javob berish, uchinchi shart sahna ko’rinishida bo’lib o’tdi. Tadbir so’ngida faol qatnashgan o’quvchilar diplom bilan taqdirlandi. O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya xotirasiga munosib hurmat va extirom ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya (Zulfiya Isroilova) tavallud kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi.Tadbirda o’quvchilar Zulfiya hayoti va ijodini targ’ib qiladigan sahna ko’rinishlarini namoyish qilishdi. Xotin-qizlarga alohida e’tibor va hurmat ko‘rsatish maqsadida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida maktabning 8- va 9 – sinf o’quvchilari o’rtasida “Orasta qizlar” deb nomlangan bellashuv bo’lib o’tdi. Bellashuvda o’quvchi qizlar 3 ta shart bo’yicha kuch sinashishdi. Birinchi shart tanishtiruv, ikkinchi shart she’rxonlik, uchinchi shart bahoriy salatlar tayyorlash. Ushbu bellashuvda 9 sinf o’quvchi qizlari g’olib deb topildi. Milliy qadriyatlarimizga hurmat hissi mustaxkamlash maqsadida 21-mart - “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi. Tadbirni maktab direktori S.Mamadoliyeva ochib berdi. S.Mamadoliyeva o’z nutqida bugungi bayram yangilanish bayrami ekanligi, bu bayram o’zbek xalqining urf-odatlarining bosh mezoni bo’lib xizmat qilishi aytib o’tildi.Tadbir davomida o’quvchi yoshlar turli xildagi kuy qo’shiqlar hamda raqslar ijro etishdi.
O‘quvchilarda boy madaniy merosimiz, buyuk ajdodlarimiz shaxsiga hurmat va faxrlanish tuyg‘ulari mustahkamlash maqsadida 9-aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda o’quvchilar buyuk sarkarda Amir Temur tuzuklari va hayot yo’llarini ifoda etuvchi saxna k’rinishlarini namoyish etishdi.. Mehnat va urush faxriylari yodga olish va ularga ehtirom ko‘rsatish maqsadida 9-may - “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda o’quvchilar turli sahna ko’rinishlari orqali mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo’lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarining xotirasini abadiylashtirishga o’z hissalarini qo’shishdi.