Katta guruhlar. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda faqat mehnatni tushunish ko'nikmasigina emas, balki mehnat topshirig'ini, uning natijasini ko'rsatishni, topshiriqlarning ketmaketligini, kerakli anjomlarni tanlashni, mustaqil mehnat qila bilishni (tarbiyachining bir oz yordamida) ham tarkib toptirish lozim. O'simliklar va hayvonlarni parvarish qilish bo'yicha individial topshiriqlar uzoq muddatli ishga aylanadi.
Katta guruhdagi bolalarda tabiat burchagida navbatchilik qilish joriy qilinadi. Navbatchilikni tashkil etar ekan, tarbiyachi mashg'ulot o'tkazib, unda bolalarni navbatchilikning majburiyatlari bilan tanishtiradi, tabiat burchagida yashovchi jonivorlarni parvarish qilish usullarini eslatadi, yangilari bilan tanishtiradi. Bir vaqtda 2—3 bola navbatchilik qiladi.
Navbatchilikka yaxshi ishlaydigan bolalar bilan birga malakalari yetarlicha shakllanmagan bolalar tanlanadi. Navbatchilik bolalarda javobgarlik hissini, ishbilarmonlikni tarbiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |