II.2-rasm. Tabiiy gazlarning psevdokritik bosim (a) va temperaturasi (b).
1-uglevodorod gazlar; 2-gazlar aralashmasi; 3-gazkondensat quduqlari mahsulotlari.
II.3-rasm. II.2- rasm bo‘yicha aniqlangan, tarkibda aralashmalar bo‘lgan
gazlar uchun psevdokrigik bosim (a) va temperaturalarga (b) tuzatishlar.
Aralashma: 1- H2S; 2- S02; 3- N2.
Umumiy holda barcha moddalar uchun istisnosiz mos keladigan muvofiqlik holatining yagona keltirilgan tenglamasi mavjud emas. Biroq kimyoviy birikmalarning ma’lum bir tipiga mansub bo‘lgan va kritik parametrlarining qiymati o‘zaro yaqin bo‘lgan moddalar uchun muvofiqlik holati qonuni saqlanadi.
Gaz birikmalarida boshqa turkumga mansub komponentlar mavjud bo‘lsa, muvofiqlik holatidan foydalanganda, bu komponentlar miqdori qancha yuqori bo‘lsa, bajariladigan hisob-kitoblarning aniqligi shu darajada kamayib boradi. Bu holatda tuzatish kiritish kerak bo‘ladi, uni yoki kushimcha grafiklar bo‘yicha, yoki keltirilgan holat tenglamasiga uchinchi parametrni kiritib aniqlanadi.
Misol. Gazning psevdokritik parametrlarini hisoblang, uning tarkibi va zichligi II.4-jadvalda keltirilgan. Rkr va Tkr ni (11.12) va (11.13) formulalar bo‘yicha hisoblash II.5-jadvalda keltirilgan.
II.5-jadval
Kritik bosim va temperaturami aniklash
Gaz tarkibi
|
Mikdori hajmiy % da
|
Komponentlarning kritik parametrlari
|
Psevdokritik parametrlar
|
Rabskgs/sm2
|
T, K
|
Rkr.abs2 kgs/sm2
|
Tkr , K
|
CH4
|
74,1
|
46,95
|
190,55
|
34,79
|
141,22
|
C2H6
|
7,48
|
49,76
|
306,43
|
3,72
|
22,85
|
C2H8
|
3,37
|
43,33
|
369,82
|
1,46
|
12,46
|
I-C4H10
|
0,76
|
37,19
|
408,13
|
0,28
|
3,10
|
n-C4H10
|
1,68
|
38,71
|
425,16
|
0,65
|
7,14
|
i-C5H12
|
0,57
|
34,48
|
460,39
|
0,19
|
2,62
|
n-C5H12
|
0,32
|
34,35
|
469,65
|
0,11
|
1,50
|
C6H14
|
0,63
|
30,72
|
507,35
|
0,19
|
3,19
|
N2
|
6,09
|
34,65
|
126,26
|
2,11
|
7,69
|
H2S
|
2,00
|
91,85
|
373,60
|
1,84
|
7,47
|
CO2
|
3,00
|
75,27
|
304,20
|
2,26
|
0,13
|
|
100
|
|
|
Rp.kr=47,60
|
Tp.kr=218,37
|
II.2- va II.3- rasmlar bo‘yicha nisbiy zichligi r =0,763 ga teng bo‘lgan gazkondensat uchun egri chiziqdan foydalanib, kritik parametrlarni topamiz.
Kritik bosimni asosiy grafik bo‘yicha aniqlaymiz: Rkr = 46,5 kg/sm2. Tuzatishlarni topamiz: H2S miqdoriga (2 hajm.%) + 0,8 kg/sm2; S02 miqdoriga (3 haj.%) + 1 kgs/sm2; azot miqdoriga (6,09 haj.%) -0,7 kgs/sm2. Shunday qilib, Rkr = 46,5 + 0,8 + 1 - 0,7 = 47,6 kgs/sm2.
Shunday tartibda aniqlangan kritik temperatura
Tkr- 220+2-1,8-1.5=218,7 K.
Misol. Oldingi misoldagi gaz uchun r = 150 kgs/sm2 va T-303-K bo‘lganda keltirilgan parametrlarni hisoblang.
(11.15) formula bo‘yicha quyidagilarni topamiz:
Rkel =150/47,60 = 3,15 Tkel= 303/218,37 = 1,388
2.4. Tabiiy gazning qovushqoqligi
Gazning qovushqoqligi deganda bir zarraning boshqasiga nisbatan siljishiga qarshilik ko‘rsatish hususiyati tushuniladi. Bir maydondagi gazning ikki qatlami o‘rtasidagi ishqalanish kuchi uzunlik birligidagi tezlikning o‘zgarishiga proporsionaldir. Proporsionallik koeffitsi-yenti deb gazning mutloq yoki dinamik koeffitsientiga aytiladi. Gazning qovushqoqligi, temperaturasi, bosimi va hajmi singari parametrlari uning holatini ifodalovchi funksiyasi bo‘lib, gazni tavsiflashda undan foydalanish mumkin.
Qovushqoqliq maydon birligiga so‘rilish kuchi sifatida belgilanib tezlik gradientiga tenglashtiriladi, u qo‘yidagi o‘lcham birligiga ega: kuch vaqt / (uzunlik)2 yoki massa / uzunligi vaqt. Har ikki o‘lcham birligi ham qo‘llaniladi, garchi puaz va santipuaz ko‘proq tarqalgan bo‘lsa ham. Turli sistemalardagi qovushqoqliqning o‘lchov birligi va ular o‘rtasidagi nisbat 11.6-jadvadda berilgan.
11.6-jadval
Qovushqoqliqni o‘lchov birligi
Do'stlaringiz bilan baham: |