Reja: Tadbirkorlikning mohiyati va rivojlanish tarixi



Download 372,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana03.07.2022
Hajmi372,95 Kb.
#737437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu (3)

uchta asosiy 
motivni 
ajratgan: 
-
birinchidan, hokimlik qilish, hukmronlik, ta’sir qilishga ehtiyoj; 
-
ikkinchidan, aniq harakatlarni bajarish orqali erishish mumkin bo‘lgan g‘alabaga iroda, 
muvaffaqqiyat sari harakat; 
-
uchinchidan, mustaqil ish faoliyati beruvchi ijodkorlik quvonchi. 
Ammo, Y.SHumpeter tomonidan taklif qilingan motivlashtirish nazariyasi g‘arbiy 
mamlakatlar tadbirkorlarining fikrlash uslubini aks ettiradi. Tadbirkorlikning tarixiy tomirlariga ega 
bo‘lgan O‘zbekistonda tadbirkorlikning zamonaviy haqiqatlarga asoslangan o‘z motivi bo‘lishi kerak. 
O‘zbekistonda tadbirkorlik faolligiga qaytish bir qator o‘ziga xos alomatlar va xususiyatlar bilan 
birga bo‘ladi. Bizning mamlakatimizda tadbirkorlikni motivlashtirish xususiyatlari quyidagi 
alomatlarga ega: 
-
o‘z salohiyatini amalga oshirishga harakat qilish; 
-
eng muhim, iqtisodiy va ijtimoiy samara keltiruvchi g‘oyalarni amalga oshirish istagi; 
-
to‘rachilik tuzilmalari bilan bog‘liklikdan qochish, harakatlar erkinligi va faoliyat 
ko‘rsatish jarayonida mustaqil bo‘lish; 
-
qiziqarli ish bilan mustaqil va erkin shug‘ullanish; 
-
o‘zining ijtimoiy maqomi va obro‘sini oshirishga intilish hamda o‘ziga va o‘z yaqinlariga 
munosib turmush sharoitlarini ta’minlash. 
Ko‘rsatib o‘tilgan istaklarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tadbirkor bir qator izchil 
harakatlarni amalga oshirishi kerak. Bu harakatlar tanlab olingan ishlab chiqarish jarayonini tashkil 


qilish shakllariga bog‘liq. SHu munosabat bilan tadbirkor o‘z faoliyatini tashkil qilishning 
quyidagi ikkita tarkibiy qismini tahlil qilishi kerak: 
-
bozor va unda vujudga keladigan vaziyat; 
-
ishlab chiqarish tuzilmasi. 
Ish muhitini tahlil qilishda tadbirkor bu qismlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rnatishning 
samarali usulini topishi kerak. Ammo, bunga erishish qiyin. CHunki, birinchidan, ikkala tarkibiy 
qismlar sifati turlicha. Bozor dinamik o‘zgaruvchan mexanizmdan iborat. Unga doimo 
kuzatiladigan talab, taklif, narx, raqobat sharoitlarining o‘zgarishi xosdir. SHu bilan bir 
vaqtda ishlab chiqarish tuzilmasi konservativ, kam o‘zgaruvchan. Ishlab chiqarish dasturlari 
har kunlik o‘zgarishlarni ko‘zda tutmaydi. Ikkinchidan, bozor va ishlab chiqarish fazo va vaqtda 
bo‘lingan. Fazoviy bo‘linish shuni bildiradiki, bozordagi o‘zgarishlar ishlab chiqarish 
tuzilmasidagi xuddi shunday o‘zgarishlarni keltirib chiqara olmaydi. Bu holat vaqt bo‘yicha 
bo‘linish bilan ham chuqurlashadi, tadbirkor ishlab chiqarish dasturini shakllantiradi va uni 
bozordagi vaziyat haqidagi axborotlar bilan asoslaydi. Ammo dasturni bajarish ma’lum bir 
vaqtni talab qiladi, shu vaqt ichida bozorda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Buning 
natijasida ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmatlar bozorda kerak bo‘lmay qolishi mumkin. 
SHuning uchun tadbirkor muhim qarorlarni qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi 
marketing tadqiqotlari bozorda vaziyatning rivojlanish bashoratiga asoslanishi kerak. Bu 
matematik statistika usullarini qo‘llashni, qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarining sifatini 
oshirishga imkon beruvchi iqtisodiymatematik modellarni ishlab chiqishni talab qiladi. 
Qaror qabul qilish, mas’uliyatni zimmasiga olish kabi funksiyalar tadbirkorlikni boshqarish 
faoliyati bilan bog‘laydi. SHuning uchun ham tadbirkorni menejerdan ajratmoq zarur. Bularning har 
biri o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Bir tomondan tadbirkorlik faoliyatining mazmuni boshqarish 
faoliyatidan kengroq bo‘lsa, boshqa tomondan har bir ishbilarmon ham menejment funksiyalarini 
bajara olmaydi. Menejment asoslariga bag‘ishlangan kitobda bu xaqda yaxshi fikr bildiriladi: 
«SHaxsiy tavakkalchilik, moliyaviy imkoniyatga bo‘lgan munosabat, tinimsiz qattiq mehnat qilish kabi 
xususiyatlarga ega bo‘lgan tadbirkor yiriklashib borayotgan korxonani boshqarib ketadi, degan gap 
emas»
6

Menejerning «shakllanmagan tuzilmani shakllantirish» qobiliyati ishi yurishib ketayotgan 
ishbilarmonga doimo ham xos bo‘lavermaydi. SHu sababli yirik korxonalar rahbariyatiga 
menejerlar kelmoqda. 
Xulosa qilib aytganda, bugungi sharoitda «tadbirkor» tushunchasi «menejer» tushunchasiga 
juda yaqin turadi. SHu bilan birga, tadbirkor mulkdor bo‘lsa, menejer boshqaruvchidir. Amalda 
esa, aksariyat mulkdorlar menejer funksiyasini bajaradi, qator menejerlar esa o‘zlari boshqarib 
turgan ishlab chiqarish korxonalariga ega bo‘lib qolmoqda. 

Download 372,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish