xususiy korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari, qo‘shma korxonalar, fermer xo‘jaliklari, kooperativlar
va dehqon xo‘jaliklari kabi tashkiliyhuquqiy shakllari tashkil topdi.
Erishilgan natijalar bilan birga, jiddiy yondashish va tez hal etishni talab qiladigan bir
qancha muammolar ham mavjud:
-
birinchidan, xususiylashtirishni amalga oshirishning past sur’atlari uning samaradorligini
kamaytirmoqda. Jahon amaliyoti islohotlar bir vaqtda va muntazam amalga oshirilganida ijobiy
samara berishini ko‘rsatmoqda. Xususiylashtirish sustlashsa, odamlarning mos ravishda fikr
yuritish jarayoni sekinlashadi, iqtisodiy xulqatvorning eski stereotiplari uzoqroq saqlanib turadi;
-
ikkinchidan, bir tarmoq. (yoki soha)da xususiylashtirish amalga oshirilib, u bilan bog‘liq
bo‘lgan boshqa sohada davlat mulki yoki uning monopoliyasi saqlanib qolishi xususiylashtirilgan
korxonalarning manfaatlarini kamsitadi. Bu hol, eng avvalo, turli tarmoqlardagi narxlarning
pariteti buzilishida namoyon bo‘ladi. Masalan, agrar sektorda nisbatan tez amalga oshirilgan mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish qishloq xo‘jaligi manfaatlariga zarar keltiradi.
CHunki, qishloq xo‘jaligiga texnika, o‘g‘itlar, elektr energiyasi, yoqilg‘i etkazib beruvchi
korxonalar ancha kech xususiylashtirildi va ular monopolistlar (yoki oligopolistlar) mavqeini saqlab
qolib, o‘z mahsulotlari narxini oshirdilar. Buning natijasida agrar sektor kattakatta iqtisodiy
qiyinchiliklarga duch keldi;
-
uchinchidan, xususiylashtirishning pulli bo‘lishi xususiylashtirilayotgan ob’ektlar bozoriga
munosib baholanishini taqozo etadi. Biroq mol-mulkni baholashning ilmiy usullari va islohotlarning
dastlabki bosqichida tegishli mutaxassislarning bo‘lmaganligi ko‘pdanko‘p tartibbuzarliklarni keltirib
chiqaradi. Buning natijasida, mulk tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni istagan va shug‘ullana
oladigan odamlar qo‘liga emas, balki tasodifiy odamlar qo‘liga o‘tib qoladi.
Umuman olganda, keltirilgan muammollar murakkab bo‘lishiga qaramasdan, O‘zbekistonda
mulkdorlar sinfini shakllantirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay vaziyat vujudga keldi.
Hozirgi vaqtda jamiyatimiz tarkibida real mulkka ega bo‘lgan, uni qadrlayotgan va ularni o‘z
moddiy farovonliklari uchun asos qilib olayotgan kishilarning katta guruhi shakllandi. Ushbu ijtimoiy
qatlamni yanada mustahkamlash davlatning iqtisodiy qudrati oshishiga, uning ijtimoiysiyosiy
barqarorligini ta’minlanishiga, demokratik qadriyatlar qaror topishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: