a) nihoyatda qisqa bozor davri. Bu shunday muddatki, bunda ishlab chiqaruvchilar
talab va narxlarni o’zgarishiga, reaktsiya qi-lishga ulgurmaydi. Masalan, dehqon — fermer
bozorga bir mashina pomidor olib keldi. Bu uning bir yillik hosili. Uning uchun taklif tamomila
noelastik. U narxning qanday bo’lishidan qat’i nazar arzonmi, qimmatmi sotadi. Agarda
kutganidan qimmatroq bo’lsa ham bozorga qo’shimcha pomidor olib kela olmaydi. Chunki, bir
kechada pomidor
o’stirib bo’lmaydi. Ikkinchi tomondan uni kutganidan past, arzon bo’l-sa ham, olib kelgan
pomidorini sotadi. Chunki, achisa umuman hech narsa ololmaydi. Bu faqat bir fermer emas,
boshqalarga ham tegishli. Chunki, bozordagi talabga qarab taklifni ko’paytirish uchun vaqt yo’q.
Narxning o’sishi faqat iste’molni nor-mallashtiradi.
Lekin uni ishlab chiqarishni ko’paytirmaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |