Ta`lim muassasalarining kun tartibida olib boriladigan
sog`lomlashtirish tadbirlarini tashkil etishning tashkiliy va uslubiy shakllari
Bugungi kunda Respublikamizda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyov
rahbarligida olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, va ma`naviy-ma`rifiy
hayotimizdagi tub islohatlar ta`lim-tarbiya va jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish va
ommaviy-sport ishlarini ham mutlaqo yangicha mazmun, shakl va vositalarda tashkil etish,
ular uchun yaratilgan mislsiz imkoniyatlardan yanada to`laroq foydalanib, o`sib kelayotgan
yoshlarimizni Vatanga munosib farzandlar qilib tarbiyalashdek, o`ta muhim vazifalarni hal
qilishga undaydi.
Respublikamiz hukumati tomonidan o`quvchi-yoshlarni jismonan barkamol qilib
tarbiyalash, ularni jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish va ommaviy-sport ishlariga keng jalb
qilish, ta`lim muassasalari kun tartibida olib boriladigan sog`lomlashtirish tadbirlari hamda
darsdan tashqari bo`sh vaqtlarini ko`ngilli o`tkazish, sog`lom turmush tarziga yo`naltirish
ishlariga katta ahamiyat berilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2018 yil 20 sentyabr kuni
o`tkazilgan “Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan
yig`ilishda”gi so`zlagan nutqida korxonalar, ta`lim muassasalari, istirohat bog`larida
ommaviy badantarbiya va gimnastika mashg`ulotlarini o`tkazish hamda bunday mashqlarning
inson salomatligi uchun foydaliligini targ`ib qilish maqsadida doimiy ko`rsatuv va ijtimoiy
roliklar tayyorlab, televidenie orqali namoyish etish bo`yicha bir qator topshiriqlar tegishli
vazirliklar va idora tashkilotlar rahbarlariga vazifalar yuklatildi.
Ta`lim muassasalari jismoniy tarbiya fani o`qituvchilari uchun eng zarur bo`lgan
bir qator vazifalar yuklatilgan shuning uchun ta`lim muassassalari kun tartibida olib
boriladigan sog`lomlashtirish tadbirlari tashkil etish, darsdan tashqari jismoniy tarbiya-
sog`lomlashtirish va ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish muhim omil bo`lib
hisoblanadi.
Ta`lim muassasasi jismoniy tarbiyasininig asosiy vositasi jismoniy mashqlardir.
Jismoniy mashqlar o`quvchi-yoshlarda harakat malakalari va ko`nikmalarini shakllantirish
bilan bog`liq vazifalarini xal etadi.
Ta`lim muassasalari kun tartibidagi jismoniy sog`lomlashtirish tadbirlarining
shakllariga quyidagilar kiradi. Ertalabki badan tarbiya, darsgacha gimnastika mashqlari,
jismoniy mashq daqiqasi, tanaffuslar vaqtidagi o`yinlar, kuni uzaytirilgan guruhlardagi sport
soati, sayrlar. Mashg`ulotgacha bo`lgan gimnastika (ertalabki badan tarbiya mashqlari) -
uning maqsadi -o`quv kun tartibini tashkiliy boshlash, kayfiyatni ko`tarish, birinchi darslarda
o`quvchilar aqliy ish qobiliyatini oshirish va oldilarida turgan o`quv faoliyatlariga istak
bildirishi hamda badan a`zolarida salbiy siljishlarni ogohlantirish, uzoq vaqt harakatsizlikda
bo`lgan vaziyatni yo`qotish.
Maktabda darsdan oldin o`tkaziladigan gimnastika har kuni birinchi darsdan oldin
o`tkaziladi. O`quvchilarga gimnastika qildirishdan maqsad, bir tomondan, ularning
sog`lig`ini mustahkamlash bo`lsa, ikkinchi tomondan, o`quv materiallarini puxta o`zlashtirishga
erishishdir. Darsdan oldin o`tkaziladigan gimnastika o`quvchilarning diqqatini faoliyatga jalb
etadi va ularni darsga tayyorlaydi.
Darsdan oldin bajariladigan gimnastikani har bir maktabda o`tkazish shart. Maktab
ma`muriyati va jismoniy tarbiya o`qituvchilari bu tadbirni yaxshilab yo`lga qo`yish uchun
o`qituvchilar jamoasi o`quvchilar, ota-onalar bilan birgalikda tayyorgarlik ishlarini olib
borishi kerak. Agar pedagoglar yig`ilishida darsdan oldin o`tkaziladigan gimnastika jiddiyroq
muhokama qilinsa, bu holda gimnastika ta`lim muassasi hayotiga tezroq singadi.
Mashg`ulotgacha gimnastika o`tkazilishi ta`lim muassasi rahbarining buyrug`i bilan
e`lon qilinsa, yanada yaxshi bo`ladi, chunki bu holda o`quvchilarning intizomi yaxshilanib,
bu muhim tadbirga butun jamoa safarbar qilinadi.
Mashg`ulotgacha bo`lgan gimnastika ochiq xavoda o`tkaziladi. Ob-havo noqulay
bo`lganida pana joy, ayvon va xonalarda mashg`ulotgacha bo`lgan gimnastikani tashkil etiladi.
Umumiy rahbarlikni jismoniy tarbiya o`qituvchisi olib boradi. Unga fan o`qituvchilari
yordam beradi. Jismoniy tarbiya o`qituvchisi darsdan oldin gimnastika mashqlarini o`tkazish
uchun eng yaxshi o`quvchilar va faollarni o`ziga yordamchi qilib tayyorlashi kerak.
O`quvchilarga mashqlar kompleksini jismoniy tarbiya darslarida o`rgatish mumkin.
Ular esa bu komplekslarni uyda o`zlari mustaqil ravishda puxtalaydilar. Jismoniy tarbiya
darslaridan vaqtincha yoki butunlay ozod etilgan o`quvchilar vrachning maslahi bilan uyda
har kuni ertalab gigienik gimnastika mashqlari kompleksini bajarishlari lozim.
O`quvchi-yoshlarning uyushqoqligi ko`p jihatdan ular bilan olib borilgan
tayyorgarlik ishlariga bog`liq bo`ladi. Mashqlarni bajarish uchun har bir sinfga maydondan
alohida doimiy joyni ajratib qo`yish lozim. Mashqlarni jamoatchi faolning navbatchi
o`qituvchiga raport berishidan boshlash kerak. Gimnastika mashqlari musiqa bilan o`tkazilsa
yanada yaxshi bo`ladi.
Darsdan oldin o`tkaziladigan gimnastika 8-10 minut davom ettiriladi. Kichik
sinflarda mashqlarni bajarish vaqti 5-7 minutgach kamaytiriladi.
Har bir mashqlar kompleksini o`quvchilarga 10-15 kun davomida bajartirish
mumkin. O`quvchilarda mashq bajarishga bo`lgan havasni oshirish maqsadida har ikki-uch
kundan keyin kompleksning biror qismini o`zgartirib turish lozim.
Darsdan oldin bajariladigan gimnastikaning asosiy mazmunini umumrivojlantiruvchi
mashqlar tashkil qilib, ular butun organizmni, barcha muskullarni rivojlantirishga
qaratilgandir.
Hamma o`quvchilarni birvarakayiga joylashtirish imkoniga ega bo`lgan maktablarda
bu mashqlarni yurish, yugurish harakatlari bilan to`ldirib borish tavsiya etiladi.
Mashg`ulotgacha o`tkaziladigan gimnastika mashqlarini ham muayyan bir izchillikda
qo`llash, ularning organizmga ta`sirini asta-sekin oshira borish kerak.
Darsdan oldin bajariladigan gimnastikani yurishdan, muskullarga me`yorda ta`sir
etadigan harakatlardan boshlash, birdan zo`r berib bajariladigan mashqlarni qo`llamaslik
kerak.
Jismoniy mashq daqiqalari. Uning maqsadi: hordiqni chiqarish, o`quvchilar ish
qobiliyatini oshirish, charchoqni yozish, aqliy va jismoniy mexnat samaradorligini oshirish,
qomatni buzilishini ogoh etish.
Jismoniy tarbiya daqiqalari umumta`lim maktablarida charchoqning birinchi belgisi
paydo bo`lishi bilan (diqqatni buzilishi, faollikni pasayishi) tashkil etiladi. Jismoniy tarbiya
daqiqalarini dars o`tayotgan o`qituvchi boshlab beradi. Ma`lumki, bola uzoq vaqt
qimirlamasdan o`tirishi natijasida, qo`l va oyoq barmoqlarining, tos, qorinning qon bilan
ta`minlanishi susayadi. Bosh miyaning qon bilan ta`minlanishini yomonlashuvi esa bolalar
asab hujayralarining ish faoliyatiga salbiy ta`sir etadi, bu esa o`z navbatida,bola diqqatligiga
ham salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Bola charchaydi, uning ish qobiliyati pasayadi, mashg`ulotlardan chetlashadi,
diqqatsiz, har narsani unutadigan bo`lib qoladi, o`quv materiallarini o`zlashtira olmaydi.
Aqliy va jismoniy yuklamani o`z vaqtida almashtirib turish, ayniqsa, boshlang`ich sinf
o`qituvchilarining ish faoliyatida muhim o`rin tutadi.
Olimlarning kuzatishlaricha, birinchi sinf o`quvchilari 15-20 minut davomida diqqat
bilan o`tirishlari mumkin ekan. 35 minutli mashg`ulotdan keyin ularda ish qobiliyati keskin
susayadi.
Dars paytida ko`rish va eshitish organlari, tana,ayniqsa, orqa kurak qismi
muskullari, qo`l barmoqlari ko`proq yuklama oladi.
Charchashning boshlang`ich holatida markaziy nerv tiziminiqo`zg`atuvchi
jarayonida o`quvchilar xulqi tez o`zgaradi: o`qish faoliyatidan chetlashadilar,o`qituvchining
tushuntirishini e`tiborsizlik bilan tinglaydilar, gaplashadilar, o`rinlaridan turib ketadilar.
Mana shunday holatda 2-3 ta jismoniy mashqlarni to`g`ri tanlash charchashni
yo`qotadi, o`quvchilar diqqatini yaxshilaydi, ularning ishlash qobiliyatini oshiradi.
Jismoniy mashq daqiqalari oddiy, murakkab koordinatsiyani talab etmaydigan 2-3
ta mashqlar kompleksidan iborat bo`lib, ularqo`llar, tana, bosh, oyoq uchun mo`ljallangandir.
Muskullarning katta qismini qamrab oladigan va asosan statik kuchlanishni yo`qotadigan, nafas
olishni faollashtiradigan, qon va limfa aylanishlarini kuchaytiradigan mashqlar kompleksi
tanlab olinadi.
Jismoniy mashq daqiqalarini hamma darslarda o`tkazish shart. O`quv faoliyatining
turiga qarab mashqlar o`tirgan yoki turgan holda bajariladi.
Mashqlar aniq, to`g`ri, chiroyli, nafas olish ritmiga mos bajarilishi zarur.
Katta tanaffusda o`tiladigan o`yinlar: Uning maqsadi: o`quvchilar sog`lig`ini
mustahkamlash va faol dam olish, chiniqish, aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish,
jismoniy mashqlarni muntazam ravishda bajarishni odat tusiga kiritishdan iboratdir. quyi
sinf o`quvchilari uchun quyidagilarni amalga oshirishga yordam beradi.
Katta tanaffusdagi harakatli o`yinlar va mashqlarni tashkil etishdagi muxim sharti
avvaldan joyni tayyorlash, jihozlarni yetarli darajada ta`minlash lozim. Xar bir o`yinda
bolalar katta qiziqish va tashabbus bilan ishtirok etadi.
Katta tanaffuslarda o`tkaziladigan o`yinlarni o`tkazish harakat faoliyatini oshirishga;
- Faol va mazmunli dam olishni va hordiq chiqarishni tashkil etishga;
- Butun organizm tonusini va ish qobiliyatining tezroq tiklanishini ta`minlashga;
- Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug`ullanish ko`nikmalarini shakllantirishga.
O`yinlarni va jismoniy mashqlarni quyi sinf o`quvchilari organizmining psixologik-
fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o`tkazish zarur.
Quyi sinf o`quvchilari o`yinlarni mustaqil tashkil etish uchun yetarlicha tajribaga
ega emaslar, shuning uchun sinf rahbari va jamoatchi tashkilotchining o`rni birinchi
darajada bo`lishi kerak.
O`yinlar maktab hovlisida yoki stadionida, sport zalida hamda koridorda
o`tkazilishi mumkin.Tanaffuslarda o`tkaziladigan o`yinlarga harakatli o`yinlar, to`p,
arqoncha bilan mashqlar, tirmashib chiqish va oshib o`tish, raqs elementlari, ritmik
gimnastika, quvnoq musobaqalar kiradi.
Jismoniy mashqlar shunday tanlanadiki, bularda qo`l, so`ngra yelka, tana, oyoq
muskullari ketma-ket qatnashsin. Bunda yurak-tomir va nafas olish tizimi yetarli darajada
yuklama olishini kuzatish mumkin.
1-9-sinflar uchun belgilangan jismoniy tarbiya bo`yicha dasturda jismoniy-
sog`lomlashtirish ishlarining turlari keltirilgan bo`lib, ularning ichida kuni uzaytirilgan
guruhlarda kundalik sport soatlari asosiy o`rinni egallaydi.
Uning maqsadi: o`quvchilar sog`lig`ini mustahhkamlash, aqliy va jismoniy
zo`riqishlarning oldini olishdan iborat.
Kuni uzaytirilgan guruxlarda jismoniy tarbiya mashg`ulotlari: (sport soatlari)
quyidagi vazifalarni xal etishga qaratilgan.
- Sog`likni mustaxkamlash;
- O`quvchilarni organizmini chiniqtirish;
- Aqliy va jismoniy ish qobilyatini oshirish;
- O`quv yili davomida barqaror ish faoliyatini saqlash;
- Harakat, ko`nikma va malakalarini takomillashtirish;
- Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug`ullanishni tarbiyalash va shakllantirish.
Guruhlar bo`yicha tashkil etilgan mashg`ulotlar o`quvchilarni jismoniy tarbiyalash
bo`yicha bir qancha vazifalarni hal etish imkonini beradi, aqliy faoliyatning jismoniy
faoliyat bilan almashuviga yordamlashadi, faol hordiq chiqarish uchun qulay sharoit, yaxshi
kayfiyat, ijobiy hissiyot yaratadi, organizmning umumiy tonusini oshiradi. Sport soatlari
erkin, zo`riqmagan holda o`tkaziladi.
Sport soatlari mazkur guruhlarda 40-60 minut davometadi, vaqtning bunday
tanlanishi o`quvchilarning umumiy holatiga, ularning o`quv ishlaridan keyingshi charchash
darajasiga bog`liq ravishda bo`ladi.
Mashg`ulotlarni o`tkazish jarayonida o`qituvchi qo`llaniladigan jismoniy
mashqlarning mazmunini, tarkibini bilishi, shug`ullanuvchilarda fiziologik va hissiy
yuklamalarning oshib ketmaslilik tamoyillariga rioya qilishi kerak.
Mashg`ulotlarda asosiy o`rinni tayanch-harakat apparatlarini asosiy mashqlarni
bajarishga tayyorlovchi umumrivojlantiruvchi mashqlar egallaydi. Saflanish mashqlari ham
qo`llaniladi, lekin ularning soni jismoniy tarbiya darslariga nisbatan kamdir.
Shuningdek, sinfdan tashqari ishlar o`quvchilarning umumiy jismoniy
tayyorgarligini, sport turlaridan sport seksiyalarini, jismoniy tarbiya bayramlarini, sport
musobaqalarini, davlat standartlarini topshirishga tayyorgarlik ko`rishlarini ham o`z ichiga
oladi.
Jismoniy tarbiyaning vazifalarini samarali amalga oshirishda ta`lim muassasasi,
pedagogika jamoasi, maktabdan tashqari muassasa, ota onalar hamkorligi yo`lga qo`yiladi.
Hamkorlik ishlari tashkil etilib, keng ommani jismoniy tarbiya va sport
mashg`ulotlari bilan shug`ullanishi qamrab olinadi.
Jismoniy tarbiya va sog`lomlashtirish tadbirlarini o`tkazish jarayonida quyidagi
vazifalar xal etiladi:
- o`quv kun tartibi davomida o`quvchilarni harakat faolligini oshirish va ularning
kun tartibini to`g`ri tashkil etishga o`rgatish;
- o`quv faoliyatida optimal ish qobilyatini saqlash, harakat madaniyatini
shakllantirish va sog`likni mustaxkamlash;
- O`quvchi-yoshlarni harakat tayyorgarligi va jismoniy rivojlanishiga ko`maklashish;
- Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug`ullanish malakalarini egallash.
Ta`lim muassasalari kun tartibida olibi boriladigan sog`loshlashtirish mashg`ulotlar
o`quvchilarni muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishga
odatlantirish va kundalik turmush tarziga singdirish mashg`ulotning xamma shakllari umumiy
maqsad va vazifani birlashtiradi. Ularni xar biri umumiy vazifalarni xal qilishga yo`naltirilgan
bo`lib, maxsus vazifalarni xal qiladi.
Mashg`ulotlar o`quvchilarni keng jamoatchilik faolligi ishtirokida jismoniy
madaniyat jamoasiga birlashgan xolda ularni faoliyati maktab ma`muriyati, jismoniy tarbiya
o`qituvchilari va pedagoglar tomonidan raxbarlik va nazorat qilinadi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, o`quvchi-yoshlarni jismoniy jihatdan har
tomonlama jismoniy rivojlantirish, sport mahoratlarini oshirish, o`qituvchi-murabbiylari ish
faoliyatini yanada takomilashtirish hamda, ta`lim muassasalarida kun tartibida olib boriladigan
sog`lomlashtirish shakllaridan samarali foydalanilsa, jismoniy tarbiya mashg`ulotlari sifat
darajasi oshadi.
Nazorat uchun savollar:
1.
Suzishning organizmga qanday ta`siri bor?
2.
Suv muolajalarining organizmga sog`lomlashtiruvchi ta`siri.
3.
Ta`lim muassasasi jismoniy tarbiyasininig asosiy vositasi jismoniy mashqlar haqida
tushuncha bеring.
Do'stlaringiz bilan baham: |