Tashqi muhit omillarining suvning so'rilishiga ta'siri
O'simliklarga suvning so'rilishi bir qancha ichki va tashqi omillarga bog'liqdir. Biz bulardan ayrimlarini sanab o'tishimiz mumkin.
Haroratning ta'siri. U kuchli ta'sir etuvchi omillardan biri. Masalan, tuproq harorati pasaysa ildizdagi fiziologik-biokimyoviy jarayonlarning buzilishi sababli ildiz suvni sekin so'ra boshlaydi. Haroratning keskin pasayishi o'simlikning so'lib kolishiga olib keladi. Past haroratda protoplazmaning qovushqoqligi oshadi. So'liganda, barg og'izchasi yopiladi, transpiratsiya va fotosintez pasayadi. Haroratning muqobillashishi, o'simlikning avvalgi holatiga qaytishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |